Kimyo muhandisligi kafedrasi
Aniq fanlar va muhandislik fakulteti
Kafedra tarixi
Qöqon davlat universiteti “Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar” fakulteti “Kimyo muhandisligi” kafedrasi 2023–2024-öquv yilining sentabr oyida Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti Qöqon filiali “Elektronika va elektr texnikasi” fakulteti “Ijtimoiy va aniq fanlar” kafedrasidan mustaqil kafedra sifatida ajralib çiqdi. Uşbu özgariş kafedraning öziga xos ilmiy-texnologik yönalişlarga ixtisoslaşişiga va kimyoviy texnologiyalar sohasini rivojlantirişga xizmat qildi.
2023–2024-yillar davomida kafedra “Kimyoviy texnologiyalar” nomi ostida faoliyat yuritib, iqtisodiyot va menejment yönalişlari bilan integratsiyalaşgan fanlarni çuqur öqitişga alohida eʼtibor qaratdi. Uşbu davrda taʼlim dasturlari innovatsion yondaşuvlar asosida şakllantirildi.
2024–2025-yillarda kafedra “Muhandislik” fakulteti tarkibida “Kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi sifatida faoliyatini davom ettirdi. Bu davrda nazariy va amaliy tayyorgarlikni takomillaştiriş, zamonaviy texnologiyalarni taʼlim jarayoniga joriy etiş orqali malakali mutaxassislar tayyorlaşga eʼtibor qaratildi.
2025-yil 3-yanvardan boşlab kafedra “Kimyo muhandisligi, iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar” nomi bilan faoliyat yuritib, taʼlim va ilmiy-tadqiqot işlarini yanada kengaytiriş, şuningdek, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yeçimiga yönaltirilgan mutaxassislar tayyorlaşni maqsad qildi.
2025-yil 2-apreldan Qöqon davlat universiteti “Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar” fakultetida “Kimyo muhandisligi” kafedrasi sifatida qayta taşkil etilib, öz faoliyatini davom ettirmoqda. 2025-yil 28-avgustdan esa “Kimyo muhandisligi va geodeziya” kafedrasi tarkibida faoliyatini davom ettirmoqda.
2023–2024, 2024–2025 öquv yillari hamda 2025–2026 öquv yilining 28-avgustiga qadar kafedraga texnika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent V.U. Otakuziyeva rahbarlik qilgan.
Missiya
Kimyo muhandisligi kafedrasining missiyasi — zamonaviy kimyoviy texnologiyalar, muhandislik bilimlari hamda innovatsion yondaşuvlarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş, taʼlim, ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini taʼminlaş, şuningdek, ekologik barqarorlik va sanoat rivojiga xizmat qiluvçi ilmiy-tadqiqotlarni amalga oşirişdan iborat.
Yutuqlar
Kimyo muhandisligi kafedrasida 14 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritadi. Ularning tarkibida 2 nafar fan nomzodi, 3 nafar falsafa doktori (PhD), şuningdek, 1 nafar fan doktori (DSc) hamda dotsent va öqituvçilar faoliyat olib boradi. Kafedraning ilmiy-pedagogik jamoasi yuqori malakali va ilmiy darajaga ega mutaxassislar bilan mustahkamlangan bölib, ilmiy salohiyat körsatkiçi 66 foizni taşkil etadi. Uşbu körsatkiç yildan yilga oşib bormoqda va bu holat taʼlim sifati hamda ilmiy-tadqiqot işlari samaradorligini yanada oşirişga xizmat qilmoqda.
Mudir haqida
Otakuziyeva Vaziraxon Usmonjonovna 2026-yil mart oyidan boşlab Qöqon davlat universiteti “Kimyo muhandisligi va geodeziya” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
U 1984-yil 13-fevralda Farğona viloyati Danğara tumanida tuğilgan. Millati — özbek, partiyaviyligi — yöq.
Maʼlumoti oliy. 2006-yilda Qöqon davlat pedagogika institutini, 2008-yilda esa magistratura bosqiçini tamomlagan. Mutaxassisligi — kimyo ekologiya va kimyo.
Texnika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent ilmiy unvoniga ega. Rus va ingliz tillarini (luğat yordamida) biladi. Davlat mukofotlari bilan taqdirlanmagan. Deputat yoki saylanadigan organlar aʼzosi emas.
U mehnat faoliyatini 2002–2006-yillarda talaba sifatida boşlagan. 2007–2016-yillarda “Farğona avtomobil yöllarini loyihalaş instituti” MÇJda turli texnik lavozimlarda işlagan. 2018–2021-yillarda TDTU Qöqon filiali kadrlar bölimida inspektor bölgan. 2021–2023-yillarda kafedralarda assistent va katta öqituvçi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2023–2025-yillarda “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi mudiri bölgan. 2025-yildan boşlab Qöqon davlat universitetida turli lavozimlarda işlagan va 2026-yildan yana kafedra mudiri sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş