Özbek tili va adabiyoti kafedrasi
Gumanitar fanlar va tillar fakulteti
Kafedra tarixi
1939-yil 1-iyulda Kunduzgi öqituvçilar pedagogika instituti taşkil etilişi bilan Özbek tili va adabiyoti kafedrasi ham öz faoliyatini boşlagan. 1962-yilda kafedra Özbek tilşunosligi va Özbek adabiyoti kafedralariga ajratildi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi “Farğona viloyatidagi oliy taʼlim taşkilotlari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 26-son qaroriga muvofiq, mustaqil faoliyat yuritib kelgan Özbek tili va Özbek adabiyoti kafedralari 2025-yil 2-apreldan boşlab Özbek tili va adabiyoti kafedrasi sifatida qayta birlaştirildi.
Özbek tilşunosligi kafedrasiga turli yillarda I. Rasulov, B. Madaliyev, J. Abdullajonova, O. Bozorov, R. Şukurov, I. Pölatov, I. Madrahimov, Ş. Akramov va O. Töxtasinovalar rahbarlik qilgan. Özbek adabiyoti kafedrasiga esa L. Zohidov, N. Abdullayev, R. Tojiboyev, M. Siddiqov, M. Hoşimova, M. Jamoliddinov, D. Zohidova hamda B. Abdurahmonovalar mudirlik qilgan. 2025-yil 2-apreldan boşlab birlaşgan Özbek tili va adabiyoti kafedrasiga O. Töxtasinova rahbarlik qilib kelmoqda.
Missiya
Özbek tili va adabiyoti kafedrasining missiyasi — milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, yuksak maʼnaviyatli, zamonaviy bilim va kasbiy kompetensiyalarga ega bölgan raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaş, özbek tili va adabiyoti, tilşunoslik hamda adabiyotşunoslik sohalarida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş, taʼlim, fan va amaliyot integratsiyasini taʼminlaşdan iborat. Kafedra öz faoliyatida innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etiş, ilmiy salohiyatni yuksaltiriş, yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş hamda ona tilimizning nufuzi va mavqeini xalqaro miqyosda mustahkamlaşni ustuvor vazifa deb biladi.
Yutuqlar
Ayni paytda kafedrada 29 nafar asosiy ştatdagi va 4 nafar örindoş professor-öqituvçi, jami 33 nafar tajribali mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Ularning 28 nafari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bölib, 5 nafari stajyor-öqituvçi sifatida işlamoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 94 foizni taşkil etadi.
2025/2026-öquv yili davomida kafedra professor-öqituvçilari tomonidan 3 ta darslik, 7 ta öquv qöllanma va 2 ta monografiya naşr etildi. Şuningdek, 60 dan ortiq impakt-faktorga ega xalqaro jurnallarda, 20 dan ortiq Scopus bazasidagi naşrlarda, 50 dan ortiq OAK jurnallarida hamda 70 dan ortiq respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda maqolalar çop etilişiga erişildi.
Hozirgi kunda kafedrada 10.00.01 — Özbek tili hamda 10.00.11 — Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosliklari böyiça doktorantura faoliyat yuritmoqda. Mazkur yönalişlarda 50 nafardan ortiq doktorant, tayanç doktorant va mustaqil izlanuvçilar ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
Kafedra aʼzolaridan 6 nafari — Rahimova Maftuna Odilovna, Jörayeva Ramziyeva Muhammadrahimovna, Tojiboyeva Mahbuba Rahimovna, Hojiyeva Minovvarxon Akramovna, Toşxöjayeva Şoiraxon hamda Xrojiddinova Muattarxon xorijiy tilni biliş sertifikatiga ega.
Şuningdek, joriy öquv yilida Özbek tili va adabiyoti yönalişining bir qator iqtidorli talabalari nomdor davlat stipendiyalari va nufuzli mukofotlar sohibiga aylandi.
Taʼlim jarayonini amaliyot bilan uyğunlaştiriş hamda taʼlim sifatini oşiriş maqsadida qator umumtaʼlim maktablari va örta maxsus taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yölga qöyilgan. 4+2 tizimidagi pedagogik amaliyotlar, metodika fanlari böyiça amaliy hamda laboratoriya maşğulotlari ana şu taʼlim muassasalarida muntazam taşkil etib kelinmoqda.
Mudir haqida
Töxtasinova Odinaxon Yusupovna 1961-yil 3-fevralda Farğona viloyati Bağdod tumanida tuğilgan. Millati — özbek, partiyaviyligi — yöq. Oliy maʼlumotli bölib, 1983-yilda Qöqon davlat pedagogika institutini kunduzgi taʼlim şaklida tamomlagan. Mutaxassisligi — özbek tili va adabiyoti öqituvçisi. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent ilmiy unvoniga ega. Rus tilini biladi. Harbiy (maxsus) unvoni, davlat va idoraviy mukofotlari mavjud emas. Xalq deputatlari kengaşlari yoki boşqa saylanadigan organlarning aʼzosi emas.
Mehnat faoliyatini 1979-yilda Bağdod tumani 2-sonli örta maktabida pionerlar yetakçisi sifatida boşlagan. 1979–1983-yillarda Qöqon davlat pedagogika institutida tahsil olgan. 1983–1985-yillarda Bağdod tumanidagi 17-sonli örta maktabda öqituvçi bölib işlagan. 1985–1988-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti Özbek tilşunosligi kafedrasida katta laborant, 1988–1992-yillarda esa öqituvçi lavozimida faoliyat yuritgan. 1992–1996-yillarda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika institutining kunduzgi maqsadli aspiranturasida tahsil olgan. 1996–1999-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti Özbek tilşunosligi kafedrasida öqituvçi, 1999–2009-yillarda katta öqituvçi lavozimlarida işlagan. 2009–2011-yillarda institut ilmiy bölimi boşliği, 2011–2013-yillarda Özbek tilşunosligi kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvçi bölgan. 2013–2016-yillarda Özbek tilşunosligi kafedrasi dotsenti, 2016–2018-yillarda Boşlanğiç taʼlim kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat olib borgan. 2018–2023-yillarda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş bölimiga rahbarlik qilgan. 2023–2025-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti Özbek tili kafedrasi mudiri lavozimida işlagan. 2025-yil 2-apreldan buyon Qöqon davlat universiteti Özbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri vazifasini vaqtinça bajarib kelmoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş