Asosiy kontentga ötiş
Qöqon davlatuniversiteti

Madaniy-maʼrifiy tadbirlar

Universitetda ötkazilgan madaniy, maʼrifiy va sport tadbirlari xronikasi.

“Beş taşabbus olimpiadasi”: talabalar mahorati stol-tennisida namoyon böldi

“Beş taşabbus olimpiadasi”: talabalar mahorati stol-tennisida namoyon böldi

Qöqon davlat universitetida “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi musobaqasi ötkazildi. Musobaqada universitetning 7 ta fakultetidan 3 nafardan eng sara tennischi talabalar iştirok etişdi. Ular öz mahorat, çaqqonlik va irodaviy sifatlarini namoyon etgan holda, teng kuçli raqobat muhitida bellaşdilar. 🏆 Natijalar: 🥇 D. Tojimuhammadov — Sanʼat va sport fakulteti 🥈 V. Danelyan — Sanʼat va sport fakulteti 🥉 N. Madaminov — Pedagogika va psixologiya fakulteti 🥉 B. Maxmudov — Sanʼat va sport fakulteti Ğolib va sovrindor talabalar Qöqon davlat universiteti maʼmuriyati tomonidan diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar. Mazkur musobaqa “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida talabalar örtasida soğlom raqobat, döstlik va jamoaviylik muhitini mustahkamlaş, şuningdek, sportning ommaviyligini taʼminlaşga xizmat qildi.

2025-yil 7-oktyabr

Qöqon DU: Taʼlim fidoyilariga bağişlangan bayramona tadbirlar ötkazildi

Qöqon DU: Taʼlim fidoyilariga bağişlangan bayramona tadbirlar ötkazildi

1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qöqon davlat universitetining barça fakultetlarida professor-öqituvçilar, murabbiylar hamda mehnat faxriylari iştirokida bayram tadbirlari bölib ötdi. Tantanali tadbirlarda universitet Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektori Ahmadjon Husanov sözga çiqib, aziz ustozlarni, taʼlim fidoyilarini kasb bayramlari bilan tabrikladi. Öz nutqida u universitetda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar va erişilayotgan yutuqlarda ustoz va öqituvçilarning beqiyos örni, fidokorona mehnati borligini alohida taʼkidladi. Bayram tadbirida taʼlim va tarbiya jarayonida samarali faoliyat olib borayotgan öqituvçilar, murabbiylar hamda faxriy ustozlarning katta guruhi esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Bu esa ularning yillar davomida qilgan fidokorona xizmatlariga bölgan hurmat va ehtiromning yorqin ifodasi böldi. Dastur davomida ijro etilgan kuy-qöşiqlar, dilbar raqslar barçaga kötarinki kayfiyat bağişladi. Bayramona şukuhga boy tadbir iştirokçilarning qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi.

2025-yil 30-sentyabr

Jaholatga qarşi maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuv bölib ötdi

Jaholatga qarşi maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuv bölib ötdi

Bugun Qöqon davlat universitetida Din işlari böyiça qömita Farğona viloyati hududiy boşqarmasi boş mutaxassisi Zokirjon Xakimov hamda talabalar iştirokida “Jaholatga qarşi maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuv ötkazildi. Tadbir yoşlarning ongini yuksaltiriş, diniy bağrikenglikni mustahkamlaş hamda zamonaviy axborot manbalaridan töğri foydalanişni tarğib qilişga qaratildi. Uçraşuv avvalida Zokirjon Xakimov iştirokçilarga jaholat tuşunçasining zamonaviy jamiyatdagi salbiy oqibatlari haqida batafsil maʼlumot berdi. Maʼruzaçi jaholatni rad etişning asosiy vositalari sifatida ilmiy bilim, tarixiy va milliy qadriyatlarni çuqur anglaş, şuningdek, oçiq va konstruktiv muloqotlarni körsatdi. U diniy bağrikenglik va fuqarolik qaraşlarini rivojlantiriş orqali yoşlar arasında ekstremistik ğoyalar tarqalişining oldini oliş mumkinligini taʼkidladi. Tadbir davomida ijtimoiy tarmoqlarning yoşlar ongiga taʼsiri alohida muhokama qilindi. Mutaxassislar axborot xurujlari, yolğon maʼlumotlar va radikal kontentdan himoyalaniş uçun raqamli savodxonlikni oşiriş, manbalarning işonçliligini tekşiriş va şaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş zarurligini aytdi. Şuningdek, milliy va umummadaniy qadriyatlar orqali yoşlarni maʼnaviy jihatdan mustahkamlaş usullari körib çiqildi. Uçraşuvda talabalar mavzuga oid fikr-mulohazalarini bildirib, dolzarb savollar bilan çiqişdi. Masʼullar har bir savolga batafsil javob berib, amaliy tavsiyalar, öquv-adabiyotlar va qöşimça resurslar haqida maʼlumot taqdim etdilar. Talabalar orasida axborot xavfsizligi, diniy manbalarni tanlaş mezonlari va ijtimoiy tarmoqlarda munozaralarni konstruktiv yölga qöyiş masalalariga qiziqiş yuqori ekanligi kuzatildi. Uçraşuv yakunida iştirokçilarni maʼrifatli va tanqidiy fikrlaydigan yoş avlodni tarbiyalaşga doir aniq amaliy çoralar belgilab olindi. Universitet maʼmuriyati va Din işlari böyiça qömita vakillari kelgusida ham maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazişni, talabalarning ijtimoiy va axborot sohalaridagi bilimlarini oşiriş yönalişida hamkorlikni davom ettirişni maqsad qilganini bildirdi.

2025-yil 10-sentyabrQöqon davlat universiteti

Ota-onalar bilan uçraşuvlar davom etmoqda

Ota-onalar bilan uçraşuvlar davom etmoqda

Qöqon davlat universitetida birinçi bosqiçga qabul qilingan talabalar uçun taşkil etilayotgan “Men farzandim kelajagiga befarq emasman” mavzusidagi ota-onalar yiğilişlari izçil davom etmoqda. Şu munosabat bilan Pedagogika va psixologiya fakultetida navbatdagi uçraşuv ötkazildi. Tadbirda universitet birinçi prorektori Ahmadjon Husanov, fakultet dekani Nigora Erkaboyeva, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş “Komplayens nazorat” bölimi boşliği Mirzobek Mahmudov, professor-öqituvçilar, fakultetga biriktirilgan profilaktika inspektorlari, talabalar hamda ularning ota-onalari iştirok etdilar. Uçraşuvni fakultet dekani Nigora Erkaboyeva oçib berib, yangi öquv yilida talabalarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi ustuvor vazifalar, ota-onalarning masʼuliyati hamda ular bilan doimiy hamkorlikning ahamiyati haqida töxtalib ötdi. Şuningdek, fakultetda amalga oşirilayotgan islohotlar, öquv jarayonini zamonaviy talablarga mos taşkil etiş borasida maʼlumot berdi. Birinçi prorektor Ahmadjon Husanov sözga çiqib, universitet rahbariyati tomonidan yoşlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, taʼlim sifati va tarbiyaviy jarayonni takomillaştiriş böyiça olib borilayotgan işlarni alohida taʼkidladi. U, şuningdek, ota-onalarning farzandlari taqdiriga befarq bölmasliklari, ularning öqişi, ijtimoiy hayoti va qiziqişlari bilan yaqindan tanişib borişlari zarurligini qayd etdi. Uçraşuv davomida ota-onalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Ular farzandlarining bilim oliş şaroitlari, fakultetdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit, talabalar turar joyi, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş masalalari yuzasidan fikr almaşdilar. Mutasaddi rahbarlar ota-onalarning murojaatlariga javob qaytarib, kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça fikr bildirdilar. Tadbir yakunida tomonlar kelgusida bunday uçraşuvlarni muntazam ötkazib boriş, ota-onalar va universitet örtasidagi samarali aloqalarni mustahkamlaş, talabalarning barkamol şaxs sifatida voyaga yetişida hamkorlikni kuçaytirişga kelişib oldilar.

2025-yil 8-sentyabrQöqon davlat universiteti

Qöqon davlat universitetida “Bilimlar kuni” tantanali ravişda nişonlandi

Qöqon davlat universitetida “Bilimlar kuni” tantanali ravişda nişonlandi

3-sentyabr kuni Qöqon davlat universiteti fakultetlarida yangi öquv yilining boşlanişi munosabati bilan “Bilimlar kuni”ga bağişlangan tadbirlar keng miqyosda ötkazildi. Ertalab tongdan talabalar, professor-öqituvçilar va ota-onalar karnay-surnay va doiraçilar jörligida bayramona ruhda kutib olindi. Tantanali marosim Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijrosi bilan boşlandi. Marosim iştirokçilari madhiyani birgalikda kuylab, yangi öquv yiliga yuksak kayfiyatda qadam qöyişdi. Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektor Ahmadjon Husanov, fakultet dekanlari yiğilganlarni yangi öquv yilining boşlanişi bilan samimiy muborakbod etdi. Tabrik sözida mustaqillik qadri, ilm-fan taraqqiyoti va yoşlarning intellektual salohiyatini qöllab-quvvatlaş borasida olib borilayotgan islohotlar haqida söz yuritildi. Şuningdek, talabalardan faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etiş, akademik halollik tamoyillariga qatʼiy amal qiliş hamda innovatsion taşabbuslarda faol böliş söraldi. Tadbir doirasida faxriy professor-öqituvçilardan yoşlarga öz hayotiy tajribasi asosida ibratli tilaklar bildirib, ilmda izçil mehnat, intizom va intiliş muvaffaqiyat kaliti ekani haqida gapirdi. Şuningdek, yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan birinçi bosqiç talabalari öz taassurotlarini bölişib, universitetdagi taʼlim imkoniyatlaridan samarali foydalanişga vaʼda berdilar. Bayramona dastur şeʼrxonlik bilan davom etdi: Vatan, ilm-maʼrifat va mustaqillik mavzularida öqilgan şeʼrlar tinglovçilarda ruhiy kötarinkilik uyğotdi. Talabalar tomonidan sahnalaştirilgan qisqa körinişlar hamda yoşlar ansambli ijrosidagi kuy-qöşiqlar marosimga yanada çiroy bağişladi. Tantanadan söng talabalar tyutorlar rahbarligida öquv xonalariga yönaltirildi

2025-yil 3-sentyabrQöqon davlat universiteti

Qöqon davlat universitetida 400 örinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanişga topşirildi

Qöqon davlat universitetida 400 örinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanişga topşirildi

Qöqon davlat universitetida 400 örinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanişga topşirildi Qöqon davlat universitetida davlat-xususiy şeriklik asosida barpo etilgan 400 örinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanişga topşirildi. Mazkur yangi inşootning işga tuşirilişi universitetda talaba-yoşlar uçun munosib yaşaş şaroitlarini yaratiş, ularning ta’lim olişi, böş vaqtini mazmunli ötkazişi hamda ijtimoiy himoyasini ta’minlaş borasidagi işlarning muhim davomi böldi. Talabalar turar joyining foydalanişga topşirilişiga bağişlangan tantanali tadbirda oliy ta’lim tizimi mutasaddilari, viloyat va şahar jamoatçiligi vakillari, universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar, talaba-yoşlar, hamkor taşkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi. Tadbirda sözga çiqqanlar mamlakatimizda yoşlarning ta’lim olişi va zamonaviy bilimlarni egallaşi bilan bir qatorda, ular uçun qulay va munosib yaşaş şaroitlarini yaratişga ham alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan ta’minlaş imkoniyatlarini kengaytiriş, mavjud yotoqxonalarni ta’mirlaş va yangilarini barpo etiş borasida izçil işlar amalga oşirilayotgani qayd etildi. Qöqon davlat universitetida yangi talabalar turar joyining foydalanişga topşirilişi ham ana şu ezgu maqsadlarning amaliy ifodasidir. 400 örinli mazkur zamonaviy majmua davlat-xususiy şeriklik tamoyili asosida bunyod etilib, talabalarning kundalik ehtiyojlari, ta’lim olişi va dam olişi uçun zarur şart-şaroitlarni hisobga olgan holda loyihalaştirilgan. Yangi binoda talabalar uçun qulay yotoq xonalari bilan bir qatorda, öquv maşğulotlariga tayyorgarlik köriş, mustaqil ta’lim bilan şuğullaniş va böş vaqtni mazmunli ötkaziş uçun zarur hududlar taşkil etilgan. Xonalar zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlangan bölib, talabalarning qulay yaşaşi uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan. Talabalar turar joyida umumiy foydalaniş uçun möljallangan maishiy va sanitariya xonalari, oşxona, dam oliş va öquv hududlari taşkil etilgani alohida e’tiborga loyiq. Oşxona va boşqa maishiy hududlar zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. Bu esa talabalarning kundalik hayotini yanada qulay taşkil etiş imkonini beradi. Şuningdek, binoda xavfsizlik va sanitariya-gigiyena talablariga alohida e’tibor qaratilgan. Talabalar uçun xavfsiz, ozoda va osoyişta muhit yaratiş maqsadida zarur infratuzilma şakllantirilgan. Tantanali marosim davomida yangi talabalar turar joyining ramziy kaliti universitet rahbariyatiga topşirildi. Tadbir iştirokçilari yangi binoning oçilişini universitet hayotidagi muhim voqea sifatida baholab, bu maskan minglab yoşlarning ta’lim oliş va kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik körişida munosib xizmat qilişini ta’kidladilar. Şundan söng mehmonlar talabalar turar joyining içki şaroitlari bilan yaqindan tanişdilar.

2025-yil 24-avgust

Obod va fayzli mahalla – yurt körki!

Obod va fayzli mahalla – yurt körki!

Mamlakatimiz böylab “Obod va fayzli mahalla – yurt körki!” şiori ostida keng kölamli xayriya haşarlari ötkazilmoqda. Uşbu ezgu taşabbusga Qöqon davlat universiteti professor-öqituvçilari, talaba-yoşlari ham faol qöşilib, obodonlaştiriş işlarida munosib hissa qöşmoqdalar. Haşar jarayonida talabalar turar joylari hududi va uning atrofidagi yölaklar tartibga keltirilmoqda. Daraxt va gulzorlar parvariş qilinib, yaşil hududlar yanada körk bağişlamoqda. Talabalar tomonidan çiqindilar yiğiştirilib, hudud tozalanmoqda, yaroqsiz jihozlar olib çiqilib, yangilaş işlari amalga oşirilmoqda. Obodonlaştiriş işlari uyuşqoqlik va hamjihatlik ruhida taşkil etilgani eʼtiborga molik. Bu esa nafaqat talabalarga qulay şaroit yaratmoqda, balki ularning ekologik madaniyatini yuksaltirişga, jamoaviy masʼuliyatini oşirişga ham xizmat qilmoqda. Mazkur haşarlarda universitetning yuzlab talabasi, professor-öqituvçilari faol qatnaşib, özlari yaşab-öqiydigan muhitni yanada çiroyli, toza va fayzli qilişga hissa qöşmoqdalar. “Obod va fayzli mahalla – yurt körki!” şiori ostidagi bu kabi xayriya haşarlari kelgusida ham davom ettirilişi rejalaştirilgan.

2025-yil 23-avgustQöqon davlat universiteti

“Rektor kubogi – 2025”: mini-futbolda eng yaxşilar aniqlandi

“Rektor kubogi – 2025”: mini-futbolda eng yaxşilar aniqlandi

Qöqon davlat universitetida yozning eng kutilgan sport voqealaridan biri — “Rektor kubogi – 2025” mini-futbol musobaqasi öz yakuniga yetdi. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida taşkil etilgan uşbu musobaqa futbol ixlosmandlari va mahalla-yoşlarini bir maydonga töplab, haqiqiy sport bayramiga aylandi. Joriy yil 14-avgust kuni Qöqon davlat universitetida Sport klubi, Maʼnaviyat va maʼrifat bölimi, Jismoniy madaniyat kafedrasi hamda Yoşlar işlari agentligi Qöqon şahar bölimi hamkorligida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ötkazilgan “Rektor kubogi – 2025” mini-futbol musobaqasi öz yakuniga yetdi. Teng va qiziqarli bahslarga boy musobaqada faxrli örinlar quyidagiça taqsimlandi: 1-örin — Ğiştli Masjid MFY 2-örin — Qipçoqariq MFY 3-örin — Çorçinor MFY Individual nominatsiyalar böyiça ğoliblar: Eng yaxşi öyinçi — Umarov Muhammadjon (Qipçoqariq MFY) Eng yaxşi darvozabon — Valiyev Muhammad Amin (Ğiştli Masjid MFY) Mazkur sport tadbiri nafaqat futbol ixlosmandlari, balki mahalla yoşlari uçun soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, jamoaviy hamjihatlik va döstlik muhitini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etdi.

2025-yil 15-avgustQöqon davlat universiteti

QöqonDU talabasi Osiyo çempioni böldi

QöqonDU talabasi Osiyo çempioni böldi

QöqonDU talabasi Osiyo çempioni böldi Bangkokda bölib ötgan Osiyo çempionatida QDU talabasi Xumorabonu Mamajonova yurtimiz bayroğini baland kötardi. 1–11 avgust kunlari Tailandning Bangkok şahri Yoşlar va 22 yoşgaça bölgan bokschilar örtasida Osiyo çempionatiga mezbonlik qildi. Nufuzli musobaqada Qöqon davlat universiteti Jismoniy madaniyat yönalişi talabasi, -57 kg vazn toifasida ringga çiqqan Xumorabonu Mamajonova barça raqiblarini mağlub etib, oltin medalni qölga kiritdi. Maʼlumot örnida aytiş joizki, uşbu çempionatda Özbekiston terma jamoasi har ikki yönalişda ham barçadan ustun kelib, umumjamoa hisobida birinçi örinni egalladi. Sportçilarimiz jami 15 ta oltin, 9 ta kumuş va 7 ta bronza medaliga ega çiqişdi.

2025-yil 14-avgustBangkok

Qöqon davlat universitetida “Zamonaviy qizlar davrasi” bellaşuvi bölib ötdi

Qöqon davlat universitetida “Zamonaviy qizlar davrasi” bellaşuvi bölib ötdi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qöqon davlat universiteti Filologiya fakultetida talaba qizlar örtasida “Zamonaviy qizlar davrasi” mavzusida ijodiy va bilimga asoslangan bellaşuv ötkazildi. Tadbirning maqsadi — yoş avlod, ayniqsa talaba-qizlarni zamonaviy bilimlar, kitobxonlik, tadbirkorlik ğoyalari va iqtidorini namoyon etişga undaş, ularni maʼnaviy va intellektual jihatdan qöllab-quvvatlaşdan iborat böldi. Bellaşuv tört şart böyiça ötkazildi: “Guruhni taniştiriş” — iştirokçilar “Zamonaviy qiz kim?” mavzusida öz qaraş va tasavvurlarini sahna körinişlari, şeʼr orqali ifodalaşdi. Har bir jamoa zamonaviy ayolning bilimdon, faol, taşabbuskor va milliy qadriyatlarni qadrlaydigan obrazini yorqin aks ettirdi. “Zamonamiz kitobxoni” — bu şartda talabalar kitobxonlik böyiça öz bilimlarini sinovdan ötkazib, öqigan asarlari, mualliflar hayoti va ijodi haqida javob berdilar. Şu orqali kitob öqişning inson tafakkuri va dunyoqaraşini boyitişdagi ahamiyatini tarğib qildilar. “Biznes ğoya (yoki StartUp ğoya)” — qatnaşçilar özlarining zamonaviy tadbirkorlikka oid innovatsion takliflarini taqdim etdilar. “Özliging namoyon qil” — bellaşuvning eng rang-barang va hissiyotga boy qismi bölib, unda guruh aʼzolari özining şaxsiy isteʼdodini namoyiş qildilar. Bellaşuv yakunida taşkilotçilar bu kabi tadbirlar yoşlar uçun nafaqat öz qobiliyatini namoyon qiliş maydoni, balki döstlik, hamkorlik va öz ustida işlaşga undovçi maktab bölişini taʼkidlaşdi.

2025-yil 11-avgustQöqon davlat universiteti

Qöqon davlat universitetida PES 2013 musobaqasi ötkazildi

Qöqon davlat universitetida PES 2013 musobaqasi ötkazildi

Qöqon davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar örtasida kompyuter öyinlari böyiça navbatdagi musobaqa ötkazildi. Bu safar musobaqa maşhur PES 2013 futbol simulyatori asosida taşkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoşlar örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş va böş vaqtni mazmunli ötkazişdan iborat böldi. Musobaqa yuqori sport ruhida ötkazildi. Iştirokçilar özaro hurmat va döstlik tamoyillari asosida bellaşib, har bir ğalaba uçun katta iştiyoq bilan kuraşişdi. Öyinlar davomida talabalarning tezkor fikrlaş, strategik yondaşuv va texnik mahorati namoyon böldi. Tomoşabin talabalar esa hayajon bilan ularini qöllab-quvvatlaşdi. Keskin va qiziqarli bahslardan söng musobaqa ğoliblari aniqlandi: 1-örin – Yoqubjon Ahmadov 2-örin – Dilşodbek Ğulomov 3-örin – Ayubxon Obidov Taqdirlaş marosimida ğolib va sovrindorlarga faxriy diplom hamda esdalik sovğalari topşirildi. Mukofotlarni universitet birinçi prorektori Ahmadjon Husanov şaxsan taqdim etib, yoşlarni erişilgan yutuqlar bilan tabrikladi va ularni kelgusida ham faol bölişga undadi. Tadbir yakunida iştirokçilar taşkilotçilarga minnatdorlik bildirib, bunday musobaqalar nafaqat dam oliş, balki döstlik va jamoaviylik ruhini mustahkamlaşga xizmat qilişini taʼkidlaşdi.

2025-yil 8-avgustQöqon davlat universiteti

Munozarada ustunlik – “Kreativ” jamoasida

Munozarada ustunlik – “Kreativ” jamoasida

Qöqon davlat universitetida yoşlarning tafakkur salohiyatini rivojlantirişga qaratilgan navbatdagi intellektual bellaşuv bölib ötdi. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida taşkil etilgan Munozara tanlovida “Kreativ” va “Tömaris” jamoalari özaro kuç sinaşdi. Bellaşuv davomida jamoalar “Tasdiq” va “Inkor” pozitsiyalarida dolzarb mavzular yuzasidan bahsga kirişib, öz fikr-mulohazalarini asosli dalillar, lönda tahlillar va dadil savollar bilan bayon etdilar. Tomoşabinlar va hakamlar hayʼati tomonidan baholangan bellaşuvda har ikki jamoaning bilim darajasi, nutq madaniyati va bahs yuritiş könikmalari yuksak bahoga loyiq deb topildi. Qizğin va murosasiz keçgan bellaşuv yakunida “Kreativ” jamoasi kiçik ustunlik bilan ğalabani qölga kiritdi. Taʼkidlaş joizki, bunday musobaqalar talabalarda nafaqat analitik fikrlaş, balki jamoada işlaş, tinglaş, qarşi fikrni töğri qabul qiliş kabi könikmalarni şakllantirişga xizmat qiladi. Eng asosiysi esa – bu kabi tadbirlar ertangi kun liderlarini tarbiyalaydi.

2025-yil 7-avgustQöqon davlat universiteti