Tarix kafedrasi
Gumanitar fanlar va tillar fakulteti
Kafedra tarixi
Tarix kafedrasi özining boy anʼanalari va köp yillik tajribasiga ega bölgan yetakçi kafedralardan biri hisoblanadi. Uning şakllanişi va rivojlaniş tarixi institut tarixi bilan çambarças boğliqdir. Özbekiston SSR hukumati qaroriga muvofiq, 1931-yilda Qöqon keçki pedagogika oliy bilimgohi taşkil etilgan. Mazkur taʼlim muassasasi tarkibida 1935-yilda tarix bölimi faoliyat boşlagan bölib, keyinçalik u tarix mutaxassisligi yönalişiga aylantirilgan.
1990-yilda “Umumiy tarix” kafedrasi taşkil etildi. 1993-yilda esa “Özbekiston tarixi” kafedrasi öz faoliyatini boşladi. 1994-yilda har ikki kafedra birlaştirilib, yana “Umumiy tarix” kafedrasi nomi bilan faoliyat yurita boşladi. 2013–2018-yillar davomida kafedra “Tarix öqitiş metodikasi” nomi ostida faoliyat olib bordi. 2018-yildan boşlab esa “Tarix” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraga turli yillarda köplab tajribali va malakali mutaxassislar rahbarlik qilgan.
Missiya
Tarix kafedrasining missiyasi — talabalarda tarixiy tafakkur, milliy özlikni anglaş va fuqarolik pozitsiyasini şakllantiriş, tarix fanining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini çuqur örgatiş, şuningdek, milliy va jahon tarixini xolis va ilmiy asosda tadqiq etadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaşdan iborat. Kafedra taʼlim, fan va amaliyot integratsiyasini taʼminlaş, innovatsion yondaşuvlarni joriy etiş hamda tarixiy merosni örganiş va tarğib qiliş orqali jamiyatda tarixiy ong va maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlaşni özining ustuvor vazifasi sifatida belgilaydi.
Yutuqlar
Bugungi kunda kafedrada 60111100 — Tarix taʼlim yönalişi böyiça bakalavriat talabalariga zamonaviy ilm-fan asoslari öqitilmoqda. Kafedrada 18 nafar fan nomzodi va PhD ilmiy darajasiga ega professor-öqituvçilar faoliyat yuritmoqda. Talabalar uçun maʼruza, seminar va amaliy maşğulotlar zamonaviy texnikaning eng sönggi yutuqlari bilan jihozlangan öquv xonalarida olib borilmoqda.
Mazkur taʼlim yönalişi bitiruvçilari bugungi kunda jamiyat hayotining turli sohalarida samarali mehnat qilib kelmoqdalar. Ular orasida Vatan himoyaçilari ham borligi alohida faxr uyğotadi. Bitiruvçilardan 30 nafardan ortiği fan doktori va PhD ilmiy darajalariga ega bölib, respublikaning turli ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritmoqda. Ayrim bitiruvçilar esa xorijning nufuzli ilmiy va xalqaro taşkilotlarida samarali mehnat qilmoqdalar.
Tarix kafedrasida iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etiş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, öndan ortiq talabalar davlat stipendiyalariga sazovor bölgan, yigirmadan ortiq talabalar esa rivojlangan xorijiy davlatlarda tahsil olib, öz bilimlarini muvaffaqiyatli davom ettirmoqdalar. Ular bilan doimiy muloqot va ilmiy hamkorlik yölga qöyilgan.
Kafedrada xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda yetakçi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy izlanişlar olib borilmoqda va bu yönaliş izçil rivojlantirilmoqda. Xususan, 2023-yilda kafedra aʼzolari Qozoğiston Respublikasidagi Abay universitetida maʼruza maşğulotlarini olib borib, xalqaro konferensiyalarda iştirok etdilar. Şuningdek, Qirğiziston Respublikasining Oş davlat universiteti bilan talabalar almaşinuv dasturi amalga oşirildi. Jalolobod şahridagi xalqaro universitetda Çingiz Aytmatovga bağişlangan xalqaro konferensiyada tarixçi talabalar faol iştirok etdilar. Talabalar xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalarida muntazam qatnaşib, turli tanlov va sport musobaqalarida ham yuqori natijalarga erişmoqdalar.
Ötgan öquv yilida yönaliş talabalari uçun Rossiya, Ozarbayjon va Qirğiziston olimlari tomonidan öquv maşğulotlari olib borildi. Kafedra aʼzolari ham xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda faol iştirok etmoqda.
Talabalarni öquv adabiyotlari bilan taʼminlaşni yanada yaxşilaş maqsadida yangi avlod darslik va öquv qöllanmalari naşr etilmoqda. Xususan, 2023-yilda bir qator darslik va öquv qöllanmalar yaratildi. Ilmiy monografiyalar naşriga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2024–2025 öquv yilidan boşlab 70220303 — Ijtimoiy-gumanitar fanlarni öqitiş metodikasi mutaxassisligi böyiça magistratura yönalişi taşkil etildi.
Mudir haqida
Karimov Kaxramon Sadikoviç 1988-yil 26-fevralda Farğona viloyati Danğara tumanida tuğilgan. Millati — özbek, partiyaviyligi — yöq. Oliy maʼlumotli bölib, 2010-yilda Qöqon davlat pedagogika institutini kunduzgi taʼlim şaklida tamomlagan. Mutaxassisligi — tarix öqituvçisi. 2022-yilda PhD ilmiy darajasini olgan, 2024-yilda dotsent ilmiy unvoniga ega bölgan. Rus va turk tillarini biladi. Davlat mukofotlari bilan taqdirlanmagan, saylanadigan organlar aʼzosi emas.
Mehnat faoliyatini 2006-yilda Qöqon davlat pedagogika institutida talabalikdan boşlagan. 2010–2011-yillarda Qöqon şahar 37-umumiy örta taʼlim maktabida tarix fani öqituvçisi bölib işlagan. 2011–2013-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti magistranti bölgan. 2011–2015-yillarda Danğara tumani 14-umumiy örta taʼlim maktabida tarix fani öqituvçisi, şu bilan birga Qöqon davlat pedagogika institutining Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan işlaş bölimi metodisti sifatida faoliyat yuritgan. 2017–2022-yillarda Maktabgaça va boşlanğiç taʼlim fakulteti yoşlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosari, 2022–2023-yillarda Tarix fakulteti yoşlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosari bölgan. 2023–2025-yillarda Taʼlim sifatini nazorat qiliş bölimi boş mutaxassisi lavozimida işlagan. 2025-yil 21-avgustdan boşlab Qöqon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakulteti Tarix kafedrasi mudiri vazifasini vaqtinça bajaruvçi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş