Rus tili va adabiyoti kafedrasi
Gumanitar fanlar va tillar fakulteti
Kafedra tarixi
Rus tili va adabiyoti kafedrasi universitetning eng dastlabki fakultetlaridan biri bölgan Rus tili va adabiyoti fakultetining bevosita davomçisi hisoblanadi. Muqimiy nomidagi Qöqon davlat pedagogika instituti taşkil etilgan dastlabki davrlardanoq rus tili va adabiyoti fanlarini öqitiş yölga qöyilgan. Fakultet tarkibida rus tilşunosligi, rus va çet el adabiyoti, rus tili va adabiyoti öqitiş metodikasi hamda propedevtika kafedralari faoliyat yuritgan.
1998-yildan boşlab fakultet Xorijiy filologiya fakulteti tarkibida xorijiy til va adabiyot taʼlim yönalişi bilan birgalikda faoliyat olib borgan. 2005-yilda Özbek tili va adabiyoti fakulteti bilan birlaştirilib, Filologiya fakulteti taşkil etilgan. 2015–2020-yillar davomida Çet tillar fakulteti tarkibida faoliyat yuritgan. 2020-yil avgust oyidan boşlab alohida Rus tili va adabiyoti fakulteti sifatida qayta şakllantirilgan.
2024-yil iyul oyida optimallaştiriş jarayoni natijasida Rus tili va adabiyoti fakulteti Özbek va rus filologiyasi fakulteti tarkibida mutaxassis çiqaruvçi Rus tili va adabiyoti nazariyasi hamda Rus tili va adabiyoti metodikasi kafedralari sifatida faoliyatini davom ettirdi. 2025-yil aprel oyidan boşlab esa Rus tili va adabiyoti kafedrasi Filologiya fakulteti tarkibida öz faoliyatini davom ettirmoqda.
Missiya
Rus tili va adabiyoti kafedrasi missiyasi — rus tili va adabiyoti sohasida çuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega, yuqori malakali, zamonaviy pedagogik kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlaşdan iborat. Kafedra talabalarda til va adabiyotga doir ilmiy tafakkurni rivojlantiriş, madaniyatlararo muloqot könikmalarini şakllantiriş hamda vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalaşni maqsad qiladi.
Yutuqlar
Kafedraning yoş öqituvçilari N. Kahhorova, T. Ayupov, M. Şeraliyeva, X. Ziyayeva, S. Yöldoşova va K. Solijonova hamda iqtidorli talabalari ilmiy izlanişlarga faol jalb etilgan. Bir qator yoş pedagog-xodimlar doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Kafedra professor-öqituvçilari S. A. Alimsaidova pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini, N. A. Qodirova Rossiya Federatsiyasida nomzodlik dissertatsiyasini, D. X. Zokirova esa Andijon davlat universitetida PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Şuningdek, A. K. Raşidov, M. A. Jörayeva, Ye. I. Popova, Z. I. Mirzayunusova va F. B. Ibragimovlar dotsentlik ilmiy unvoniga ega bölgan.
Sönggi yillarda kafedra tomonidan 3 ta monografiya, 30 dan ortiq darslik va öquv qöllanmalar, 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar çop etildi. Şuningdek, intellektual mulk obyektlariga 30 dan ortiq sertifikatlar olingan. Öqituvçi va talabalar 10 dan ortiq xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida iştirok etgan, jumladan, Vyetnamning Xanoy şahrida ötkazilgan “Osiyoning rus olami” xalqaro konferensiyasi hamda Ozarbayjonning Boku şahrida bölib ötgan Turkiy davlatlar III qurultoyida qatnaşganlar.
Taʼlim yönalişi talabalari orasida Alişer Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari soni ortib bormoqda. Jumladan, Kulagina Yelena va Ikromova Nozanin uşbu stipendiyaga sazovor bölgan. Bu natijalar taʼlim sifati va talabalar salohiyatining yuksalib borayotganini körsatadi.
Iqtidorli talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol iştirok etib, davlat stipendiyalariga daʼvogarlik qilmoqda. 2024-yilda 10 nafardan ortiq talaba turli tanlovlarda ğolib bölgan. Jumladan, Bahromova Dilsöz Zulfiya nomidagi tanlovning şahar bosqiçida ğolib bölib, viloyat bosqiçiga yöllanma oldi; Abubakirova Sevara “Yil talabasi – 2024” tanlovida 1-örin, Akbarov Samandar INNOWEEK ğolibi, Toşpölatova Şahribonu esa “Yil talabasi – 2024” tanlovida 2-örinni egallagan.
Öquv jarayonini işlab çiqariş bilan integratsiyalaş va taʼlim sifatini oşiriş maqsadida bir qator umumtaʼlim maktablari va örta maxsus taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yölga qöyilgan. Jumladan, Qöqon şahridagi 1-, 16-, 20-, 41-sonli hamda tumanlardagi 8 ta maktab bilan hamkorlik örnatilgan. 4+2 tizimi asosidagi pedagogik amaliyotlar va laboratoriya maşğulotlari uşbu bazalarda taşkil etiladi.
2019–2020-yillardan boşlab Rossiya davlat kasbiy pedagogika universiteti va Boşqirdiston davlat universiteti, 2021-yildan esa Qozon federal universiteti hamda Belarusiyaning Grodno davlat universiteti bilan hamkorlikda qöşma dastur asosidagi “Rus tili va adabiyoti” taʼlim yönalişi yölga qöyilgan. Bu esa yuqori malakali kadrlar tayyorlaş va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qilmoqda.
Kafedra jamoasi oldida katta vazifalar turibdi. Barça professor-öqituvçilar masʼuliyatni çuqur his etgan holda faoliyat yuritmoqda. Asosiy maqsad — talabalarga sifatli taʼlim beriş va zamonaviy talablar darajasidagi mutaxassislarni tayyorlaşdir.
Mudir haqida
Rasulova Matluba Hamzaevna 2024-yil 1-iyuldan boşlab Qöqon davlat universiteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri v.v.b. lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
U 1962-yil 17-avgustda Farğona viloyati, Qöqon şahrida tuğilgan, millati özbek, partiyaviyligi yöq. Oliy maʼlumotli bölib, 1984-yilda Qöqon davlat pedagogika institutini kunduzgi taʼlim şaklida tamomlagan. Mutaxassisligi — rus tili va adabiyoti öqituvçisi.
U filologiya fanlari nomzodi, dotsent ilmiy unvoniga ega. Rus tilini mukammal biladi. Davlat va idoraviy mukofotlarga ega emas, şuningdek, saylanadigan organlar aʼzosi bölmagan.
Mehnat faoliyatini 1979–1984-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti talabasi sifatida boşlagan. 1984–1985-yillarda rus va çet el adabiyoti kafedrasi katta laboranti, 1985–1989-yillarda aspirant, 1989–1998-yillarda öqituvçi, 1998–2001-yillarda katta öqituvçi bölib işlagan. 2001–2002-yillarda kafedra mudiri, 2002–2005-yillarda Xorijiy tillar fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.
2005–2006-yillarda rus filologiyasi kafedrasi mudiri v.v.b., 2006–2016-yillarda Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, 2017–2018-yillarda Ilmiy kengaş kotibi, 2018–2020-yillarda Xorijiy tillar fakulteti dekani v.v.b., 2020-yilda dekani, 2020–2024-yillarda Rus tili va adabiyoti fakulteti dekani bölib işlagan.
2024–2025-yillarda Rus tili va adabiyoti metodikasi kafedrasi mudiri, 2025-yildan hozirgi kungaça esa Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri v.v.b. lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş