Çolğu ijroçiligi kafedrasi
Sanʼat va sport fakulteti
Kafedra tarixi
Qöqon davlat universiteti “Sanʼat va sport” fakulteti “Çolğu ijroçiligi” kafedrasi 2024–2025-öquv yilining mart oyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş. M. Mirziyoyevning tegişli qaroriga asosan qayta taşkil etildi. Uşbu özgariş kafedraning öziga xos ilmiy-pedagogik yönalişlarga ixtisoslaşiş imkonini yaratib, sanʼatşunoslik fanining alohida taʼlim sohasi sifatida rivojlanişiga xizmat qildi.
2023–2025-yillar davomida kafedra Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farğona mintaqaviy filiali tarkibida “Çolğu ijroçiligi va musiqiy nazariy fanlar” nomi ostida faoliyat yuritdi. Uşbu davrda kafedra taʼlim jarayonida sanʼat sohasi uçun, asosan, vodiy viloyatlariga malakali mutaxassislar tayyorlaş va yetkazib beriş bilan şuğullandi. Mazkur yillarda kafedraning öquv dasturlari hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati sanʼat va madaniyat bilimlarining uzviy boğliqligiga asoslangan innovatsion yondaşuvlar asosida şakllantirildi.
2025–2026-öquv yilining avgust oyidan boşlab kafedra “Çolğu ijroçiligi” nomi bilan qayta tiklanib, şu yönalişda kadrlar tayyorlaşni davom ettirmoqda. Uşbu bosqiçda kafedra sanʼatni keng qamrovli fan sifatida zamonaviy ehtiyojlarga mos ravişda rivojlantiriş, taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada çuqurlaştiriş, şuningdek, çolğu ijroçiligi va amaliy sanʼat yönalişidagi muammolarni hal etişga qodir malakali mutaxassislar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Qöqon davlat universiteti “Çolğu ijroçiligi” kafedrasi taşkil etilganidan buyon kafedra mudiri sifatida S. Azizov öz faoliyatini samarali olib bormoqda.
Missiya
Çolğu ijroçiligi kafedrasi missiyasi — milliy va jahon ijroçilik sanʼati anʼanalari asosida yuqori malakali çolğu ijroçilarini tayyorlaş, talabalarda ijodiy tafakkur, sahna madaniyati va professional ijroçilik mahoratini şakllantiriş, şuningdek, musiqiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot işlarini rivojlantiriş orqali madaniy-maʼnaviy taraqqiyotga hissa qöşişdan iborat.
Yutuqlar
“Çolğu ijroçiligi” kafedrasi öz faoliyatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratib, bir qator xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yölga qöygan. Jumladan, Turkiya Respublikasining Otaturk universiteti, Tojikiston Respublikasining Duşanbe davlat universiteti, Qirğiziston Respublikasining Öş davlat universiteti hamda Qirğiziston–Turkiya Manas universiteti bilan hamkorlik munosabatlari faol tarzda yölga qöyilgan.
Mazkur hamkorlik doirasida kafedra professor-öqituvçilari yuqorida qayd etilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida muntazam stajirovkalarni amalga oşirib kelmoqdalar. Uşbu jarayon ularning ilmiy-pedagogik malakasini oşirişga, zamonaviy pedagogik va ilmiy tajribalarni özlaştirişga xizmat qilmoqda. Şuningdek, mazkur hamkorlik kafedra jamoasining xalqaro ilmiy maydondagi faolligini oşiriş hamda taʼlim jarayonini zamonaviy talab va standartlarga mos ravişda taşkil etiş imkonini bermoqda.
“Çolğu ijroçiligi” kafedrasida 17 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritadi. Ularning tarkibida 5 nafar dotsent, 7 nafar dotsent vazifasini bajaruvçi hamda 5 nafar öqituvçi mavjud. Kafedraning ilmiy-pedagogik jamoasi yuqori malakali va ilmiy salohiyatga ega mutaxassislar bilan mustahkamlangan bölib, kafedraning umumiy ilmiy salohiyati 38 foizni taşkil etadi.
Mudir haqida
Azizov Sarvarjon Salimjon öğli 1992-yil 16-aprelda Farğona viloyati Rişton tumanida tuğilgan. Millati — özbek, partiyaviyligi — yöq. Oliy maʼlumotli mutaxassis bölib, 2017-yilda Özbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan (kunduzgi bölim). Mutaxassisligi — fortepiano (organ) ijroçiligi. Rus tilini biladi. Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni mavjud emas.
U mehnat faoliyatini 2011–2017-yillarda Respublika ixtisoslaştirilgan sanʼat maktab-internatida fortepiano öqituvçisi sifatida boşlagan.
2017–2021-yillarda Özbekiston davlat konservatoriyasining “Umumiy fortepiano” kafedrasida öqituvçi bölib işlagan.
2021–2023-yillarda Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Farğona mintaqaviy filialida “Xalq ijodiyoti” kafedrasi öqituvçisi sifatida faoliyat yuritgan.
2023–2025-yillarda “Çolğu ijroçiligi va musiqiy nazariy fanlar” kafedrasida mudir lavozimida işlagan.
2025-yildan boşlab Qöqon davlat universiteti “Çolğu ijroçiligi” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş