Fizika va astronomiya kafedrasi
Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti
Kafedra tarixi
“Fizika” kafedrasi dastlab Matematika fakulteti tarkibidagi “Matematika öqitiş metodikasi va fizika” kafedrasi negizida professor M. Madaliyev rahbarligida faoliyat boşlagan. 1990-yilda esa mustaqil “Fizika” kafedrasi sifatida taşkil etilgan. Turli yillarda kafedraga professor M. Madaliyev (1990-yilgaça hamda 1993–1994-yillarda), fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent I. M. Qöqonboyev (1990–1992 va 2005–2011-yillarda), katta öqituvçi Ğ. Tojiboyev (1995–2005-yillarda), Mamadaliyev Begjon Alijonoviç (2012–2016-yillarda), fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent I. M. Maxmudov (2016-yil mart–sentyabr oylarida), fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Botirjon Mamadaliyev (2016–2018-yillarda), fizika-matematika fanlari nomzodi, professor N. S. Bozorov (2018–2023-yillarda) rahbarlik qilgan. 2023-yil dekabr oyidan boşlab esa fizika-matematika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent Mavzurjon Qöçqorov kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra 2012-yildan “Fizika va astronomiya öqitiş metodikasi”, 2021-yildan esa “Fizika va astronomiya” nomi bilan faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda kafedrada professorlar I. M. Qöqonboyev, I. M. Eşboltayev, N. S. Bozorov, N. Z. Mamadaliyeva, dotsentlar M. Meliboyev, F. O. Dadaboyeva, R. R. Sultonov, A. M. Madaliyev, Ş. Qöqonboyeva, D. Yu. Sattorova, I. Mirsultonov, Q. Q. Qurbonaliyev, katta öqituvçilar R. H. Ibragimova, R. V. Qosimjonov, U. M. Isomaddinova, M. O. Toxirova, öqituvçilar K. K. Örinova, Q. P. Umurqulov, D. R. Masodiqova hamda texnik xodimlar O. A. Alişerov, M. M. Qöçqorova va I. Y. Muhammadaliyevalar faoliyat yuritib, bakalavr va magistrlarga taʼlim-tarbiya bermoqdalar.
Kafedraning 34 yillik faoliyati davomida T. Maxmudov, A. Qodirov, M. Alijonov, Ğ. Tojiboyev va M. Azimov kabi tajribali olim va pedagoglar samarali faoliyat yuritib, soha rivojiga munosib hissa qöşdilar. Bugungi kunda kafedrada 13 nafar fan nomzodi va dotsent faoliyat olib borayotgan bölib, ilmiy salohiyat 50 foizni taşkil etadi.
Kafedrada 60110700 — “Fizika va astronomiya” bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça talabalar tayyorlanadi. Şuningdek, 2003–2004-öquv yilidan boşlab “Fizika” mutaxassisligi böyiça magistratura faoliyat yuritmoqda. 2015–2016-öquv yilidan “Fizika va astronomiya öqitiş metodikasi”, 2016–2017-öquv yilidan “Aniq va tabiiy fanlarni öqitiş metodikasi (Fizika va astronomiya)” hamda 2025–2026-öquv yilidan “Yarimötkazgiçlar fizikasi” mutaxassisliklari böyiça magistrlar tayyorlanmoqda.
Missiya
Fizika va astronomiya kafedrasi missiyasi
Zamonaviy ilm-fan va innovatsion texnologiyalar asosida raqobatbardoş, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş, talabalarda ilmiy tafakkur, tadqiqotçilik könikmalari hamda koinot va tabiat hodisalariga ilmiy yondaşuvni şakllantirişdan iborat.
Yutuqlar
ILMIY VA ÖQUV-USLUBIY IŞLAR
Kafedra professor-öqituvçilari tomonidan 1988–2026-yillar davomida salmoqli ilmiy va öquv-uslubiy işlar amalga oşirildi. Jumladan, 11 ta nomzodlik dissertatsiyasi, 1 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Şuningdek, 42 ta darslik, 64 ta öquv qöllanma, 56 ta uslubiy qöllanma hamda 150 ta uslubiy körsatma naşr etildi.
Bundan taşqari, 542 ta ilmiy maqola (şundan 107 tasi xorijiy naşrlarda), 586 ta uslubiy maqola (şundan 203 tasi xorijiy naşrlarda) va 622 ta tezis (şundan 155 tasi xorijiy naşrlarda) çop etildi.
ILMIY VA USLUBIY HAMKORLIKLAR
Kafedra professor-öqituvçilari ilmiy-tadqiqot hamda uslubiy faoliyatlarini Rossiya Fanlar akademiyasi qoşidagi akademik A.F. Ioffe nomidagi Fizika-texnika instituti, Qozon federal universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti, Polimerlar fizikasi va kimyosi instituti hamda respublikamizdagi bir qator oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda olib bormoqda.
ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINING USTUVOR YÖNALIŞLARI
- Kompozit materiallar buzilişining mikromexanikasini örganiş
- Kondensatsiyalangan holatlar fizikasi
- Yarimötkazgiçlar fizikasi
- Fizika va astronomiya fanlarini öqitişda gumanitarlaştiriş masalalari
ILMIY-TADQIQOT IŞLARIDAGI YUTUQLAR
Kafedra taşkil etilgan davrdan buyon bir qator muhim ilmiy yutuqlarga erişildi. Jumladan, I.M. Kokanbayev 1988-yilda Moldovaning Kişinyov şahrida “n-PbTe plyonkalarida termik va radiatsion degradatsiyalaniş mexanizmlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
I.M. Kokanbayev ilmiy rahbarligida katta öqituvçi B.A. Mamadaliyev 2006-yil oktabr oyida “Kogerent töyiniş samarasining p-Ge, n-GaP, p-GaAs va p-GaAs–AlGaAs nanotuzilmalarining foton kinetik xususiyatlariga taʼsiri” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Şuningdek, I.M. Eşboltayev, N.Z. Mamadaliyeva, R.R. Sultonov, M.X. Qöçqorov va U. Isomaddinovalar yarimötkazgiçlar fizikasi yönalişida, F.O. Dadaboyeva, Ş.Q. Qöqonboyeva va A.M. Madaliyev pedagogika yönalişida, I.M. Mirsultonov esa texnika yönalişida PhD ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Kafedra olimlari Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Gollandiya, Rossiya, Belarus, Qirğiziston va Ukraina kabi davlatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida, şuningdek, Özbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy naşrlarida maqolalar çop etdilar.
Professor-öqituvçilar tomonidan 482 dan ortiq ilmiy-uslubiy işlar respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda eʼlon qilindi. Turli darajadagi ilmiy anjumanlarda 410 dan ortiq ilmiy va uslubiy maʼruzalar taqdim etildi.
Hozirgi kunda kafedraning 4 nafar professor-öqituvçisi universitet ilmiy kengaşi tomonidan tasdiqlangan mavzular asosida dissertatsiya işlari ustida ilmiy izlanişlar olib bormoqda.
IQTIDORLI TALABALAR HAQIDA
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan işlaş tizimli ravişda yölga qöyilgan. 2000–2017-yillar davomida M. Yuldaşeva, D. Şarofxonova, F. Dadaboyeva, I. Eşboltayev, Ş. Xidirova, Q. Qurbonaliyev, A. Abduholiqov va F. Kamoliddinov kabi talabalar fizika fanidan Respublika oliy taʼlim muassasalari örtasida ötkazilgan fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli iştirok etib, yuqori natijalarga erişdilar.
Kafedra bitiruvçilaridan 16 nafari ayni paytda “Aniq va tabiiy fanlarni öqitiş metodikasi (Fizika va astronomiya)” magistratura mutaxassisligida tahsil olmoqda.
Dotsent I.M. Kokanbayev yoş öqituvçilar va magistrantlarni ilmiy faoliyatga jalb etiş borasida samarali iş olib bormoqda. Uning rahbarligida tahsil olgan bir qator talabalar davlat stipendiyalari sovrindori bölişgan.
Bugungi kunga qadar kafedraning 9 nafar professor-öqituvçisi dotsent ilmiy unvoniga ega böldi. 2 nafar professor-öqituvçi Qozon federal universiteti hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozoğiston davlat universitetida 3 oylik stajirovkani muvaffaqiyatli tamomladi.
Şuningdek, 13 nafar professor-öqituvçi PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Joriy öquv yilida kafedra tomonidan 6 ta darslik, 8 ta öquv qöllanma va 6 ta monografiya naşr etildi. Xalqaro miqyosda tan olingan Scopus va Web of Science bazalarida 14 ta ilmiy maqola çop etildi.
Mudir haqida
Qöçqorov Mavzurjon Xursanboyeviç 2025-yil 2-apreldan boşlab Qöqon davlat universiteti Fizika va astronomiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
U 1990-yil 28-iyunda Farğona viloyati, Buvayda tumanida tuğilgan. Maʼlumoti oliy bölib, 2013-yilda Qöqon davlat pedagogika institutining bakalavriat bosqiçini, 2015-yilda esa magistratura bosqiçini tamomlagan. Mutaxassisligi — fizika öqitiş metodikasi. Fizika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Rus tilini biladi.
Mehnat faoliyatini ilmiy-pedagogik yönalişda boşlagan Qöçqorov Mavzurjon Xursanboyeviç 2015–2018-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiya öqitiş metodikasi kafedrasida laborant lavozimida işlagan. 2018–2020-yillarda stajyor-öqituvçi, 2020–2022-yillarda esa Fizika va astronomiya kafedrasida stajyor-öqituvçi sifatida faoliyat olib borgan.
2022–2023-yillarda kafedrada assistent-öqituvçi, 2023-yilda katta öqituvçi lavozimida işlagan. 2023–2024-yillarda Fizika va astronomiya kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvçi sifatida faoliyat yuritgan bölsa, 2024–2025-yillarda mazkur kafedraga mudirlik qilgan. 2025-yildan buyon Qöqon davlat universiteti Fizika va astronomiya kafedrasi mudiri lavozimida samarali mehnat qilib kelmoqda.
Faoliyati davomida u fizika va astronomiya taʼlimini rivojlantiriş, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni taʼlim jarayoniga joriy etiş, yoşlarning ilmiy salohiyatini oşiriş hamda ilmiy-tadqiqot işlarini takomillaştiriş yönalişlarida samarali iş olib bormoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş