Asosiy kontentga ötiş
Qöqon davlatuniversiteti

Madaniy-maʼrifiy tadbirlar

Universitetda ötkazilgan madaniy, maʼrifiy va sport tadbirlari xronikasi.

“Jaholatga qarşi – maʼrifat”: yoşlar bilan oçiq muloqot

“Jaholatga qarşi – maʼrifat”: yoşlar bilan oçiq muloqot

“Jaholatga qarşi – maʼrifat”: yoşlar bilan oçiq muloqot Qöqon davlat universitetida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş, ayniqsa talaba-yoşlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqaraşini yuksaltiriş, mafkuraviy immunitetini mustahkamlaş, vatanparvarlik va yurtga sadoqat tuyğusi bilan yaşaydigan barkamol avlodni tarbiyalaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayni şu yönalişda Pedagogika va psixologiya fakultetida “Jaholatga qarşi maʼrifat” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tarğibot tadbiri ötkazildi. Birinçi prorektor Ahmadjon Xusanov, fakultet rahbariyati hamda talabalar iştirokida bölib ötgan tadbirda dinşunoslik fanlar böyiça falsafa doktori Farrux Kuşbayev bugungi kunda globallaşuvning şiddatli tus olişi dunyo miqyosida ğoyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avj olişiga zamin yaratayotganligini taʼkidlab ötdi. Mana şunday bir şaroitda tinçlik, barqarorlikni saqlaşda maʼnaviyat va maʼrifatga eʼtibor qaratiş muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, Prezidentimiz qayd etganidek: “Biz maʼnaviyat va maʼrifat işini vatanparvarlik işi, vijdon işi, deb bilamiz. Vijdoni, maʼnaviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxşi köradi. Vijdon, maʼnaviyat degani – xalqqa, Vatanga çin yurakdan xizmat qiliş deganidir. Tadbirda bugungi şiddatli globallaşuv şaroitida islom dini qadriyatlari, uning tinçlikparvarlik mohiyati, yoşlarni diniy bağrikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, ularda islom diniga yot radikal qaraşlarga qarşi murosasizlik tuyğusini şakllantiriş va bunda Özbekiston tajribasi, diniylik va dunyoviylik muvozanatini saqlaş yölidagi saʼy-harakatlari qatnaşçilarga yetkazildi. Ayni paytda Özbekistonning “Jaholatga qarşi – maʼrifat” şioriga muvofiq ravişda islom dinining tinçlikparvarlik, bağrikenglik va maʼrifatparvarlik ğoyalarini tarqatişga, şu tariqa mamlakat, mintaqa va dunyo miqyosida radikalizm va ekstremizmga qarşi kuraşni kuçaytiriş, bu illatlarni tag-tomiri bilan yöq qilişga öz hissasini qöşişi taʼkidlab ötildi.

2026-yil 13-mart

Bahor nafasi: Pedagogika va psixologiya fakultetida nafosat bayrami

Bahor nafasi: Pedagogika va psixologiya fakultetida nafosat bayrami

Bahor nafasi: Pedagogika va psixologiya fakultetida nafosat bayrami Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasi 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kunini özgaça şukuh bilan qarşi oldilar. Bahorning ilk kunlari yurtimizga nafaqat uyğoniş faslini, balki qalblarga iliqlik ulaşuvçi nafosat bayramini ham olib keladi. Şu munosabat bilan Qöqon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetida ötkazilgan "Ayol muqaddas" nomli maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy keça unutilmas lahzalarga boy böldi. Tadbirni kiriş sözi bilan oçib bergan universitet rahbariyati yiğilganlarni ayyom bilan qutlar ekan, ayol zotining jamiyatimizdagi örni, yoş avlod tarbiyasidagi beqiyos hissasi haqida töxtalib ötdilar. Ayniqsa, bugungi kunda taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan olima ayollar va ilm yölida qadam taşlayotgan talaba-qizlarning yutuqlari alohida eʼtirof etildi. Badiiy keça davomida talabalar tomonidan tayyorlangan çiqişlar yiğilganlarga çinakam bayram kayfiyatini ulaşdi. Talabalar ijrosidagi onani, ayolni tarannum etuvçi şeʼrlar qalb tubiga yetib bordi. Kuy-qöşiqlar esa tadbirga yanada kötarinki ruh bağişladi. Fakultetning iqtidorli yoşlari tomonidan ijro etilgan sahnalaştirilgan çiqişlarda özbek ayolining sabr-toqati, latofati va muqaddas siymosi mahorat bilan aks ettirildi. Tadbir yakunida öquv işlari va jamoat hayotida faollik körsatayotgan bir guruh professor-öqituvçilari va talaba-qizlar esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar. Uşbu keça talaba-yoşlar qalbida onaga ehtirom, ayolga hurmat tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi şubhasiz.

2026-yil 8-martTuron madaniyat saroyi

“Rektor kubogi” – talabalar stol tennisi böyiça kuç sinaşdi

“Rektor kubogi” – talabalar stol tennisi böyiça kuç sinaşdi

Qöqon davlat universiteti Sport klubi taşabbusi bilan talabalar örtasida “Rektor kubogi” doirasida stol tennisi musobaqasi taşkil etildi. Mazkur sport bellaşuvi yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, jismoniy faollikni oşiriş hamda talabalar örtasida döstona muhitini şakllantiriş maqsadida ötkazildi. Musobaqada universitetning barça fakultetlaridan 40 nafardan ziyod iqtidorli va sportsevar yigit-qizlar iştirok etib, ğoliblik uçun qizğin va murosasiz kuraş olib bordilar. Bellaşuvlar kötarinki ruhda, sport etikasi va halollik tamoyillari asosida taşkil etildi. Har bir uçraşuvda iştirokçilarning mahorati, tezkorligi yaqqol namoyon böldi. Qizlar örtasidagi bahslarda Pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi Zulayho Mirzaolimova barça raqibalarini ortda qoldirib, faxrli birinçi örinni qölga kiritdi. U musobaqa davomida barqaror öyin uslubi, aniqlik namoyiş etib, tomoşabinlar olqişiga sazovor böldi. Yigitlar örtasida esa Aniq fanlar va muhandislik fakulteti talabasi Nodir Mamatqulov tengsiz ekanini isbotladi. U final bahsida kuçli raqibini mağlub etib, “Rektor kubogi” sohibiga aylandi. Uning tezkor harakatlari va puxta taktikasi hakamlar tomonidan yuqori baholandi. Musobaqa yakunida ğolib va sovrindorlar esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Tadbir iştirokçilari bunday sport musobaqalari talabalarning nafaqat jismoniy, balki ijtimoiy faolligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladilar. “Rektor kubogi” doirasidagi uşbu stol tennisi musobaqasi talaba-yoşlar örtasida soğlom raqobat va sportga bölgan qiziqişni yanada kuçaytirişga xizmat qildi. Universitet sport hayotida muhim örin tutgan mazkur tadbir kelgusida ham anʼanaviy tarzda davom ettirilişi rejalaştirilmoqda.

2026-yil 3-mart

Gandbol: Qöqon davlat universiteti jamoasi musobaqaga yöl oldi

Gandbol: Qöqon davlat universiteti jamoasi musobaqaga yöl oldi

Gandbol: Qöqon davlat universiteti jamoasi musobaqaga yöl oldi 2026-yil 21–28-fevral kunlari Toşkent şahrida gandbol böyiça Özbekiston çempionati Oliy liga musobaqalari (erkaklar va ayollar jamoalari örtasida) bölib ötadi. Musobaqada respublikaning turli hududlaridan jami 14 ta jamoa ğoliblik uçun bahs olib boradi. Mazkur çempionatda Qöqon davlat universiteti erkaklar jamoasi ham iştirok etadi. Universitet şarafini himoya qiladigan sportçilar bugun musobaqaga kuzatildi. Jamoani Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektor Ahmadjon Husanov hamda Sport klubi masʼullari bahslar oldidan ruhlantirib, ularga omad va muvaffaqiyat tiladilar. Universitet jamoasiga musobaqalarda yorqin ğalabalar tilaymiz.

2026-yil 20-fevral

"Navoiyning abadiy merosi" nomli adabiy-maʼnaviy tadbir bölib ötdi

"Navoiyning abadiy merosi" nomli adabiy-maʼnaviy tadbir bölib ötdi

"Navoiyning abadiy merosi" nomli adabiy-maʼnaviy tadbir bölib ötdi Qöqon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakulteti hamda Boşlanğiç va texnologik taʼlim fakulteti iştirokida “Amiriy” kutubxonasida buyuk mutafakkir Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan adabiy-maʼnaviy tadbir taşkil etildi. Tadbirda universitetning birinçi prorektori Ahmajon Husanov, Qöqon şahar hokimining Maʼnaviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi Dilfuzaxon Alimova, öqituvçilar, talabalar, şuningdek, harbiy qism komandiri va askarlari mehmon sifatida iştirok etişdi. Dastur davomida talabalar tomonidan Navoiy ğazallaridan namunalar öqildi, şoir ijodi va uning maʼnaviy merosi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir iştirokçilari buyuk allomaning asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat va komillik ğoyalari yoş avlod tarbiyasidagi muhim ahamiyatini taʼkidlaşdi.

2026-yil 6-fevral

“Yil sarhisobi” — Quvonç, Ijod va Yangi Orzular Bayrami

“Yil sarhisobi” — Quvonç, Ijod va Yangi Orzular Bayrami

Qöqon davlat universitetining Pedagogika va psixologiya fakultetida anʼanaviy tarzda ötkaziladigan “Yil sarhisobi” nomli Yangi yil bayram tadbiri bu yil ham kötarinki kayfiyatda, samimiy muhitda va bayramona şukuhda nişonlandi. “Turon” madaniyat saroyida bölib ötgan uşbu tadbir talaba-yoşlarning ijodiy salohiyati, faolligi va jamoaviy birdamligini yana bir bor namoyon etdi. Bayram dasturida talabalar tomonidan tayyorlangan rang-barang sahna çiqişlari, quvnoq va taʼsirçan teatr körinişlari, jozibali kuy-qöşiqlar, nafis raqslar hamda badiiy va şeʼriy kompozitsiyalar namoyiş etildi. Har bir çiqiş özida yil davomida amalga oşirilgan işlar, erişilgan yutuqlar va yorqin xotiralarni mujassam etib, tomoşabinlarga unutilmas taassurotlar ulaşdi. Tadbir davomida öqiş, ilm-fan va jamoat işlarida faol bölgan talabalar alohida eʼtirof etildi. Ularning mehnati va saʼy-harakatlari munosib taqdirlanib, bu kabi eʼtirof yoşlarni yanada faol bölişga, yangi marralarni zabt etişga ilhomlantirdi. “Yil sarhisobi” bayram tadbiri nafaqat ötgan yilga yakun yasaş, balki Yangi yilni ezgu niyatlar, katta reja va orzular bilan qarşi olişga xizmat qildi. Tadbir iştirokçilari uçun bu keça quvonç, kulgu va yorqin lahzalar bilan yodda qoldi.

2025-yil 25-dekabrTuron madaniyat saroyi

Konstitutsiya — baxtimiz qomusi

Konstitutsiya — baxtimiz qomusi

Qöqon davlat universitetining Gumanitar fanlar va tillar fakultetida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi. Tadbirni universitetning birinçi prorektori Ahmadjon Husanov oçib berdi. U öz nutqida Konstitutsiyamizning davlat va jamiyat hayotidagi örni, inson huquq va erkinliklarini kafolatlaşdagi ahamiyati, şuningdek, yoşlar uçun yaratib berilgan imkoniyatlar haqida töxtalib ötdi. Tadbir davomida fakultet professor-öqituvçilari hamda faol talabalar sözga çiqib, Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari, demokratik qadriyatlarni mustahkamlaşdagi roli, yoşlarning huquqiy savodxonligini oşiriş borasidagi muhim jihatlar haqida fikr bildirdilar. Tadbirning badiiy qismi esa kötarinki ruhda davom etdi. Talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar, raqslar tomoşabinlar qalbidan joy oldi. Ijodiy çiqişlar Konstitutsiyaning maʼnaviy ahamiyatini yanada çuqurroq his etişga xizmat qildi. Tadbir yakunida faol talabalarga taşakkurnomalar topşirildi.

2025-yil 6-dekabr

Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlik va OITSga qarşi kuraş mavzularida maʼrifiy tadbir ötkazildi

Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlik va OITSga qarşi kuraş mavzularida maʼrifiy tadbir ötkazildi

Qöqon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zöravonlikka barham beriş uçun birlaşaylik” şiori ostida maʼrifiy tadbir taşkil etildi. Uşbu tadbir doirasida talabalarga raqamli makonda xavfsiz muhitni yaratiş, internetda zöravonlikning oldini oliş va xotin-qizlarning huquqlarini himoya qiliş böyiça zarur tuşunçalar berildi. Şuningdek, 1-dekabr — «OITSga qarşi butunjahon kuraş kuni» munosabati bilan davra suhbati ötkazilib, unda tibbiyot sohasi mutaxassislari tomonidan OITS kasalligining oldini oliş, profilaktika çoralarining ahamiyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Tadbir davomida iştirokçilarga soğlom turmuş tarzi, ijtimoiy masʼuliyat, internet etikasi, şuningdek, raqamli texnologiyalardan ongli va xavfsiz foydalanişning muhim jihatlari böyiça tavsiyalar taqdim etildi.

2025-yil 2-dekabr

Universitet işçi guruhi ijara xonadonlarini örganmoqda

Universitet işçi guruhi ijara xonadonlarini örganmoqda

Qöqon davlat universitetida talabalarning ijtimoiy hayoti va yaşaş şaroitlarini yaxşilaş maqsadida tuzilgan işçi guruh tomonidan ijarada istiqomat qilayotgan talabalar xonadonlariga navbatdagi monitoring taşrifi amalga oşirildi. Örganişlar davomida işçi guruh aʼzolari yaşaş uçun zarur qulayliklar — xona harorati, isitiş tizimi, tozalik, suv taʼminoti hamda ularning soz holatda ekanini közdan keçirdi. Şuningdek, xavfsizlik talablari va umumiy gigiyena qoidalariga amal qilinişi ham alohida körib çiqildi. Jarayonga birinçi prorektor Ahmadjon Xusanov boşçilik qildi. U örganiş jarayonida talabalar bilan suhbatlaşib, ularning kundalik ehtiyojlari, muammolari hamda takliflarini eşitdi. Talabalar tomonidan kötarilgan ayrim masalalar joyida hal etilib, ijara xonadonlarida aniqlangan kamçiliklar böyiça masʼul xodimlarga aniq topşiriqlar berildi.

2025-yil 27-noyabrIjara xonadonlar

Qöqon davlat universitetida “Talabalikka bağişlov” tadbiri bölib ötdi

Qöqon davlat universitetida “Talabalikka bağişlov” tadbiri bölib ötdi

17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Qöqon şahar musiqali drama teatrida Qöqon davlat universiteti tomonidan anʼanaviy “Talabalikka bağişlov” bayram tadbiri keng nişonlandi. Mazkur tadbir yoşlar hayotida muhim voqea sifatida har yili özgaça tantana va kötarinki ruhda ötişi bilan ahamiyatga ega. Tadbir avvalida universitet rektori, professor Dilnoza Xodjayeva sahnaga çiqib, yiğilganlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. Rektor öz nutqida talabalarning bilimga intilişi, yutuqlari va universitet taraqqiyotidagi örni haqida söz yuritib, ularga muvaffaqiyat va yangi marralarni tiladi. Bayram dasturida faol, iqtidorli va taşabbuskor talabalar alohida eʼtirof etildi. Öqiş, ijod, sport hamda jamoat işlarida yuksak natijalarga erişgan talabalar sahnaga taklif etilib, ularga esdalik sovğalari va taşakkurnomalar topşirildi. Bu esa yoşlarning kelgusidagi muvaffaqiyatlari uçun katta rağbat böldi. Tadbirning eng qiziqarli lahzalaridan biri sifatida Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar — Muxsinbek Möminov va Ilhom Ibrohimov, şuningdek, sevimli söz ustasi Elmurod Xaqnazarovning iştiroki tomoşabinlarga unutilmas daqiqalar hadya etdi. Ularning kuy-qöşiqlari, hazil-mutoyibalari va jonli çiqişlari bayramga yanada fayz va zavq bağişladi. Şukuhli tarzda ötgan “Talabalikka bağişlov” bayrami talabalar qalbida yorqin taassurotlar qoldirib, Xalqaro talabalar kunining haqiqiy bayramona ruhda nişonlanişiga xizmat qildi.

2025-yil 17-noyabrQo;qon musiqali drama teatri

Prorektor ijara xonadonlarida böldi

Prorektor ijara xonadonlarida böldi

Qöqon davlat universitetida talabalarning yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, ularning ijtimoiy muammolarini öz vaqtida hal etiş hamda taʼlim bilan bir qatorda hayotiy qulayliklarini taʼminlaşga qaratilgan amaliy işlar izçil davom etmoqda. Bugun Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektor Ahmajon Husanov, xotin-qizlar maslahat kengaşi raisi Barnoxon Hasanova, xotin-qizlar böyiça inspektor Zulhumor Hayitova va tyutorlardan iborat işçi guruh mahallalarda ijarada yaşayotgan talabalar xonadonlariga taşrif buyurdi. Taşrif davomida xonadonlarning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati, isitiş tizimlari, gigiyenik şaroitlar, yonğin xavfsizligi talablari va yaratilgan qulayliklar örganildi. Şuningdek, ayrim kamçiliklar joyida aniqlanib, ularni bartaraf etiş böyiça xonadon egalari hamda masʼullarga tegişli tavsiyalar berildi. Suhbat çoğida talabalarning dars jarayonlari, böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ijtimoiy faoliyatdagi iştiroklari ham muhokama qilindi. Ularning taklif va fikrlari tinglanib, zarur yordam çoralari belgilab olindi. Mazkur taşriflar talabalarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, ularni doimiy eʼtiborda tutiş hamda taʼlim muassasasi va talabalar örtasida özaro işonç va hamkorlik muhitini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.

2025-yil 17-oktyabrIjara xonadonlar

“Milliy qadriyatlar körgazmasi” bölib ötdi

“Milliy qadriyatlar körgazmasi” bölib ötdi

Qöqon davlat universitetining Pedagogika va psixologiya fakultetida talabalarning maʼnaviy dunyoqaraşini kengaytiriş, milliy özlikni anglaş hamda urf-odat va anʼanalarni keng tarğib etiş maqsadida “Milliy qadriyatlar körgazmasi” taşkil etildi. Körgazmada talabalar öz qöllari bilan tayyorlagan milliy liboslar, xalq amaliy sanʼati namunalari, milliy taomlar, oila marosimlariga oid buyumlar, şuningdek, hududlarga xos qadimiy bezaklar va anʼanaviy aksessuarlar namoyiş etildi. Tadbirda universitetning yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektori Ahmadjon Husanov iştirok etib, talabalarning taşabbuskorligi, milliy qadriyatlarga bölgan mehrini alohida eʼtirof etdi.

2025-yil 15-oktyabrPedagogika va psixologiya fakulteti