Asosiy kontentga ötiş
Qöqon davlatuniversiteti

Madaniy-maʼrifiy tadbirlar

Universitetda ötkazilgan madaniy, maʼrifiy va sport tadbirlari xronikasi.

Talabalar uçun sport musobaqalari va oş taşkil etildi

Talabalar uçun sport musobaqalari va oş taşkil etildi

Talabalar uçun sport musobaqalari va oş taşkil etildi Bugun Qöqon davlat universitetining 3-sonli Talabalar turar joyida talabalar iştirokida sport musobaqalari va jamoaviy öyinlar taşkil etildi. Tadbirni universitetning Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori Ahmadjon Xusanov oçib berdi. Musobaqalarda talabalar çaqqonlik, epçillik, kuç-ğayrat va jamoaviy hamjihatliklarini namoyon etdilar. Tadbir davomida talabalarga oş tarqatilib, iştirokçilarga bayramona kayfiyat ulaşildi. Mazkur taşabbus talabalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda talabalar örtasida döstlik va jamoaviylik muhitini mustahkamlaşga xizmat qildi.

2026-yil 2-oktyabr

Yoşlar bilan muloqot: jaholatga qarşi ma’rifat, tahdidlarga qarşi ogohlik

Yoşlar bilan muloqot: jaholatga qarşi ma’rifat, tahdidlarga qarşi ogohlik

Yoşlar bilan muloqot: jaholatga qarşi ma’rifat, tahdidlarga qarşi ogohlik Qöqon davlat universitetida yoşlar örtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlaş, ularning mafkuraviy immunitetini yuksaltiriş, turli yot ğoyalar va zararli axborotlar ta’siridan himoya qiliş hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşga qaratilgan “Jaholatga qarşi — ma’rifat bilan kuraş” mavzusida ma’rifiy uçraşuv bölib ötdi. Tadbirda Din işlari böyiça qömitaning Farğona viloyati hududiy boşqarmasi boş mutaxassisi Zokirjon Hakimov, birinçi prorektor Ahmadjon Xusanov, islomşunos olim Farrux Kuşbayev hamda talabalar iştirok etdi.

2026-yil 28-sentyabr

Pedagogika va psixologiya fakultetida ota-onalar uçraşuvi bölib ötdi

Pedagogika va psixologiya fakultetida ota-onalar uçraşuvi bölib ötdi

Pedagogika va psixologiya fakultetida ota-onalar uçraşuvi bölib ötdi Tadbirda birinçi prorektor Ahmadjon Husanov, fakultet rahbariyati, profilaktika inspektori, tyutorlar va ota-onalar iştirok etişdi. Uçraşuvda asosiy e’tibor ta’lim sifati, davomat va intizomni mustahkamlaş, yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş, oila va universitet örtasidagi doimiy hamkorlikni rivojlantirişga qaratildi. Muloqot davomida ota-onalar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada yaxşilaş böyiça öz takliflarini bildirişdi.

2026-yil 23-sentyabr

“Dolzarb 90 kun” loyihasi ğoliblarini tantanali taqdirlaş marosimi “Talabalikka bağişlov” badiiy keçasi bilan uyğunlaşdi.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi ğoliblarini tantanali taqdirlaş marosimi “Talabalikka bağişlov” badiiy keçasi bilan uyğunlaşdi.

Tadbir davomida Qöqon davlat universitetining yangi qabul qilingan 1-bosqiç talabalari tantanali ravişda talabalik qasamyodini qabul qildilar. Bu onlar yoşlar hayotidagi yangi, mas’uliyatli va unutilmas bosqiçning boşlanişi böldi. Tadbir doirasida Çexiyaning Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan qöşma taʼlim dasturi doirasida bitiruvçi magistrlarga ham diplomlar topşirildi. Keçada taniqli estrada xonandalari, söz ustalari, opera ijroçilari hamda iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar, raqslar va sahna çiqişlari yiğilganlarga bayramona kayfiyat ulaşdi. Sport musobaqalari ğoliblarini taqdirlaş marosimi bilan “Talabalikka bağişlov” keçasining bir maydonda ötkazilgani esa ta’lim va sportning yoşlar hayotidagi özaro uyğunligini yaqqol namoyon etdi.

2026-yil 11-sentyabr

Mustaqillik bayrami va talabalikning unutilmas ilk qadamlari

Mustaqillik bayrami va talabalikning unutilmas ilk qadamlari

Mustaqillik bayrami va talabalikning unutilmas ilk qadamlari Qöqon davlat universitetida Mustaqillikning 35 yilligi hamda birinçi bosqiç talabalarini kutib olişga bağişlangan bayram tadbirlari kötarinki ruhda ötkazildi. Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi mamlakatimiz böylab “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu ğoya asosida keng nişonlanmoqda. Qöqon davlat universitetida bayrami tantanalari yangi öquv yilining boşlanişi va universitetga ilk bor qadam qöygan birinçi bosqiç talabalarini kutib oliş tadbirlari bilan uyğunlaşib ketdi. Universitetning yetti fakultetida bir vaqtning özida hukm surgan bayramona muhit, yangragan kuy-qöşiqlar, badiiy çiqişlar, samimiy tilaklar va talabalarning quvonçi yangi öquv yilining ilk kunini unutilmas lahzalarga aylantirdi.

2026-yil 7-sentyabr

Qöqon davlat universitetida 400 örinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanişga topşirildi

Qöqon davlat universitetida 400 örinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanişga topşirildi

Qöqon davlat universitetida 400 örinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanişga topşirildi Qöqon davlat universitetida davlat-xususiy şeriklik asosida barpo etilgan 400 örinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanişga topşirildi. Mazkur yangi inşootning işga tuşirilişi universitetda talaba-yoşlar uçun munosib yaşaş şaroitlarini yaratiş, ularning ta’lim olişi, böş vaqtini mazmunli ötkazişi hamda ijtimoiy himoyasini ta’minlaş borasidagi işlarning muhim davomi böldi. Talabalar turar joyining foydalanişga topşirilişiga bağişlangan tantanali tadbirda oliy ta’lim tizimi mutasaddilari, viloyat va şahar jamoatçiligi vakillari, universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar, talaba-yoşlar, hamkor taşkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.

2026-yil 24-avgust

Magistrantlarga diplomlar tantanali topşirildi

Magistrantlarga diplomlar tantanali topşirildi

Magistrantlarga diplomlar tantanali topşirildi Bugun, 15-avgust kuni Turon madaniyat uyida Qöqon davlat universiteti magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilarga magistr darajasi diplomlarini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar, magistrantlar hamda ularning ota-onalari va yaqinlari iştirok etdi. Marosimda ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan magistrantlarning erişgan natijalari, ilmiy izlanişlari va kelgusidagi faoliyati haqida fikrlar bildirildi. Ta’kidlaş joizki, 2025/2026-öquv yilida Qöqon davlat universitetining 31 ta mutaxassisligi böyiça jami 260 nafar magistrant öqişni muvaffaqiyatli tamomladi. Diplom topşiriş marosimida universitetning birinçi prorektori Ahmadjon Husanov iştirok etib, bitiruvçilarni magistratura bosqiçini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan samimiy muborakbod etdi.

2026-yil 15-avgust

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qöqon şahridagi yoşlar örtasida sport musobaqalariga tantanali start berildi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qöqon şahridagi yoşlar örtasida sport musobaqalariga tantanali start berildi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qöqon şahridagi yoşlar örtasida sport musobaqalariga tantanali start berildi. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qöqon şahridagi 68 ta mahalla yoşlari örtasida sport musobaqalariga tantanali start berildi. Qöqon davlat universiteti taşabbusi bilan taşkil etilgan mazkur musobaqalar 20-iyuldan 23-avgustga qadar davom etib, yoşlarning yozgi taʼtilini mazmunli taşkil etiş, ularni ommaviy sportga keng jalb qiliş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş hamda böş vaqtini samarali ötkazişga xizmat qiladi. Loyiha doirasida sportning sakkiz turi — şaxmat va şaşka, voleybol, basketbol (3×3), regbi-7, kibersport (FCH 26 va Just Dance), stol tennisi, armrestling hamda yengil atletika böyiça musobaqalar ötkazilmoqda. Bellaşuvlar orqali yoşlarning jismoniy faolligini oşiriş, soğlom raqobat va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş, ularni zararli illatlardan asraş hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş közda tutilgan.

2026-yil 20-iyul

Mahalla yoşlari örtasidagi yozgi sport musobaqalariga start berildi

Mahalla yoşlari örtasidagi yozgi sport musobaqalariga start berildi

Mahalla yoşlari örtasidagi yozgi sport musobaqalariga start berildi Bugun Qöqon davlat universiteti taşabbusi bilan Qöqon şahridagi 68 ta mahalla yoşlari örtasida ötkaziladigan yozgi sport musobaqalarining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbirda Qöqon şahar hokimi Marufjon Usmonov hamda Qöqon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayeva iştirok etib, yoşlarni sport bilan muntazam şuğullanişga, soğlom turmuş tarzini tarğib etişga va musobaqalarda faol qatnaşişga çorladi. Mazkur musobaqalar doirasida iştirokçilar şaxmat va şaşka, voleybol, basketbol 3x3, armrestling, regbi-7, stol tennisi, yengil atletika hamda kibersport yönalişlari böyiça özaro kuç sinaşadi. Bellaşuvlarda mahalla yoşlaridan tuzilgan jamoalar iştirok etmoqda. Musobaqalarni ötkazişdan közlangan asosiy maqsad yoşlarning yozgi taʼtilini mazmunli taşkil etiş, ularni sportga keng jalb qiliş, soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş iborat.

2026-yil 2-iyul

“Rahbar va yoşlar”: takliflar, taşabbuslar va yangi ğoyalar

“Rahbar va yoşlar”: takliflar, taşabbuslar va yangi ğoyalar

“Rahbar va yoşlar”: takliflar, taşabbuslar va yangi ğoyalar Qöqon davlat universitetida Payşanba – Yoşlar kuni munosabati bilan taşkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar doirasida Aniq fanlar va muhandislik fakultetida “Rahbar va yoşlar” oçiq muloqoti ötkazildi. Tadbirda universitetning Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektori Ahmadjon Husanov, fakultet dekani Dilşod Aroyev, dekan örinbosarlari hamda talabalar iştirok etdi. Muloqotdan közlangan asosiy maqsad yoşlarning fikr-mulohazalari, taklif va taşabbuslarini örganiş, ularning taʼlim oliş, ilmiy izlanişlar olib boriş, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş hamda kelgusidagi reja va maqsadlari yuzasidan oçiq suhbat taşkil etişdan iborat böldi. Tadbir davomida mamlakatimizda yoşlarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallaşi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida söz yuritildi. Ahmadjon Husanov öz sözida bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoşlarning intellektual salohiyatini oşiriş, ularni ilm-fan, innovatsiyalar, tadbirkorlik va ijodkorlikka keng jalb etiş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilayotganini taʼkidladi. Şuningdek, universitet talabalari ham mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, nafaqat taʼlimda, balki ilmiy loyihalar, startaplar, sport va madaniy-maʼrifiy tadbirlarda ham faol bölişlari zarurligini qayd etdi. Oçiq muloqot samimiy savol-javoblar ruhida keçdi. Talabalar tomonidan taʼlim jarayonini yanada takomillaştiriş, zamonaviy laboratoriyalarni kengaytiriş, amaliyot bazalarini rivojlantiriş, xorijiy tillarni örganiş yuzasidan qator takliflar bildirildi. Har bir murojaat va taklif yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berilib, istiqboldagi rejalar haqida maʼlumotlar taqdim etildi. Tadbir davomida yoşlarning taşabbuskorligi, yangiça fikrlaşi va jamiyat hayotidagi faolligi mamlakat taraqqiyotining muhim omili ekani alohida eʼtirof etildi. Şuningdek, talabalar örtasida vatanparvarlik, qonunlarga hurmat, soğlom turmuş tarzi va yuksak maʼnaviyatni qaror toptiriş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani taʼkidlandi. Uçraşuv yakunida faol talabalar tomonidan ilgari surilgan qator taşabbuslar qöllab-quvvatlanib, ularni amaliyotga tatbiq etiş yuzasidan tegişli vazifalar belgilandi. Talabalar bunday oçiq muloqotlar rahbariyat va yoşlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, mavjud muammolarni öz vaqtida hal etiş hamda yangi ğoyalarni röyobga çiqarişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladilar. “Rahbar va yoşlar” oçiq muloqoti yoşlarning universitet hayotidagi faolligini oşiriş, ularning fikr va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, kelajakda yetuk mutaxassis hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan barkamol avlodni tarbiyalaş yölidagi muhim muloqot maydoniga aylandi.

2026-yil 6-iyun

Qadimiy Buxoro talabalarda katta taassurot qoldirdi

Qadimiy Buxoro talabalarda katta taassurot qoldirdi

Qadimiy Buxoro talabalarda katta taassurot qoldirdi Qöqon davlat universiteti talabalari uçun taşkil etilgan Buxoro şahriga sayohat yoşlarda milliy qadriyatlar, tarixiy meros va ajdodlarimiz qoldirgan bebaho obidalarga bölgan hurmatni yanada kuçaytirdi. Maʼnaviy-maʼrifiy safar davomida talabalar qadimiy va navqiron Buxoroning tarixiy maskanlari, meʼmoriy obidalari hamda muqaddas qadamjolari bilan yaqindan tanişdilar.

2026-yil 4-iyunBuhoro viloyati

Möynoq tumaniga unutilmas ekosayohat

Möynoq tumaniga unutilmas ekosayohat

Möynoq tumaniga unutilmas ekosayohat Mamlakatimizda Orol fojiasi oqibatlarini yumşatiş, hududda yaşil maydonlarni kengaytiriş va Orolböyining turistik salohiyatini yuksaltiriş borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar yoş avlod tarbiyasida ham muhim örin tutadi. Ana şunday ezgu maqsadlarni közlagan holda, Qöqon davlat universiteti talabalaridan iborat delegatsiya Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq tumaniga unutilmas ekosayohatni amalga oşirdi. Safardan közlangan asosiy maqsad — yoşlarda ekologik daxldorlik tuyğusini kuçaytiriş, talabalarga Orolböyi hududining öziga xos ekotizimi, tabiati va xalqining boy madaniy merosini yaqindan taniştiriş hamda Orolning qurigan tubida amalga oşirilayotgan global yaşillaştiriş jarayonlari bilan bevosita joyida tanişişdan iborat böldi

2026-yil 3-iyunQoraqalpoğiston Möynoq tumani