Elektr texnologiyalari kafedrasi
Aniq fanlar va muhandislik fakulteti
Kafedra tarixi
Qöqon davlat universiteti Muhandislik fakulteti Elektronika va elektr texnologiyalari kafedrasi 2022–2023-öquv yilining 24-oktabr sanasida “Muhandislik texnologiyalari” kafedrasidan mustaqil tarkibiy bölinma sifatida ajralib çiqdi. Uşbu özgariş kafedraning öziga xos ilmiy-pedagogik yönalişlarda ixtisoslaşişiga şaroit yaratib, muhandislik taʼlimi rivojiga xizmat qildi.
2022–2023-yillarda kafedra “Elektr va elektronika” nomi ostida faoliyat yuritdi. Uşbu davrda energetika yönalişida malakali mutaxassislar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratildi. Öquv dasturlari va ilmiy-tadqiqot işlari energetika va elektronika fanlarining uzviy boğliqligiga asoslangan innovatsion yondaşuvlar asosida şakllantirildi.
2023–2025-yillarda kafedra “Elektr texnologiyalari” nomi bilan faoliyat olib bordi. Bu davrda asosiy eʼtibor energetika va elektronika fanlarini öqitiş metodikalarini takomillaştiriş, şuningdek, taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etiş orqali malakali mutaxassislar tayyorlaşga qaratildi. Şu bilan birga, ilmiy-tadqiqot faoliyatida energetika taʼlimi metodikasini çuqur örganiş va yangilaş ustuvor yönaliş sifatida belgilandi.
2025-yildan boşlab kafedra öz faoliyatini “Elektronika va elektr texnologiyalari” nomi ostida davom ettirmoqda. Uşbu bosqiçda taʼlim va ilmiy tadqiqotlarni yanada çuqurlaştiriş, şuningdek, hududdagi elektr energetika sohasidagi dolzarb muammolarni hal etişga qodir yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
2025-yil 26-avgustdan boşlab kafedra nomi qayta özgartirilib, “Elektr texnologiyalari” kafedrasi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Kafedra taşkil etilganidan buyon uning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşiriş va taʼlim-tadqiqot jarayonlarini takomillaştirişda bir qator tajribali rahbarlar faoliyat olib borgan.
2022–2023-yillarda kafedraga SH. Öktamjonov rahbarlik qilgan bölib, uşbu davrda kafedraning taşkiliy şakllanişi va taʼlim jarayonini yölga qöyiş işlari amalga oşirilgan.
2023-yil yanvardan sentabrgaça I. Usmonov kafedra faoliyatini boşqargan. Uşbu davrda öquv dasturlari takomillaştirilib, öquv-metodik işlar samaradorligi oşirilgan.
2023-yil sentabrdan katta öqituvçi G. Urozaliyev kafedra mudiri sifatida ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratgan.
2024-yil iyul oyidan boşlab texnika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent I. Usmonov kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan va hozirgi kungaça uşbu lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda. Uning rahbarligida kafedra zamonaviy taʼlim va ilmiy standartlar asosida rivojlanib, pedagogik texnologiyalarni keng joriy etiş hamda ilmiy-tadqiqot işlarini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Kafedra “Farğona vodiysi hududida qişloq xöjaligi elektr energetikasi hamda işlab çiqariş korxonalarining holatini kompleks energoaudit va monitoring qiliş” mavzusi doirasida ilmiy tadqiqotlarni faol olib bormoqda.
Missiya
Elektr texnologiyalari kafedrasining missiyasi — zamonaviy muhandislik taʼlimi standartlariga mos, yuqori malakali, innovatsion fikrlaydigan va raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaş, ilmiy-tadqiqot işlarini rivojlantiriş hamda elektr energetikasi va elektr texnologiyalari sohasida dolzarb muammolarga ilmiy-amaliy yeçimlar işlab çiqişdan iborat.
Kafedra taʼlim, ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini taʼminlagan holda, ilğor pedagogik texnologiyalarni joriy etiş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş hamda talabalarni ilmiy izlaniş va innovatsion faoliyatga jalb etişni özining ustuvor yönalişi sifatida belgilaydi.
Şuningdek, kafedra hududiy va global miqyosda elektr texnologiyalari sohasining barqaror rivojlanişiga hissa qöşadigan, kasbiy kompetensiyaga ega, taşabbuskor va ijodkor kadrlarni yetiştirişni maqsad qiladi.
Yutuqlar
Elektr texnologiyalari kafedrasida jami 21 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritadi. Ularning tarkibida 1 nafar fan doktori (professor), 3 nafar falsafa doktori (PhD), 4 nafar dotsent, 5 nafar katta öqituvçi va 11 nafar öqituvçi mavjud. Kafedraning ilmiy-pedagogik jamoasi yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlangan bölib, ilmiy salohiyat körsatkiçi 22 foizni taşkil etadi. Mazkur körsatkiç yildan yilga oşib bormoqda va taʼlim sifati hamda ilmiy-tadqiqot samaradorligini yuksaltirişga xizmat qilmoqda.
Ilmiy loyihalar
Kafedra mudiri, PhD dotsent I. Usmonov “Dehqon va fermer xöjaliklari uçun yuqori sifatli uruğlik tayyorlaş” mavzusidagi startap loyiha granti ğolibi böldi. Loyiha doirasida 17 056 AQŞ dollari miqdorida investitsiya jalb etildi.
Patentlar va innovatsiyalar
Kafedra tomonidan jami 6 ta patent (3 ta ixtiro, 3 ta foydali model) hamda 14 ta dasturiy mahsulot guvohnomasi (DGU) olingan.
Monografiyalar
Yil davomida 3 ta monografiya çop etilgan.
Ilmiy himoya
Kafedra öqituvçisi T. Butaev “Muhandislik taʼlim yönalişlari talabalarida tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantiriş texnologiyalari” mavzusida DSc dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va professor unvoniga ega böldi.
Talabalar yutuqlari
Kafedra talabalari respublika va viloyat bosqiçidagi “Mirzo Uluğbek vorislari” tanlovi hamda boşqa ilmiy musobaqalarda faol iştirok etib kelmoqda. Jumladan:
- D. Xasanov – Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori
- R. Saidaxmedov – respublika va viloyat bosqiçi ğolibi
- A. Alijonov – viloyat bosqiçi ğolibi
- A. Akbarov – respublika tanlovlari iştirokçisi va ğolibi
- M. Xojiboeva – tuman bosqiçi ğolibi
- A. Toştemirov – respublika va hududiy bosqiç ğolibi
Xalqaro hamkorlik
M. Auezov nomidagi Janubiy Qozoğiston universiteti bilan hamkorlik doirasida xorijiy professor-öqituvçilar taşrif buyurib, dars maşğulotlari va ilmiy seminarlar ötkazib kelmoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş