Milliy ğoya va huquq kafedrasi
Gumanitar fanlar va tillar fakulteti
Kafedra tarixi
Qöqon davlat universiteti Gumanitar fanlar fakulteti huzuridagi Milliy ğoya va huquq kafedrasi 2002-öquv yilining sentabr oyida Falsafa kafedrasidan mustaqil kafedra sifatida ajralib çiqdi. Mazkur özgariş kafedraning öziga xos ilmiy-pedagogik yönalişlarga ixtisoslaşişiga imkon yaratib, milliy ğoya va huquq fanining alohida taʼlim sohasi sifatida rivojlanişiga xizmat qildi.
2002–2012-yillar davomida kafedra “Milliy istiqlol ğoyasi, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi” nomi ostida faoliyat yuritdi. Bu davrda kafedrada milliy ğoya, maʼnaviyat va huquq fanlarini çuqur öqitiş hamda şu yönalişda malakali mutaxassislar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratildi. Öquv dasturlari va ilmiy-tadqiqot işlari milliy ğoya hamda huquqiy bilimlarning uzviy boğliqligiga asoslangan innovatsion yondaşuvlar asosida şakllantirildi.
2012–2023-yillar davomida kafedra “Milliy ğoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi” nomi bilan faoliyat olib bordi. Uşbu davrda milliy ğoya, maʼnaviyat asoslari va huquq fanlarini öqitiş metodikalarini takomillaştiriş, taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etiş orqali malakali pedagoglarni tayyorlaşga ustuvor ahamiyat berildi. Şu bilan birga, kafedra ilmiy-tadqiqot faoliyatida ham milliy ğoya va huquq taʼlimi metodikasini çuqur örganiş hamda yangilaşga katta eʼtibor qaratildi.
2023–2024-öquv yilida “Milliy ğoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi” kafedrasi ikki mustaqil yönalişga — “Huquq taʼlimi” hamda “Milliy ğoya va maʼnaviyat asoslari” kafedralariga ajratildi. 2024–2025-öquv yilining aprel oyidan boşlab esa ular “Milliy ğoya va huquq” kafedrasi nomi ostida qayta birlaştirildi va bugungi kunda öz faoliyatini davom ettirmoqda.
Hozirgi bosqiçda kafedra milliy ğoya va huquq sohasidagi taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy talablar asosida yanada rivojlantiriş, huquqiy va maʼnaviy sohalarda yetuk mutaxassislar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Qöqon davlat universiteti Milliy ğoya va huquq kafedrasi taşkil etilganidan buyon uning faoliyatiga köplab tajribali olim va pedagoglar rahbarlik qilib kelmoqda. Ularning samarali faoliyati kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşiriş, taʼlim sifatini takomillaştiriş hamda ilmiy-tadqiqot işlarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
2002–2006-yillarda kafedraga falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.M. Aminova rahbarlik qilgan. Uning boşqaruvi davrida kafedraning taşkiliy faoliyati yölga qöyilib, taʼlim jarayonini şakllantiriş işlari amalga oşirildi.
2006–2007-yillarda falsafa fanlari nomzodi, dotsent Z. Boytemirova kafedra mudiri sifatida ilmiy-pedagogik faoliyatni rivojlantiriş va mutaxassislar tayyorlaş sifatini oşirişga qaratilgan işlarni davom ettirdi.
2007–2012-yillarda yana M.M. Aminova rahbarligida kafedra faoliyati takomillaştirilib, öquv-uslubiy işlar samaradorligi oşirildi.
2012–2017-yillarda dotsent Z. Boytemirova ilmiy tadqiqotlar va pedagogik faoliyatni mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratdi.
2017–2019-yillarda M.M. Aminova rahbarligi ostida milliy ğoya va huquqiy bilimlar yönalişidagi taʼlim sifatini rivojlantiriş böyiça samarali işlar amalga oşirildi.
2019–2020-yillarda tarix fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) G. Rahimova rahbarlik qilgan davrda taʼlim jarayoniga yangi metodologik yondaşuvlar va innovatsion texnologiyalar joriy etildi.
2020–2024-yillarda dotsent Z. Boytemirova kafedra mudiri sifatida ilmiy va pedagogik faoliyatni rivojlantirişga munosib hissa qöşdi.
2024-yil avgust oyidan boşlab falsafa fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) E. Oripov kafedra mudiri etib tayinlandi va hozirgi kunga qadar uşbu lavozimda faoliyat yuritmoqda.
Uning rahbarligida kafedra zamonaviy ilmiy va taʼlim standartlari asosida rivojlanib, huquqiy, milliy va falsafiy yönalişlardagi ilmiy tadqiqotlar hamda taʼlim sifatini yanada oşirişga qaratilgan faoliyatni izçil davom ettirmoqda.
Missiya
Milliy ğoya va huquq kafedrasining missiyasi — milliy ğoya va maʼnaviy qadriyatlarga sodiq, huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak, demokratik jamiyat rivojiga hissa qöşadigan, zamonaviy bilim va könikmalarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlaşdan iborat. Kafedra talabalarda vatanparvarlik, fuqarolik masʼuliyati va huquqiy tafakkurni şakllantirişni asosiy maqsad qilib qöyadi.
Yutuqlar
Milliy ğoya va huquq kafedrasi “Globallaşuv davri yoşlar tarbiyasining ğoyaviy-axloqiy va huquqiy muammolari” mavzusi doirasida ilmiy tadqiqotlarni faol olib bormoqda. Uşbu tadqiqotlar Özbekiston Respublikasi milliy ğoya va huquq sohasidagi dolzarb muammolarni çuqur tahlil qilişga qaratilgan bölib, huquqiy tizimning barqaror rivojlanişini taʼminlaşga xizmat qiluvçi ilmiy asoslangan tavsiyalar işlab çiqişni maqsad qiladi. Şu asosda har yili respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar taşkil etib kelinmoqda.
Ilmiy tadqiqotlar jarayonida zamonaviy monitoring usullari va statistik tahlil metodlaridan keng foydalanilib, globallaşuv şaroitida yoşlar tarbiyasining ğoyaviy-axloqiy va huquqiy muammolari doimiy ravişda örganilib borilmoqda. Bu esa mafkuraviy xavfsizlikni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kafedra xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratib, bir qator xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan samarali aloqalarni yölga qöygan. Jumladan, Qozoğiston Respublikasi Abay nomidagi Qozoğiston milliy pedagogika universiteti, Qirğiziston Respublikasining Öş davlat universiteti va Öş davlat pedagogika universiteti, şuningdek, Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti bilan hamkorlik yölga qöyilgan.
Mazkur hamkorlik doirasida kafedra professor-öqituvçilari xorijiy oliy taʼlim muassasalarida muntazam stajirovkalardan ötib kelmoqdalar. Bu jarayon ularning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşiriş, zamonaviy ilmiy va pedagogik tajribalarni özlaştirişga xizmat qilmoqda. Şuningdek, xalqaro hamkorlik kafedraning global ilmiy maydondagi faolligini oşirib, taʼlim jarayonini zamonaviy standartlar asosida takomillaştirişga imkon bermoqda.
Kafedrada jami 19 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritadi, şundan 14 nafari asosiy ştatda, 5 nafari içki örindoşlik asosida işlaydi. Ularning 1 nafari fan doktori (DSc), 2 nafari fan nomzodi, 8 nafari falsafa doktori (PhD) hisoblanadi. Kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati 60 foizni taşkil etadi va bu körsatkiç yil sayin ortib bormoqda. Bu esa taʼlim sifati hamda ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini yanada oşirişga xizmat qilmoqda.
Mudir haqida
Oripov Elyor Şavkatoviç 1982-yil 15-martda Farğona viloyati Uçköprik tumanida tuğilgan. Millati — özbek. Oliy maʼlumotli mutaxassis bölib, 2005-yilda Qöqon davlat pedagogika institutining bakalavriat bosqiçini tamomlagan. 2007-yilda Toşkent davlat pedagogika universiteti magistraturasini bitirgan. Mutaxassisligi — milliy istiqlol ğoyasining falsafiy masalalari. Falsafa fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Rus tilini biladi. Harbiy unvonga ega emas. Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi.
Mehnat faoliyatini taʼlim tizimida boşlagan. 2001–2005-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti talabasi, 2005–2007-yillarda esa Toşkent davlat pedagogika universiteti magistranti bölgan. 2007–2010-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti Milliy ğoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasida assistent-öqituvçi sifatida faoliyat yuritgan.
2011–2012-yillarda Özbekiston Milliy universitetida stajyor-tadqiqotçi-izlanuvçi, 2013-yilda esa katta ilmiy xodim-izlanuvçi sifatida ilmiy faoliyat olib borgan. 2014–2021-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti Milliy ğoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasida öqituvçi lavozimida işlagan.
2022–2024-yillarda mazkur kafedrada katta öqituvçi (PhD) sifatida faoliyat yuritgan. 2024–2025-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti Huquq taʼlimi kafedrasi mudiri lavozimida işlagan. 2025-yil 26-avgustdan Qöqon davlat universiteti Milliy ğoya va huquq kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvçi sifatida faoliyat olib borgan. 2025-yil 30-dekabrdan Qöqon davlat universiteti Milliy ğoya va huquq kafedrasi mudiri lavozimida işlab kelmoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş