Falsafa va dinşunoslik kafedrasi
Gumanitar fanlar va tillar fakulteti
Kafedra tarixi
Falsafa va dinşunoslik kafedrasi 2025-yil avgust oyida Gumanitar fanlar va tillar fakulteti tarkibida taşkil etildi. Bugungi kunda kafedrada 60220500 — Falsafa taʼlim yönalişi böyiça hamda universitetning barça bakalavriat yönalişlari talabalari uçun zamonaviy ilm-fan asoslari öqitilmoqda.
Kafedra professor-öqituvçilari zamonaviy texnika va innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan öquv xonalarida maʼruza, seminar va amaliy maşğulotlarni olib bormoqda.
Missiya
Falsafa va dinşunoslik kafedrasi missiyasi — falsafa va dinşunoslik sohasida çuqur nazariy bilim, mustaqil fikrlaş va zamonaviy ilmiy dunyoqaraşga ega, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni özida mujassam etgan malakali mutaxassislarni tayyorlaşdan iborat. Kafedra talabalarda tanqidiy va tahliliy tafakkurni rivojlantiriş, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini şakllantiriş hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvçi ilmiy-pedagogik faoliyatni qöllab-quvvatlaşni asosiy maqsad qilib belgilaydi.
Yutuqlar
Kafedrada xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari va yetakçi oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalari yölga qöyilgan. Mazkur yönalişda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda. Xususan, 2025-yilda kafedra aʼzolari Qozoğiston Respublikasidagi A. Quatbekov nomidagi Qozoğiston xalqlar döstligi universitetida maʼruza maşğulotlarini olib bordilar.
2026-öquv yilining bahorgi semestrida falsafa yönalişi talabalari uçun Qozoğistonning Ablayxon nomidagi Qozoq xalqaro aloqalar va jahon tillari universiteti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Xayrullayeva Venera Xibaydullayevna tomonidan dars maşğulotlari taşkil etildi. Kafedra professor-öqituvçilari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ham faol iştirok etib kelmoqdalar.
Talabalarni öquv adabiyotlari bilan taʼminlaşni yanada yaxşilaş maqsadida yangi avlod darsliklari va öquv qöllanmalari yaratilib, naşr etilmoqda. Xususan, 2025-yil davomida kafedra professor-öqituvçilari tomonidan 3 ta darslik va 1 ta öquv qöllanma naşr ettirildi. Şuningdek, ilmiy monografiyalar çop etişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Yangi Özbekiston va uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş jarayonida ilm ahli, ziyolilar hamda yoş avlod zimmasiga katta masʼuliyat yuklanmoqda. Şu bois, kafedra jamoasi uşbu masʼuliyatni çuqur anglagan holda faoliyat yuritişni özining eng ustuvor vazifalaridan biri deb biladi.
Bugungi kunda kafedrada jami 16 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritadi. Şundan 13 nafari asosiy ştatda, 3 nafari içki örindoşlik asosida işlamoqda. Ularning 1 nafari fan doktori (DSc), 1 nafari fan nomzodi hamda 7 nafari falsafa doktori (PhD) hisoblanadi.
Kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati 60 foizni taşkil etadi va bu körsatkiç yildan-yilga oşib bormoqda. Bu esa taʼlim sifati va ilmiy-tadqiqot işlari samaradorligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Mudir haqida
Şamsiddinov Burhonjon Jakbaroviç 1969-yil 21-yanvarda Farğona viloyati Danğara tumanida tuğilgan. Millati — özbek. Oliy maʼlumotli mutaxassis bölib, 1995-yilda Toşkent davlat universiteti falsafa fakultetini kunduzgi taʼlim şaklida tamomlagan. Mutaxassisligi — falsafa fani öqituvçisi. Falsafa fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Ilmiy unvoni — v.b. dotsent. Rus tilini biladi. Harbiy unvonga ega emas.
Mehnat faoliyatini 1987-yilda Danğara tumani Sirdaryo sovxozida işçi sifatida boşlagan. 1987–1989-yillarda harbiy xizmatni ötagan. 1989–1990-yillarda Toşkent şahridagi “Elbor” işlab çiqariş korxonasida işçi bölib işlagan. 1990–1995-yillarda Toşkent davlat universitetida tahsil olgan.
1995–1997-yillarda Toşkent davlat agrar universiteti falsafa kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritgan. 1998–2002-yillarda Toşkent kooperativ texnikumida öqituvçi bölib işlagan. 2002–2007-yillarda Danğara tumanidagi 8-maktabda öqituvçilik faoliyatini olib borgan.
2007–2012-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti Özbekistonda demokratik jamiyat quriş nazariyasi va amaliyoti kafedrasida öqituvçi lavozimida işlagan. 2012–2015-yillarda institutning Ijtimoiy fanlar kafedrasida öqituvçi, 2015–2021-yillarda esa katta öqituvçi sifatida faoliyat yuritgan.
2021-yildan hozirgi vaqtgaça Qöqon davlat pedagogika instituti Milliy ğoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasida katta öqituvçi lavozimida işlab kelmoqda. 2024-yildan Milliy ğoya va maʼnaviyat asoslari kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritmoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş