Matematika kafedrasi
Aniq fanlar va muhandislik fakulteti
Kafedra tarixi
Qöqon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakulteti Matematika kafedrasi 1939-yilda “Matematika va fizika” nomi bilan taşkil etilgan. Kafedra öz faoliyati davomida turli yillarda “Matematika”, “Oliy matematika”, “Matematika öqitiş metodikasi”, “Fizika-matematika”, “Matematika va informatika” hamda “Matematika öqitiş metodikasi” kabi nomlar bilan faoliyat yuritgan.
Kafedraga turli yillarda quyidagi rahbarlar mudirlik qilgan:
1939-yil — M. Jörayev;
1966–1970-yillar — p.f.n. M. Madaliyev;
1970–1978-yillar — f.-m.f.n. X. Fozilov;
1974–1984-yillar — f.-m.f.n. X. Mavlonqulov;
1984–1986-yillar — f.-m.f.n. Ş. Soliyev;
1987–1997-yillar — f.-m.f.d. Q. Boyqöziyev;
1997–2010-yillar — f.-m.f.n. Ş. Soliyev;
2010–2012-yillar — f.-m.f.n. B. Mamadaliyev;
2012–2013-yillar — t.f.n. A. Abdullayev;
2013–2018-yillar — p.f.n. X. Ustadjalilova;
2018–2021-yillar — f.-m.f.n. X. Jumakulov;
2021–2025-yillar — PhD D. Aroyev;
2025–2026-yillar — f.-m.f.n. X. Jumakulov.
2026-yil yanvar oyidan boşlab Matematika kafedrasiga Pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Otaboyev Muxsinjon Muqimjonoviç rahbarlik qilib kelmoqda.
Missiya
Matematika kafedrasining missiyasi — yuqori malakali, zamonaviy ilmiy va pedagogik kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlaş, matematik fanlarni çuqur öqitiş orqali talabalarda mantiqiy fikrlaş, ilmiy-tadqiqot könikmalari va innovatsion yondaşuvni rivojlantiriş, şuningdek, taʼlim va ilm-fan integratsiyasini taʼminlaşdan iborat.
Yutuqlar
Matematika kafedrasi öz faoliyatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga katta eʼtibor qaratib, bir qator xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan samarali aloqalarni yölga qöygan. Jumladan, Qozoğiston Respublikasining Abay nomidagi Qozoğiston milliy pedagogika universiteti, Qirğiziston Respublikasining Öş davlat universiteti va Öş davlat pedagogika universiteti, Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti hamda A.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Qozoğistonning Akademik A. Quatbekov nomidagi Xalqaro döstlik universiteti, Tojikistonning Xöjand davlat universiteti hamda Malayziyaning Northern University bilan hamkorlik aloqalari yölga qöyilgan.
Mazkur hamkorlik doirasida kafedra professor-öqituvçilari xorijiy oliy taʼlim muassasalarida muntazam stajirovkalardan ötib, özlarining ilmiy-pedagogik malakasini oşirmoqdalar hamda zamonaviy ilmiy va pedagogik tajribalarni özlaştirmoqdalar. Bu jarayon kafedraning xalqaro ilmiy maydondagi faolligini oşirişga va taʼlim jarayonini zamonaviy standartlar asosida taşkil etişga xizmat qilmoqda.
Hozirgi kunda Matematika kafedrasida 36 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritadi. Ularning tarkibida 1 nafar fan doktori, 4 nafar fan nomzodi, 13 nafar falsafa doktori (PhD), şuningdek, 1 nafar professor, 6 nafar dotsent, 14 nafar katta öqituvçi va 15 nafar öqituvçi mavjud. Kafedraning ilmiy-pedagogik jamoasi yuqori malakali mutaxassislardan iborat bölib, ilmiy salohiyat körsatkiçi 52 foizni taşkil etadi va bu körsatkiç yildan yilga ortib bormoqda.
Hozirgi kungaça taʼlim yönalişida 1 nafar Alişer Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bölgan talaba yetişib çiqqan. Bu natijalar taʼlim sifati va talabalar salohiyatining yuksalib borayotganini körsatadi.
Kafedrada olib borilgan öquv-uslubiy işlar natijasida 40 dan ortiq öquv-uslubiy qöllanmalar va darsliklar naşr etilgan. Jumladan, sönggi beş yilda professor-öqituvçilar tomonidan 15 ta darslik va 31 ta öquv qöllanma vazirlikning Muvofiqlaştiruvçi kengaşi grifi asosida naşr etilib, öquv jarayoniga tatbiq etilgan.
Hozirgi kunda kafedra qoşida 60540100 — Matematika, 60540200 — Amaliy matematika, 60110600 — Matematika va informatika bakalavriat taʼlim yönalişlari, 70540104 — Aniq va tabiiy fanlarni öqitiş metodikasi (matematika) magistratura mutaxassisligi, şuningdek 01.01.01 — Matematik analiz va 01.01.05 — Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika ixtisosliklari böyiça tayanç doktorantura faoliyat yuritadi.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş