Asosiy kontentga ötiş
Qöqon davlatuniversiteti

Madaniy-maʼrifiy tadbirlar

Universitetda ötkazilgan madaniy, maʼrifiy va sport tadbirlari xronikasi.

Qöqonda “Talaba yugur” marafoni ötkazildi

Qöqonda “Talaba yugur” marafoni ötkazildi

Qöqonda “Talaba yugur” marafoni ötkazildi Bugun Qöqon şahrida “Talaba yugur” ommaviy yuguriş marafoni bölib ötdi. Mazkur sport tadbiri soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, yoşlar örtasida jismoniy faollikni oşiriş hamda sportga bölgan qiziqişni yanada kuçaytiriş maqsadida taşkil etildi. Marafonda Qöqon davlat universiteti jamoasi ham faol iştirok etib, sportga bölgan qiziqişi, yuqori faolligi va jamoaviy birdamligini namoyon etdi. Musobaqa yakunida eng yaxşi natijalarni qayd etgan hamda faol iştirok etgan qatnaşçilar taşkilotçilar tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovğalari bilan tantanali ravişda taqdirlandilar.

2026-yil 24-mayÖrda maydoni

“Rahbar va yoşlar” uçraşuvi ötkazildi

“Rahbar va yoşlar” uçraşuvi ötkazildi

“Rahbar va yoşlar” uçraşuvi ötkazildi Qöqon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetida rahbar va yoşlar uçraşuvi taşkil etildi. Tadbir asosan 4-bosqiç bitiruvçi talabalariga bağişlanib, ularning kelgusi kasbiy faoliyatga tayyorgarligi, işga joylaşiş jarayonlari hamda dolzarb masalalar yuzasidan muhim tavsiyalar berildi. Uçraşuv davomida talaba-yoşlarga mehnat bozori talablari, kasbiy rivojlaniş yönalişlari va özini namoyon etiş imkoniyatlari böyiça batafsil tuşuntirişlar berildi. Bitiruvçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olib, amaliy tavsiyalar va yöl-yöriqlar bilan tanişdilar. Tadbirda davlat stipendiyalariga sazovor bölgan faol talabalar ibrat sifatida namoyiş etilib, ularning erişgan yutuqlari va tajribalari birinçi bosqiç talabalari tomonidan katta qiziqiş bilan tinglandi. Uşbu jarayon yangi talabalarda motivatsiyani oşiriş, öqişga bölgan qiziqişni kuçaytiriş va maqsad sari intilişga undovçi muhim omil böldi. Şuningdek, tadbir davomida oçiq muloqot muhiti şakllanib, talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan faol iştirok etdilar. Savol-javoblar jarayoni samimiy va qizğin ruhda ötdi. Tadbir yakunida universitet prorektori Ahmadjon Xusanov bitiruvçi talabalarga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilab, ularga taşakkurnoma hamda esdalik sovğalarini topşirdi. Şuningdek, u bitiruvçilarni kelgusida magistratura bosqiçida ham köriş umidi borligini taʼkidlab, ularning ilmiy va kasbiy rivojlanişiga muvaffaqiyatlar tiladi.

2026-yil 21-mayARM

Tyutorlar tabiat qöynida maroqli hordiq çiqardilar

Tyutorlar tabiat qöynida maroqli hordiq çiqardilar

Tyutorlar tabiat qöynida maroqli hordiq çiqardilar Qöqon davlat universiteti tyutorlari bugun Namanganning gözal maskanlaridan biri — Çodak qişloğida maroqli dam oldilar. Musaffo havo, sölim tabiat va samimiy davra jamoadoşlar uçun kötarinki kayfiyat ulaşdi. Sayohat davomida tyutorlar nafaqat hordiq çiqarişdi, balki özaro fikr almaşib, jamoaviy birdamlikni yanada mustahkamlaşdi.

2026-yil 16-mayÇodak qişloği

Qöqon davlat universiteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markazida

Qöqon davlat universiteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markazida

Qöqon davlat universiteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markazida Mamlakatimizda yoş avlodning intellektual salohiyatini oşiriş, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş hamda boy tariximizga bölgan hurmatini mustahkamlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib qolmoqda. Şu munosabat bilan, joriy haftada Qöqon davlat universiteti rahbariyati taşabbusi bilan bir guruh talaba-yoşlar uçun poytaxtimiz Toşkent şahridagi muhtaşam Islom sivilizatsiyasi markaziga maʼrifiy sayohat taşkil etildi. Uşbu taşrif talabalarning dars jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan boğlaş hamda buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qöşgan ulkan hissasini bevosita his qilişlari uçun xizmat qildi. Sayohat davomida talabalar markazning meʼmoriy yeçimi, şarqona uslubdagi noyob koşinkorlik sanʼati va keng kölamli muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanişdilar. Ayniqsa, markazning markaziy zalida saqlanayotgan dunyoga maşhur Usmon Muşafining nusxasi hamda buyuk allomalarimiz — Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi mutafakkirlarning nodir qölyozmalari yoşlarda çeksiz faxr va hayrat uyğotdi. Markazning boy kutubxona fondi va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan axborot-resurs bölimi talabalar uçun haqiqiy ilm xazinasi bölib xizmat qildi. Mutaxassislar tomonidan berilgan batafsil maʼlumotlar yoşlarning islom madaniyati va ilm-fani rivoji haqidagi tuşunçalarini yanada boyitdi. Uşbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir nafaqat talabalarning dunyoqaraşini kengaytirdi, balki ularning qalbida vatanparvarlik va milliy özlikni anglaş tuyğularini yanada kuçaytirdi. Bunday tadbirlar kelajakda yurtimiz ravnaqi uçun kamarbasta böladigan yuqori malakali va maʼnan yetuk kadrlar tayyorlaşda muhim bosqiç bölib xizmat qilişi şubhasizdir. Zero, öz tarixini va ajdodlar merosini qadrlagan yoşlargina buyuk kelajakni barpo etişga qodir böladilar.

2026-yil 15-mayToşkent şahri

“Obod qabriston” xayriya haşari taşkil etildi

“Obod qabriston” xayriya haşari taşkil etildi

“Obod qabriston” xayriya haşari taşkil etildi Aziztepa qabristonida Qöqon davlat universiteti talabalarining “Umidli yurt yoşlari” loyihasi doirasida “Obod qabriston” xayriya haşari taşkil etildi. Mazkur taşabbusdan közlangan asosiy maqsad qabriston hududlarini obodonlaştiriş, atrof-muhit tozaligini taʼminlaş hamda ajdodlar xotirasiga hurmat körsatişdan iborat böldi. Haşarda birinçi prorektor Ahmadjon Husanov ham iştirok etib, talabalarning taşabbuskorligi va jamiyat hayotidagi faolligini alohida eʼtirof etdi. Tadbir davomida faol va taşabbuskor talabalar Aziztepa qabristoni hududlarini çiqindilardan tozalaş, yölaklarni tartibga keltiriş kabi xayrli işlarda faol qatnaşdilar. Tadbir yakunida bunday xayriya va ekologik taşabbuslar yoşlar qalbida mehr-oqibat, hurmat va masʼuliyat tuyğularini mustahkamlaşi taʼkidlandi.

2026-yil 12-may

Pedagogika va psixologiya fakulteti

Pedagogika va psixologiya fakulteti

Pedagogika va psixologiya fakulteti Pedagogika va psixologiya fakultetida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi. Unda uruş va mehnat faxriylarining hayot yöli, jasorati hamda bugungi avlod uçun ibrat böladigan fazilatlari haqida söz yuritildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan şeʼrlar, sahna körinişlari va badiiy çiqişlar namoyiş etildi. Mazkur tadbir yoşlarni milliy qadriyatlarga sodiq, vatanparvar insonlar etib tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etdi.

2026-yil 8-may

Zamonaviy sport zal foydalanişga topşirildi

Zamonaviy sport zal foydalanişga topşirildi

Zamonaviy sport zal foydalanişga topşirildi Qöqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakultetida "Yoşlar kuni" munosabati bilan tubdan qayta taʼmirlangan zamonaviy sport zalining tantanali oçiliş marosimi ötkazildi. Mazkur tadbir oliygohda talaba-yoşlarning ham intellektual, ham jismoniy kamoloti uçun yaratilayotgan keng kölamli şaroitlarning yana bir yorqin namoyişiga aylandi. Quvonarli jihati şundaki, sport majmuasining oçilişidan avval universitet rektori Dilnoza Xodjayeva fakultetda taşkil etilgan "Oçiq eşiklar kuni" tadbirida iştirok etdi. Rektor oliygoh ostonasiga ilk qadamini qöygan bitiruvçilar va talaba-yoşlar bilan muloqotda bölib, universitetdagi taʼlim jarayonlari hamda yoşlar uçun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar haqida suhbatlaşdi. Uçraşuv yoşlarda ilm-fanga bölgan iştiyoqni yanada oşirdi. Dastur davomida barçaning diqqat-eʼtibori yangilangan sport koşonasiga qaratildi. Universitet rahbari majmuaning ramziy lentasini qirqib, maskanni rasman oçib berar ekan, uşbu majmua nafaqat oliygoh infratuzilmasini yaxşilaşi, balki yoşlarning jismoniy salomatligini mustahkamlaş va böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlarida muhim poydevor bölişini alohida taʼkidladi. Kapital taʼmirdan çiqqan sport majmuasi bugun butunlay yangiça qiyofa kasb etgan. Binoda zamonaviy yoritiş va ventilyatsiya tizimlari örnatilib, basketbol, voleybol, qöl töpi, kuraş hamda mini-futbol kabi sport turlari bilan şuğullaniş uçun barça zaruriy va eng sönggi rusumdagi inventarlar bilan töliq jihozlandi. Uşbu tadbirlar Qöqon davlat universitetida "Soğlom avlod — kelajak kafolati" tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlarning amaliy isboti bölib, yangilangan sport maskani endilikda talabalarning eng sevimli va gavjum maskaniga aylanişi şubhasiz.

2026-yil 1-maySanʼat va sport fakulteti

Ijtimoiy faollik indeksi — talabalar salohiyatini baholaşning yangi va adolatli mezoni

Ijtimoiy faollik indeksi — talabalar salohiyatini baholaşning yangi va adolatli mezoni

Ijtimoiy faollik indeksi — talabalar salohiyatini baholaşning yangi va adolatli mezoni Taʼlim sohasidagi islohotlar bugun nafaqat öquv jarayonini, balki talaba-yoşlarning şaxsiy rivojlanişi va ijtimoiy hayotdagi iştirokini ham qamrab olmoqda. Şu munosabat bilan, Qöqon davlat universitetida “Ijtimoiy faollik indeksi” platformasining mazmun-mohiyati va undan foydalaniş tartibiga bağişlangan keng qamrovli öquv-seminar taşkil etildi. Tadbirda universitetning Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektori Ahmadjon Husanov, bölim boşliqlari, fakultet dekanlarining örinbosarlari, tyutorlar hamda soha mutasaddilari iştirok etdilar. Seminarning asosiy maqsadi — oliy taʼlim tizimida joriy etilayotgan yangi baholaş tizimini professor-öqituvçi va xodimlarga yetkaziş, talabalarning darsdan taşqari faoliyatini rağbatlantiriş mexanizmlarini tuşuntirişdan iborat böldi. Öquv-seminar davomida taʼkidlanganidek, endilikda talabalarning salohiyati faqatgina darslardagi özlaştiriş körsatkiçlari bilan çeklanib qolmaydi. Universitet hayotida faol iştirok etayotgan, jamoat işlarida taşabbus körsatayotgan yoşlarning saʼy-harakatlari maxsus raqamli tizim — "Ijtimoiy faollik indeksi" orqali baholab boriladi. Bu tizim talabalarning har tomonlama yetuk kadr bölib yetişişlarida muhim omil bölib xizmat qiladi. Yangi tartibga köra, ijtimoiy faollik indeksi uçun maksimal 20 ball berilişi belgilangan. Talabaning faoliyati 9 ta asosiy yönaliş böyiça, 100 ballik mezon asosida tahlil qilinadi. Tizimdan foydalaniş tartibi foydalanuvçilar uçun maksimal darajada soddalaştirilgan. Talabalar my.hemis.uz platformasi yoki HEMIS mobil ilovasi orqali şaxsiy kabinetlariga kirib, “Ijtimoiy faollik” bölimini tanlaşlari kifoya. U yerda ariza yaratiş tugmasini bosiş orqali amalga oşirilgan işlar yoki erişilgan yutuqlarni tasdiqlovçi hujjatlar (diplom, sertifikat, fotosurat va boşqalar) tizimga yuklanadi. Eʼtiborli jihati şundaki, kiritilgan barça maʼlumotlar şaffoflik tamoyili asosida universitet tyutorlari tomonidan körib çiqiladi va tasdiqlanadi. Talabaning darslardagi davomati va özlaştiriş natijalari esa HEMIS tizimi tomonidan avtomatik ravişda şakllantiriladi. Bu esa inson omilining aralaşuvini kamaytiradi va adolatli baholaşni taʼminlaydi. Seminarda Ahmadjon Husanov sözga çiqib, uşbu tizim yoşlarni öz ustida işlaşga, jamiyat uçun foydali taşabbuslar bilan çiqişga undaşini qayd etdi. Iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Mazkur yangilik nafaqat talabalar orasida soğlom raqobatni şakllantiradi, balki Qöqon davlat universitetining mamlakatimizdagi zamonaviy va ilğor oliygohlardan biri sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.

2026-yil 30-aprel

Qöqon davlat universitetida “Oçiq eşiklar kuni” bölib ötdi

Qöqon davlat universitetida “Oçiq eşiklar kuni” bölib ötdi

Qöqon davlat universitetida “Oçiq eşiklar kuni” bölib ötdi Bugungi kunda mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida yoşlarning kasbiy tanlovini töğri şakllantiriş va ularni kelajakda munosib iş örinlari bilan taʼminlaş eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Şu maqsadda Qöqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakultetida taşkil etilgan “Oçiq eşiklar kuni” aynan uşbu ezgu maqsadlarga xizmat qildi. Tadbir nafaqat abituriyentlar uçun yangi ufqlar oçiş, balki bitiruvçilarni mehnat bozoriga tayyorlaş va ularning bandligini taʼminlaş böyiça samarali muloqot maydoniga aylandi. Tadbir doirasida taşrif buyurgan maktab bitiruvçilari universitetning Sanʼat va sport fakulteti faoliyati, u yerda yaratilgan zamonaviy şaroitlar va öquv jarayonlari bilan yaqindan tanişdilar. Mehmonlar uçun taşkil etilgan ekskursiya davomida yoşlar taʼlim sifatini taʼminlaşga xizmat qiladigan moddiy-texnik baza bilan bevosita tanişiş imkoniga ega böldilar. Professor-öqituvçilar tomonidan fakultetda öqitiladigan yönalişlar, ularning kelajakdagi istiqbollari hamda talabalarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. “Oçiq eşiklar kuni”ning öziga xos jihati şundaki, u ikki tomonlama manfaatli jarayonni qamrab oldi. Bir tomondan, maktab bitiruvçilari özlarini qiziqtirgan barça savollarga javob olib, oliy taʼlimdagi muhitni his qilişdi va öz kelajaklari uçun töğri yönaliş tanlaşga undovçi motivatsiya oldilar. Ikkinçi tomondan esa, fakultetning bitiruvçi kurs talabalari uçun amaliyot ötaş, bölajak iş beruvçilar va soha mutaxassislari bilan muloqot qiliş imkoniyati yaratildi. Bu jarayon bitiruvçilarning diplom olgaç, mehnat bozorida öz örnini tezroq topişlari va iş bilan bandligini taʼminlaşda muhim qadam bölib xizmat qiladi. Universitet rahbariyati va fakultet professor-öqituvçilari taʼkidlaganidek, bunday oçiq muloqotlar maktab va universitet örtasidagi uzviylikni mustahkamlaydi. Sanʼat va sport yönalişlarida sifatli taʼlim oliş uçun barça zarur infratuzilma mavjudligi, talabalarning xalqaro va respublika miqyosidagi yutuqlari, şuningdek, universitetning mdaniyat va sport taşkilotlari bilan bölgan hamkorligi abituriyentlarda katta qiziqiş uyğotdi. Tadbir yakunida ötkazilgan oçiq muloqotlar davomida bitiruvçi sinf öquvçilari özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan töliq javob oldilar. “Oçiq eşiklar kuni” yoşlar uçun şunçaki universitet bilan tanişuv emas, balki ularning katta hayot ostonasidagi ilk va muhim qadami sifatida xotiralarida muhrlandi. Qöqon davlat universiteti esa öz eşiklarini bilim va hunar egallaşni maqsad qilgan barça iqtidorli yoşlar uçun har doim oçiq ekanligini yana bir bor namoyiş etdi.

2026-yil 30-aprelSanʼat va sport fakulteti

Sahna va isteʼdod: unutilmas raqs keçasi ötkazildi

Sahna va isteʼdod: unutilmas raqs keçasi ötkazildi

Sahna va isteʼdod: unutilmas raqs keçasi ötkazildi Qöqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakulteti taşabbusi bilan talabalar iştirokida unutilmas raqs keçasi taşkil etildi. Turon madaniyat saroyida yuqori saviyada ötkazilgan mazkur tadbir yoşlarda sanʼatga bölgan qiziqişni oşiriş, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga çiqariş hamda böş vaqtini mazmunli taşkil etişga xizmat qildi. Bayramona ruhda ötgan keça davomida milliy va zamonaviy raqslar uyğunligi tomoşabinlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi. Tadbirni universitet birinçi prorektori Ahmadjon Husanov kiriş sözi bilan oçib berdi. U öz nutqida yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning iqtidorini qöllab-quvvatlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekanini taʼkidlab, bunday madaniy-maʼrifiy tadbirlar talabalarning har tomonlama kamol topişida muhim örin tutişini qayd etdi. Şuningdek, fakultet jamoasiga taşkiliy işlar uçun minnatdorlik bildirib, talabalarga kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Raqs keçasi davomida fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan rang-barang çiqişlar namoyiş etildi. Sahna körinişlari, milliy liboslar jilosi va zamonaviy xoreografiya elementlari uyğunligi tadbirga özgaça joziba bağişladi. Ayniqsa, xalq raqslari va zamonaviy raqs yönalişlari sintezida yaratilgan kompozitsiyalar tomoşabinlar tomonidan olqişlarga sazovor böldi. Tadbir yakunida faol va iqtidorli talabalar munosib taqdirlandi. Ularga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovğalari topşirildi. Bu esa yoşlarda yanada katta marralarni zabt etiş, öz ustida işlaş va ijodiy izlanişlarni davom ettirişga bölgan iştiyoqni oşirdi. Mazkur raqs keçasi nafaqat sanʼat bayrami, balki yoşlarning isteʼdodini kaşf etiş, ularni rağbatlantiriş hamda universitet hayotini yanada jonlantirişga xizmat qilgan muhim madaniy tadbir sifatida yodda qoldi.

2026-yil 29-aprel

Yoşlarni giyohvandlikdan asraş — ustuvor vazifa

Yoşlarni giyohvandlikdan asraş — ustuvor vazifa

Yoşlarni giyohvandlikdan asraş — ustuvor vazifa Qöqon davlat universitetida “Yoşlar orasida giyohvand vositalarning tarqalişiga qarşi kuraş” mavzusida davra suhbati bölib ötdi. Tadbirda professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlar iştirok etdilar. Uçraşuvda sözga çiqqan universitetning birinçi prorektori Ahmadjon Husanov giyohvandlikning salbiy oqibatlari hamda yoşlarga yetkazilişi zarur bölgan profilaktik tuşunçalar haqida batafsil maʼlumot berdi. Şuningdek, tadbir davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning inson salomatligiga, oila va jamiyat barqarorligiga körsatadigan zararli taʼsiri haqida atrofliça fikr yuritildi. Iştirokçilarga soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, böş vaqtni mazmunli taşkil etiş va zararli odatlardan yiroq böliş böyiça tavsiyalar berildi. Davra suhbati yakunida talaba-yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

2026-yil 20-aprel

Qöqon davlat universiteti talabalari viloyat bosqiçida faxrli 2-örinni qölga kiritdi

Qöqon davlat universiteti talabalari viloyat bosqiçida faxrli 2-örinni qölga kiritdi

Qöqon davlat universiteti talabalari viloyat bosqiçida faxrli 2-örinni qölga kiritdi “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining viloyat bosqiçida Qöqon davlat universiteti talabalari munosib iştirok etib, faxrli 2-örinni egalladi. Musobaqa jarayonlarida talaba-sportçilarni qöllab-quvvatlaş maqsadida Yoşlar masalalari, maʼnaviyat va maʼrifat işlari böyiça birinçi prorektor Ahmadjon Xusanov hamda Sport klubi raisi örinbosari Zokir Ğafurov taşrif buyurib, jamoaga dalda va motivatsiya berdilar.

2026-yil 6-aprel