Kimyo va ekologiya kafedrasi
Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti
Kafedra tarixi
Qöqon davlat universiteti Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi 1991-yilda dastlab Matematika-fizika fakulteti tarkibidagi biologiya kafedrasining kimyo bölimi sifatida taşkil etilgan. 1994-yilda esa Kimyo kafedrasi biologiya kafedrasidan ajralib çiqib, mustaqil kafedra sifatida faoliyat yurita boşlagan. Mazkur özgariş kafedraning öziga xos ilmiy-pedagogik yönalişlarga ixtisoslaşişiga imkon yaratib, kimyo fanining alohida taʼlim sohasi sifatida rivojlanişiga xizmat qildi.
Kafedraga 1994–1995-yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi I.T. Mahmudov rahbarlik qilgan. 1994–1995-öquv yilida kimyo yönalişi böyiça tahsil olgan 48 nafar talaba ilk bitiruvçilar sifatida universitetni tamomlagan. Kafedraga turli yillarda quyidagi olimlar rahbarlik qilganlar:
- 1995–1996-yillarda biologiya fanlari nomzodi Ğ. Xolmuhammedov;
- 1997–1998-yillarda kimyo fanlari nomzodi, dotsent V.U. Xöjayev;
- 1998–2003-yillarda kimyo fanlari nomzodi M.S. Maqsudov;
- 2003–2005-yillarda kimyo fanlari nomzodi I. Jalolov;
- 2005–2006-yillarda kimyo fanlari nomzodi, dotsent M.Yu. Isaqov;
- 2006–2013-yillarda kimyo fanlari doktori V.U. Xöjayev;
- 2013–2016-yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent I.I. Qöqonboyev.
2017-yil yanvar oyidan boşlab kafedraga kimyo fanlari doktori, professor Oçilov Ğolibjon Mamayunusoviç mudirlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 3 nafar fan doktori, professor hamda 17 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (PhD), dotsentlar faoliyat olib bormoqda.
Kafedra öz faoliyati davomida turli nomlar ostida faoliyat yuritgan. Jumladan, 2014–2020-yillarda “Kimyo öqitiş metodikasi”, 2020–2025-yillarda “Kimyo” nomi bilan faoliyat olib borgan bölsa, 2025-yil sentyabr oyidan boşlab “Kimyo va ekologiya” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.
Missiya
Kimyo va ekologiya kafedrasi missiyasi — zamonaviy bilim, innovatsion yondaşuv va ilmiy tadqiqotlar asosida raqobatbardoş, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş, kimyo va ekologiya sohalarida ilm-fan rivojiga hissa qöşiş hamda jamiyatning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiluvçi ekologik madaniyatni şakllantirişdan iborat.
Yutuqlar
Kafedrada olib borilgan öquv-uslubiy işlar natijasida 40 dan ortiq turli öquv-uslubiy qöllanmalar va darsliklar naşr etilgan. Jumladan, sönggi beş yil davomida kafedra professor-öqituvçilari tomonidan 15 ta darslik hamda 27 ta öquv qöllanma Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Muvofiqlaştiruvçi kengaş grifi asosida naşr ettirilib, öquv jarayoniga tatbiq etilgan.
Iqtidorli talabalar bilan olib borilgan samarali faoliyat natijasida 5 nafar “Uluğbek”, 1 nafar “Beruniy”, 4 nafar “Navoiy” hamda 1 nafar “Islom Karimov” nomidagi davlat stipendiyasi sohiblari yetişib çiqqan.
Iqtidorli talabalar respublika miqyosida ötkazilayotgan fan olimpiadalarida ham muvaffaqiyatli iştirok etib kelmoqda. Xususan, sönggi ikki öquv yilida iqtidorli talabalar orasidan 2 nafari birinçi örin, 1 nafari esa uçinçi örin ğolibi bölgan.
Hozirgi kunda kafedra qoşida 60110800 — Kimyo bakalavriat taʼlim yönalişi, 70110801 — Aniq va tabiiy fanlarni öqitiş metodikasi (kimyo) magistratura mutaxassisligi, şuningdek, 02.00.09 — Tovar kimyosi, 02.00.10 — Bioorganik kimyo hamda 02.00.11 — Kolloid va membrana kimyosi ixtisosliklari böyiça doktorantura faoliyat yuritmoqda.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2025-yil 27-dekabrdagi 1358-sonli qaroriga muvofiq, Qöqon davlat universiteti huzurida kimyo va texnika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvçi PhD.03/2025.27.12.K/T.34.03 raqamli ilmiy kengaş faoliyat olib bormoqda.
Kimyo va ekologiya kafedrasi öz faoliyatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratib, bir qator xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan samarali aloqalarni yölga qöygan. Jumladan, Qozoğiston Respublikasidagi Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti, Qirğiziston Respublikasidagi Öş davlat universiteti va Öş davlat pedagogika universiteti, şuningdek, Rossiya Federatsiyasidagi Qozon federal universiteti hamda Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetlari bilan hamkorlik aloqalari faol rivojlantirilmoqda.
Mazkur hamkorlik doirasida kafedra professor-öqituvçilari yuqorida qayd etilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida muntazam ravişda stajirovkalar ötamoqda. Bu esa ularning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşiriş, zamonaviy pedagogik hamda ilmiy tajribalarni özlaştirişga xizmat qilmoqda. Şuningdek, mazkur hamkorlik kafedra jamoasining xalqaro ilmiy maydondagi faolligini oşiriş va taʼlim jarayonini zamonaviy standartlar asosida yuqori sifatda taşkil etişga keng imkon yaratmoqda.
Mudir haqida
Oçilov Ğolibjon Mamayunusoviç 1984-yil 7-yanvarda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida tuğilgan. Millati — özbek. Oliy maʼlumotli mutaxassis bölib, 2005-yilda Qöqon davlat pedagogika institutining bakalavriat bosqiçini, 2007-yilda esa magistratura bosqiçini tamomlagan. Mutaxassisligi — kimyo. Kimyo fanlari nomzodi, professor ilmiy unvoniga ega. Rus tilini biladi.
Mehnat faoliyatini 2007-yilda Qöqon davlat pedagogika instituti Kimyo kafedrasida assistent lavozimida boşlagan. 2008–2011-yillarda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan şuğullangan. Xususan, kimyoviy texnologiya jarayonlari va uskunalari laboratoriyasida tadqiqotçi, şuningdek, kolloid kimyo laboratoriyasida stajyor-tadqiqotçi-izlanuvçi sifatida faoliyat olib borgan.
2012-yildan boşlab Qöqon davlat pedagogika institutida pedagogik faoliyatini davom ettirib, kimyo kafedrasida öqituvçi, dotsent, kafedra mudiri vazifasini bajaruvçi hamda kafedra mudiri lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan. Şuningdek, 2015–2016-yillarda Tabiiy fanlar fakultetida maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça dekan örinbosari vazifasida ham işlagan.
2020–2025-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti Kimyo kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 2025-yil 2-apreldan boşlab esa Qöqon davlat universiteti Kimyo kafedrasi mudiri lavozimida işlab kelmoqda.
Oçilov Ğolibjon Mamayunusoviç özining köp yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida kimyo fanini rivojlantiriş, zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etiş, yoş mutaxassislarni tayyorlaş hamda ilmiy-tadqiqot işlarini rivojlantirişga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş