Geografiya va iqtisodiyot kafedrasi
Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti
Kafedra tarixi
Geografiya va iqtisodiyot kafedrasining şakllaniş tarixi universitetda geografiya taʼlimi va ilmiy tadqiqotlarning rivojlanişi bilan çambarças boğliq. Kafedra 1999–2000-öquv yilining mart oyida Biologiya kafedrasidan mustaqil kafedra sifatida ajralib çiqqan. Uşbu taşkiliy özgariş geografiya fanining alohida taʼlim va ilmiy yönaliş sifatida rivojlanişiga keng imkoniyat yaratdi.
2000–2014-yillar davomida kafedra “Geografiya va iqtisodiy bilimlar asoslari” nomi bilan faoliyat yuritdi. Mazkur davrda geografiya va iqtisodiyot fanlarining uzviy boğliqligi asosida taʼlim jarayonini taşkil etiş, öquv dasturlarini takomillaştiriş hamda uşbu yönalişda malakali pedagog kadrlar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratildi. Tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni kompleks örganiş, geografik bilimlarni iqtisodiy tafakkur bilan uyğunlaştiriş kafedra faoliyatining muhim ilmiy-pedagogik yönalişlaridan biriga aylandi.
2014–2021-yillarda kafedra “Geografiya öqitiş metodikasi” nomi ostida faoliyat yuritdi. Bu bosqiçda geografiya fanini öqitişning zamonaviy metodik asoslarini işlab çiqiş, taʼlim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etiş hamda amaliy maşğulotlar samaradorligini oşiriş ustuvor vazifalardan biri böldi.
2021–2024-yillarda kafedra yana “Geografiya va iqtisodiy bilimlar asoslari” nomi bilan faoliyatini davom ettirdi. Uşbu davrda geografik va iqtisodiy bilimlarni integratsiyalaşgan holda öqitiş, hududiy rivojlaniş jarayonlarini tahlil qiliş hamda ijtimoiy-iqtisodiy geografiya yönalişidagi ilmiy izlanişlar kengaytirildi.
2024–2025-yillarda kafedra “Geografiya” nomi ostida faoliyat yuritdi. Bu bosqiçda tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik geografiya yönalişlarida taʼlim va tadqiqotlarni çuqurlaştiriş asosiy vazifa sifatida belgilandi.
2025-yil avgust oyidan boşlab kafedra “Geografiya va iqtisodiyot” nomi bilan faoliyat yuritmoqda. Uşbu nom kafedra faoliyatining kengayganini hamda geografiya va iqtisodiyot fanlari örtasidagi ilmiy-amaliy integratsiya yanada mustahkamlanganini ifodalaydi.
Missiya
Kafedraning asosiy missiyasi — geografiya va iqtisodiyot sohalarida zamonaviy bilimlarga ega, ilmiy-tadqiqot olib borişga qodir, innovatsion fikrlaydigan hamda kasbiy kompetensiyaga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaşdan iborat. Şuningdek, kafedra hududiy rivojlaniş, barqaror iqtisodiy taraqqiyot va ekologik muvozanatni taʼminlaşga xizmat qiluvçi ilmiy izlanişlarni amalga oşiradi.
Yutuqlar
Geografiya va iqtisodiyot kafedrasi ilmiy faoliyatida hududiy yondaşuv, kompleks geografik tahlil, ekologik monitoring, ijtimoiy-iqtisodiy baholaş hamda amaliy tavsiyalar işlab çiqiş muhim örin tutadi. Kafedra professor-öqituvçilari tomonidan Farğona vodiysi hududining tabiiy şaroiti, ijtimoiy-iqtisodiy holati hamda siyosiy-ekologik vaziyatini kompleks baholaş va monitoring qilişga doir ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Mazkur tadqiqotlar natijasida hududning barqaror rivojlanişini taʼminlaş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, ekologik xavfsizlikni mustahkamlaş hamda aholi turmuş sifatini oşirişga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar işlab çiqilmoqda.
Kafedrada zamonaviy geografik tadqiqot metodlari — statistik tahlil, kartografik yondaşuv, masofadan zondlaş, geografik axborot tizimlari (GIS), monitoring va kompleks baholaş usullari keng qöllaniladi. Bu esa tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni çuqur tahlil qiliş imkonini beradi.
Ilmiy tadqiqotlar nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega bölib, Farğona vodiysi va unga tutaş hududlarda ekologik barqarorlik, turizm, yer resurslaridan foydalaniş, demografik jarayonlar va iqtisodiy rivojlaniş masalalarini hal etişga xizmat qilmoqda.
Kafedra xalqaro ilmiy-taʼlim hamkorligini faol rivojlantirib kelmoqda. Jumladan, Qozoğiston milliy pedagogika universiteti (Abay nomidagi), Qirğiziston Respublikasining Öş davlat universiteti va Öş davlat pedagogika universiteti, Rossiya Federatsiyasining Kazan federal universiteti hamda Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik yölga qöyilgan.
Hamkorlik doirasida professor-öqituvçilarning malaka oşirişi, stajirovkalar, ilmiy tajriba almaşiş, qöşma loyihalar va akademik mobillik dasturlari amalga oşirilmoqda. Bu jarayon kafedraning xalqaro ilmiy maydondagi örnini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Bugungi kunda kafedrada 30 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritadi. Ular orasida 4 nafar fan doktori, 12 nafar falsafa doktori (PhD), 3 nafar professor va 7 nafar dotsent mavjud. Kafedraning ilmiy salohiyati 53,3 foizni taşkil etadi.
Kafedra jamoasi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida taʼlim jarayonini taşkil etiş, talabalarning ilmiy izlanişlarga qiziqişini oşiriş va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratadi.
Mudir haqida
Tobirov Odiljon Qobiljon öğli 1992-yil 15-iyunda Farğona viloyati, Özbekiston tumanida tuğilgan. Millati — özbek, partiyaviyligi — yöq. 2025-yil 2-apreldan Qöqon davlat universiteti Geografiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U oliy maʼlumotga ega bölib, 2018-yilda Qöqon davlat pedagogika institutini bakalavr, 2020-yilda esa Özbekiston milliy universitetini magistratura bosqiçi böyiça tamomlagan. Mutaxassisligi — geografiya (örganiş obyekti böyiça). Geografiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega, ilmiy unvoni yöq. Rus tilini biladi.
Mehnat faoliyatini 2014–2018-yillarda talabalikdan boşlagan. 2018–2020-yillarda magistratura bosqiçida tahsil olgan.
2019–2020-yillarda Toşkent şahar Olmazor tumanidagi aniq fanlarga ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabida geografiya fani öqituvçisi sifatida işlagan.
2023–2024-yillarda Qöqon davlat pedagogika institutida Geografiya öqitiş metodikasi kafedrasi stajyor-öqituvçisi bölib faoliyat yuritgan.
2024–2025-yillarda Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi mudiri lavozimida işlagan.
2025-yildan hozirgi kunga qadar Qöqon davlat universiteti Geografiya va iqtisodiyot kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş