Muhandislik texnologiyalari kafedrasi
Aniq fanlar va muhandislik fakulteti
Kafedra tarixi
Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti Qöqon filiali 2018-yil 22-sentyabrda 254-sonli Prezident farmoni bilan taşkil etilgan. Filial tarkibida Elektronika va elektr texnikasi fakulteti hamda “Matematika, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasi faoliyat yuritgan. Uşbu davrda Texnologik maşina va jihozlar, Materialşunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari, Elektronika va asbobsozlik yönalişlari böyiça 124 nafar talaba qabul qilingan.
Dastlab kafedraga F. Mamadaliyev, A. Asqarov, A. Akbarov va B. Xaminovlar rahbarlik qilgan.
2022-yilda “Matematika, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasi negizida “Muhandislik texnologiyalari” kafedrasi taşkil etildi. Hozirgi vaqtda kafedraga texnika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent Siddiqov Rasuljon Öktamoviç mudirlik qilmoqda.
Kafedra xalqaro va respublika miqyosida hamkorlik aloqalarini yölga qöygan bölib, Belarussiya Respublikasidagi Grodno şahrida joylaşgan Yanki Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti, Qozoğiston Respublikasidagi M. Auezov nomidagi Janubiy Qozoğiston universiteti, şuningdek, Andijon davlat texnika instituti, Namangan davlat texnika universiteti va Farğona davlat texnika universiteti bilan samarali hamkorlik olib bormoqda.
2025-yil 2-apreldan boşlab Qöqon davlat universiteti taşkil etilib, mazkur kafedra Aniq fanlar va muhandislik fakulteti tarkibida “Muhandislik texnologiyalari” kafedrasi nomi ostida faoliyatini davom
Missiya
Muhandislik texnologiyalari kafedrasining missiyasi — zamonaviy muhandislik taʼlimi talablariga mos, yuqori malakali, innovatsion fikrlaydigan va raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaş, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş hamda muhandislik sohasidagi dolzarb muammolarga ilmiy-amaliy yeçimlar işlab çiqişdan iborat.
Kafedra taʼlim, ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini taʼminlaş, ilğor pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etiş, şuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş orqali mintaqaviy va global miqyosda muhandislik sohasining rivojiga hissa qöşişni öz oldiga maqsad qiladi.
Yutuqlar
Ilmiy yutuqlar
Muhandislik texnologiyalari kafedrasida Belarussiya Respublikasi bilan hamkorlikda xalqaro fundamental ilmiy loyiha amalga oşirilmoqda. Loyiha mavzusi — “Tuproqqa işlov beruvçi maşinalarning işçi qismlariga karbid-volfram qotişmalaridan qayta işlab olingan kukun asosida yeyilişga çidamli qoplamalar qoplaş texnologiyasini işlab çiqiş”.
Loyiha rahbari — PhD, katta öqituvçi S. Muxtorov. Loyihaning asosiy iştirokçilari Ş. Pölatov, B. Tojiboyev, R. Siddiqov, A. Axunjonov, S. Rahmonov, F. Oxunjonov hamda S. Umarov hisoblanadi. Hozirgi kunda loyiha moliyalaştirişning yakuniy 5-bosqiçida davom etmoqda.
Patentlar va mualliflik guvohnomalari
Kafedra professor-öqituvçilari tomonidan bir qator patentlar olingan bölib, ular innovatsion işlanmalar va texnologik yeçimlarning amaliy ahamiyatini körsatadi.
- Kafedra v.v.b. dotsenti Akbarov Adxam Axadoviç tomonidan 2025-yil 16-iyunda “Özgarmas kuçlanişni özgaruvçan kuçlanişga özgartirgiç” mavzusida № IAP 8396-sonli ixtiro patenti olindi.
- Kafedra assistent öqituvçisi Ölmasov Farruxbek Yorqinjon öğli tomonidan 2025-yil 2-sentabrda “Chang va gazlarni höl usulda tozalaş qurilmasi” mavzusida № FAP 2954-sonli foydali model patenti qölga kiritildi.
- Kafedra assistent öqituvçisi Nurmatov Sardorbek Xasanboy öğli tomonidan 2025-yil 29-martda “Gazlarni tozalaş uçun qurilma” mavzusida № IAP 8415-sonli ixtiro patenti olindi.
Scopus va Web of Science bazalaridagi maqolalar
Muhandislik texnologiyalari kafedrasi professor-öqituvçilari va tadqiqotçilari tomonidan sönggi yillarda xalqaro ilmiy bazalarda indekslangan jurnallar va konferensiya töplamlarida bir qator ilmiy maqolalar çop etildi.
2023-yilda E3S Web of Conferences naşrida “Thermodynamic compatibility and structural characteristics of interpenetrating polymer vibration damping systems for engineering purposes” nomli maqola eʼlon qilinib, unda tebranişni söndiruvçi va tovuş yutuvçi polimer kompozitsion materiallarning termodinamik mosligi hamda strukturaviy xususiyatlari tadqiq etildi. Mazkur maqola mualliflari tarkibida kafedra dotsenti B. Xaminov iştirok etdi.
Şuningdek, 2023-yilda “Influence of the parameters to transition capacitance at NCDS-PSI heterostructure” nomli maqola E3S Web of Conferences naşrida çop etildi. Tadqiqotda nCdS-pSi geterostrukturasida ötiş siğimiga taʼsir etuvçi parametrlar tahlil qilindi. Mualliflar tarkibida R. Siddiqov qatnaşgan.
2024-yilda “Optimizing the accuracy of an industrial robot: a model for improving positional accuracy” nomli maqola E3S Web of Conferences bazasida çop etildi. Maqolada sanoat robotlarining pozitsion aniqligini oşiriş, manipulyator harakati va trayektoriya aniqligini modellaştiriş masalalari yoritilgan. Mualliflar tarkibida R. Siddiqov, X. Xomidov, R. Ummatov, A. Akbarov, Z. Abdullayev, S. Nurmatov, B. Yöldaşev va D. Ubaydullayeva iştirok etgan.
2025-yilda AIP Conference Proceedings naşrida “On the meçanism of physical and chemical interactions of components of composite polymer materials filled with inorganic and organic ingredients” nomli maqola çop etildi. Uşbu maqolada kompozitsion polimer materiallarda fizik-kimyoviy özaro taʼsir mexanizmlari, adgezion boğlanişlar va adsorbsion qatlamlarning xususiyatlari tadqiq qilindi. Mualliflar tarkibida B. Xaminov iştirok etdi.
Monografiyalar
Kafedra professor-öqituvçilari tomonidan bir qator ilmiy monografiyalar çop etilgan.
- Kafedra dotsenti Xaminov Burxon Turğunoviç tomonidan “Разработка антифрикционно-виброзвукопоглощающих композиционных полимерных материалов и технология получения покрытий из них для рабочих органов хлопкоочистительных машин” nomli monografiya 2026-yilda çop etildi.
- Kafedra dotsenti Mamadaliyev Foziljon Abdullayeviç tomonidan “Calculation of the parameters of the Egyptian triangle” nomli monografiya 2020-yilda naşr qilindi.
- Kafedra dotsenti Siddiqov Rasuljon Öktamoviç va assistent öqituvçi Xonazarov Rözimuhammad Dilşodjon öğli tomonidan “Sanoat çangli gazlarini höl usulda tozalovçi apparatning iş parametrlarini asoslaş” nomli monografiya 2023-yilda çop etildi.
- Kafedra katta öqituvçisi Muxtorov Sohibjon Abdufatto öğli tomonidan “Разработка технологии получения композиционных антифрикционно-самосмазывающихся подшипников скольжения на основе металлополимеров” nomli monografiya 2026-yilda çop etildi.
- Kafedra assistent öqituvçisi Xomidov Xuşnudbek Rapiqjon öğli tomonidan “Sanoat chang va gazlarining asosiy xossalari, ularni höl usulda tozalaş qurilmalari tahlili” nomli monografiya 2024-yilda naşr etildi.
Ilmiy salohiyat va doktorantura
Kafedrada jami 23 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritadi. Şundan 17 nafari asosiy ştatda, 6 nafari esa içki örindoşlik asosida işlaydi. Asosiy ştatdagi professor-öqituvçilar tarkibida 2 nafar dotsent (PhD), 3 nafar v.v.b. dotsent va 1 nafar katta öqituvçi (PhD) mavjud. Ilmiy darajaga ega professor-öqituvçilar uluşi 17,6 foizni taşkil etadi.
Kafedra tayanç doktorantlari: J. Asqarov, N. Nömonov, I. Nosiraliyev, F. Oxunjonov, S. Umarov, A. Ğulomov, N. Nabiyev va N. Qosimova. Mustaqil izlanuvçilar sifatida esa S. Nurmatov, F. Ölmasov hamda X. Xomidov ilmiy faoliyat olib bormoqda.
Fan tögaraklari
2025–2026-öquv yilida iqtidorli talabalar bilan işlaş maqsadida quyidagi fan tögaraklari faoliyat yuritmoqda:
- “Yoş mexanik” — rahbar Z. Abdullayev
- “Yoş konstruktor” — rahbar S. Nurmatov
- “Yoş muhandis” — rahbar B. Yöldoşev
Start-up loyihalar
2025–2026-öquv yilida professor-öqituvçilar va talabalar hamkorligida quyidagi innovatsion start-up loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan:
- Elektr dvigatellar sarfini optimallaştiruvçi aqlli boşqaruv modelini işlab çiqiş (Variable Frequency Drive)
- Quyoş panellarining qiyalik burçagini mavsumga moslaştiriş
- Quyoş panellarini avtomatlaştirilgan tozalaş tizimini yaratiş
- Dala şaroiti uçun ixçam va portativ suv tozalaş qurilmasini loyihalaş
- Gips toşlarini maydalovçi tegirmon katoklarining yeyilişga çidamliligini oşiriş
- Ventilyator podşipniklarining xizmat muddatini uzaytiriş
- Svetaforlarni sunʼiy intellekt asosida boşqariladigan aqlli tizimga ötkaziş
- Qöqon şahridagi yönalişli avtobuslar soni va harakatini aqlli ilovalar yordamida boşqarişni takomillaştiriş
Professor-öqituvçilar yutuqlari
Mukofot va eʼtiroflar
Kafedra dotsenti Xaminov Burxonjon Turğunoviç 2024-yil 1-oktabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy taʼlim aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Şuningdek, kafedra dotsenti Mamadaliyev Foziljon Abdullayeviç matematika, texnika va falsafa sohalarida faoliyat yuritayotgan taniqli olim va şoir hisoblanadi. U fizika-matematika fanlari doktori (DSc), Xalqaro Turon Fanlar Akademiyasining haqiqiy aʼzosi, G. V. Leybnis nomidagi Yevropa tabiiy fanlar akademiyasi akademigi hamda xalqaro “Abay” medali sovrindori hisoblanadi.
Xalqaro hamkorlik va akademik almaşinuv
2025–2026-öquv yilida xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan akademik mobillik dasturlari faol amalga oşirilmoqda. M. Auezov nomidagi Janubiy Qozoğiston universiteti bilan imzolangan hamkorlik şartnomasi asosida akademik almaşinuv yölga qöyilgan.
2025-yil 10–16-noyabr kunlari “Mexanika va maşinasozlik” kafedrasi dotsenti Mirzaliyev Darxan Saparbayeviç “Elektr muhandisligi” taʼlim yönalişi 2-bosqiç talabalariga “Amaliy mexanika” fanidan 30 soatlik dars maşğulotlari olib bordi.
Şuningdek, “Suv resurslari, yerdan foydalaniş va qişloq xöjaligi texnologiyasi” kafedrasi dotsenti Baymaxanov Kenjemirza “Transport vositalari muhandisligi” taʼlim yönalişi talabalariga “Avtomobillar konstruksiyasi” fanidan 30 soatlik maşğulotlar ötdi.
Kafedra professor-öqituvçilari R. Siddiqov, X. Xaminov, Z. Abdullayev va F. Mamadaliyev akademik almaşinuv dasturi asosida Qozoğiston Respublikasidagi M. Auezov nomidagi Janubiy Qozoğiston universitetida bölib, ilmiy-amaliy hamkorlik işlarini amalga oşirdilar.
Mudir haqida
Siddiqov Rasuljon Öktamoviç (PhD), dotsent, 1975-yilda Özbekiston Respublikasi Farğona viloyati Uçköprik tumanida tuğilgan. Millati — özbek. Maʼlumoti oliy.
U 1982-yilda Uçköprik tumanidagi 19-maktabning 1-sinfiga qabul qilinib, 1992-yilda uşbu maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan.
1993-yilda Farğona davlat universitetiga öqişga kirgan hamda 1998-yilda mazkur oliy taʼlim muassasasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Uçköprik tumanidagi 33-maktabda öqituvçi lavozimida boşlagan. Hozirgi kunda Qöqon davlat universiteti Muhandislik texnologiyalari kafedrasi mudiri, PhD, dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş