Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt kafedrasi
Aniq fanlar va muhandislik fakulteti
Kafedra tarixi
“Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt” kafedrasi öz faoliyatini 1987-yilda “Hisoblaş matematikasi va informatika kafedrasi” nomi bilan boşlagan bölib, öşa davrda institut va fakultet miqyosida eng yoş kafedralardan biri hisoblangan. Şunga qaramasdan, kafedra aʼzolari — fizika-matematika fanlari nomzodlari N. Şeraliyev, A. Xasanov, O. Qöşmatov, texnika fanlari nomzodi M. Aripov, pedagogika fanlari nomzodi A. Ergaşev, katta öqituvçi M. Ibragimova hamda öqituvçilar H. Inomjonova, Z. Sanginova, A. Ibrohimov va A. Ismoilovlar V.G. Qahhorov (kafedra mudiri) rahbarligida öquv jarayonini zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlari asosida taşkil etiş va kafedra faoliyatini yuqori darajaga kötariş böyiça muhim işlarni amalga oşirganlar.
1990-yillarga kelib kafedra laboratoriyalari zamonaviy texnik vositalar bilan boyitilib, 50 dan ortiq mikrokalkulyatorlar, “KUVT”, “KORVET”, “YAMAXA” elektron hisoblaş maşinalari, IBM PC hamda “Praves 8-A” kompyuterlari bilan jihozlangan. 1992-yillarga kelib esa pedagoglar uçun möljallangan displey sinflari, DVK-2 va AGAT şaxsiy kompyuterlari ham işga tuşirilgan.
1994–1997-yillarda kafedraga texnika fanlari nomzodi M. Aripov, O. Qöşmatov hamda fizika-matematika fanlari nomzodi I. Nabiyev rahbarlik qilgan. 1997–2004-yillarda kafedra “Informatika va hisoblaş texnikasi” nomi bilan faoliyat yuritib, unga texnika fanlari nomzodi, dotsent S. Haydarova mudirlik qilgan. 2004-yil oxirida “Informatika va hisoblaş texnikasi” hamda “Matematika” kafedralari birlaştirilib, “Matematika-informatika” kafedrasi taşkil etildi va unga fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ş. Soliyev rahbar etib saylandi. 2004–2010-yillarda kafedra Ş. Soliyev rahbarligida sezilarli yutuqlarga erişib, yuqori malakali kadrlar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratildi.
2010–2012-yillarda kafedrani fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent B. Mamadaliyev boşqardi va ilmiy işlar hamda iqtidorli talabalar bilan işlaş jarayonlarini faollaştirdi. 2012-yildan kafedraga texnika fanlari nomzodi A. Abdullayev mudirlik qildi. 2013-yildan kafedra “Matematika” va “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedralariga ajratildi. 2015-yildan boşlab “Informatika öqitiş metodikasi” kafedrasi sifatida faoliyat yuritib, unga Ş. Ahmadaliyev va I. Siddiqov rahbarlik qildilar.
2020-yildan kafedra “Fakultetlararo matematika-informatika” va “Informatika” kafedralariga ajratildi. Ularga mos ravişda F. Ş. Şirinov (PhD) va I. Rasulov (PhD) rahbarlik qildilar. 2024-yilda uşbu kafedralar yana birlaştirilib “Informatika” kafedrasi sifatida faoliyat yurita boşladi va unga DSc A. Abdullayev rahbarlik qildi. 2025-yil avgust oyidan boşlab kafedra “Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt” nomi bilan faoliyat yuritib, unga pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent A. Q. Abdullayev rahbarlik qilib kelmoqda. U kafedrada taʼlim sifatini oşiriş, öquv-uslubiy va ilmiy faoliyatni yanada takomillaştirişga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Hozirgi kunda kafedra xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga katta eʼtibor berib, bir qator xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan samarali aloqalarni yölga qöygan. Kafedra professor-öqituvçilari uşbu hamkorlik doirasida xorijiy oliy taʼlim muassasalarida muntazam stajirovkalardan ötib, özlarining ilmiy-pedagogik malakasini oşirmoqdalar hamda zamonaviy pedagogik tajribalarni özlaştirmoqdalar. Bu esa kafedraning xalqaro ilmiy maydondagi faolligini oşiriş va taʼlim jarayonini zamonaviy standartlar asosida taşkil etişga xizmat qilmoqda.
“Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt” kafedrasida hozirda 26 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritadi. Ular tarkibida 2 nafar fan doktori, 3 nafar fan nomzodi, 5 nafar PhD mavjud bölib, şuningdek, 2 nafar professor, 8 nafar dotsent, 3 nafar katta öqituvçi va 14 nafar öqituvçi faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati 46 foizni taşkil etadi va bu körsatkiç yildan yilga oşib bormoqda. Bu esa taʼlim sifati va ilmiy-tadqiqot işlari samaradorligini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.
Missiya
“Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt” kafedrasining missiyasi — zamonaviy raqamli iqtisodiyot va innovatsion jamiyat talablariga javob beradigan yuqori malakali, raqobatbardoş kadrlarni tayyorlaşdan iborat. Kafedra öquv jarayonida raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, dasturlaş va axborot tizimlari sohalaridagi ilğor bilimlarni integratsiyalaş asosida talabalarda mustaqil fikrlaş, innovatsion yondaşuv va amaliy könikmalarni şakllantirişni maqsad qiladi.
Şuningdek, kafedra ilmiy-tadqiqot işlarini rivojlantiriş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş hamda taʼlim jarayonini global standartlarga moslaştiriş orqali jamiyat taraqqiyotiga hissa qöşişni öz oldiga vazifa qilib qöyadi.
Yutuqlar
Kafedrada professor-öqituvçilarning ilmiy-tadqiqot işlarini samarali olib borişlari uçun zarur şaroitlar yaratişga doimiy ravişda alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. 2024-yilda kafedra professori H.I. Xonboboyev, 2025-yilda esa dotsent A.Q. Abdullayev fan doktori (DSc) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Şuningdek, 6 nafar professor-öqituvçi dotsent ilmiy unvonini oldi.
2024-yilda kafedrada bir qator ilmiy-tadqiqot işlar amalga oşirildi. Jumladan, 05.01.01 — Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi, audio va video texnologiyalari hamda 13.00.06 — Elektron taʼlim nazariyasi va metodikasi ixtisosliklari böyiça tayanç doktorantura (PhD) yönalişlari oçildi va iqtidorli yoş tadqiqotçilar qabul qilindi.
Kafedra xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan ham keng hamkorlik qilib kelmoqda. 2024-yilda Tojikiston va Qozoğiston Respublikalaridan taşrif buyurgan olimlar tomonidan maʼruza va amaliy maşğulotlar olib borildi. 2025-yilda esa xalqaro ilmiy uçraşuvlar va tajriba almaşuv dasturlarini kengaytiriş rejalaştirilgan.
Şuningdek, kafedra aʼzolari tomonidan monografiyalar, darsliklar, öquv qöllanmalar, nufuzli xalqaro bazalarda indekslanuvçi maqolalar, OAK jurnallarida hamda xalqaro va respublika konferensiyalarida tezislar çop etilgan. Bir qator professor-öqituvçilar til sertifikatlarini qölga kiritgan, iqtidorli talabalar esa xalqaro innovatsion tadbirlarda faol iştirok etgan.
Mudir haqida
Abdullaev Alibek Qodiraliyeviç 1982-yil 12-martda Farğona viloyati Beşariq tumanida tuğilgan. Millati — özbek, partiyaviyligi — yöq. Oliy maʼlumotli. 2003-yilda Qöqon davlat pedagogika institutini bakalavr, 2005-yilda esa magistratura bosqiçini tamomlagan. Mutaxassisligi — matematika. Texnika fanlari nomzodi, dotsent ilmiy unvoniga ega. Rus tilini biladi. Davlat va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanmagan, saylanadigan organlar aʼzosi emas.
Mehnat faoliyatini 1999-yilda Qöqon davlat pedagogika instituti talabasi sifatida boşlagan. 2004–2005-yillarda magistrant bölgan. 2005–2006-yillarda Matematika–informatika kafedrasi öqituvçisi, 2006-yilda pedagogika fakulteti öquv işlari böyiça dekan muovini, 2006–2008-yillarda rektor yordamçisi lavozimlarida işlagan. 2008–2012-yillarda Matematika–informatika kafedrasi öqituvçisi, 2012-yilda katta öqituvçi, 2012–2013-yillarda kafedra mudiri vazifasini bajaruvçi bölgan. 2013–2015-yillarda Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, 2015–2018-yillarda Informatika öqitiş metodikasi kafedrasi mudiri, 2018–2020-yillarda katta öqituvçi bölib faoliyat yuritgan. 2020–2023-yillarda fakultetlararo Matematika–informatika kafedrasi mudiri, 2023–2025-yillarda Informatika kafedrasi mudiri bölgan. 2025-yil 2-apreldan hozirgi kungaça Qöqon davlat universiteti Informatika kafedrasi mudiri lavozimida işlamoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş