Biologiya kafedrasi
Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti
Kafedra tarixi
Kafedra 1980-yilda “Umumiy biologiya” nomi bilan taşkil etilgan. 1992-yilda institut qoşida yangi kimyo-biologiya mutaxassisligi oçilib, ilk bor talabalar qabul qilingan. 1993-yilda Umumiy biologiya kafedrasidan Kimyo kafedrasi mustaqil kafedra sifatida ajralib çiqqan. Umumiy biologiya kafedrasiga birinçi kafedra mudiri sifatida biologiya fanlari nomzodi, dotsent Erkinjon Toşpölatov rahbarlik qilgan.
Kafedraga turli yillarda quyidagi olimlar rahbarlik qilişgan: 1988–1994-yillar — b.f.n. Sobirjon Meliboyev; 1994–1997-yillar — b.f.n. Murodjon Namozov; 1997–1998-yillar — b.f.n., dotsent Ğayratjon Xolmuxammedov; 1998–2001-yillar — q/x.f.n., dotsent Ibragim Yusupov; 2001–2004-yillar — b.f.n., dotsent Sobirjon Meliboyev; 2004–2010-yillar — q/x.f.n., dotsent Saminjon Usmonov; 2011–2012-yillar — katta öqituvçi Abduvohid Maʼmurov; 2012-yil — b.f.n., dotsent Azamjon Jabborov; 2012–2015-yillar — b.f.n., dotsent Raʼnoxon Möminova; 2015–2021-yillar — k.f.n., dotsent Abdulatif Gapparov; 2021–2022-yillar — p.f.f.d. (PhD) Maşhuraxon Isaboeva. 2022-yil aprel oyidan boşlab biologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Maqsadjon Madumarov Jumanoviç kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.
Missiya
Kafedra missiyasi — biologiya sohasida zamonaviy bilim va innovatsion yondaşuvlar asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş, ilmiy-tadqiqot işlarini rivojlantiriş hamda taʼlim va fan integratsiyasini mustahkamlaş orqali jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilişdan iborat.
Yutuqlar
Kafedrada 19 nafar ilmiy darajaga ega xodim (şundan 12 nafari dotsent), 5 nafar katta öqituvçi hamda 9 nafar öqituvçi faoliyat olib bormoqda. 2014-yil mart oyidan kafedra “Biologiya öqitiş metodikasi”, 2020-yil sentyabr oyidan esa “Biologiya” nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedra professor-öqituvçilari va magistrantlari Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarrufidagi turli ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanişlar olib borişmoqda.
Kafedrada olib borilgan öquv-uslubiy işlar natijasida 20 dan ortiq öquv va uslubiy qöllanmalar hamda darsliklar naşr etilgan. Jumladan, sönggi yillarda kafedra professor-öqituvçilari tomonidan 8 ta darslik va 20 ta öquv qöllanma Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Muvofiqlaştiruvçi kengaşi grifi asosida çop etilib, öquv jarayoniga tatbiq etilgan.
Hozirgi kunda kafedra qoşida quyidagi taʼlim yönalişlari mavjud:
• 60510100 – Biologiya (bakalavriat)
• 70510901 – Aniq va tabiiy fanlarni öqitiş metodikasi (Biologiya) (magistratura)
• 03.00.06 – Zoologiya (doktorantura)
Mudir haqida
Madumarov Maqsadjon Jumanoviç 1984-yil 19-fevralda Farğona viloyati Furqat tumanida tuğilgan, millati özbek, partiyaviyligi yöq. U oliy maʼlumotli mutaxassis bölib, 2010-yilda Qöqon davlat pedagogika institutini bakalavr, 2012-yilda esa Farğona davlat universitetini magistratura bosqiçi böyiça tamomlagan. Mutaxassisligi — odam va hayvonlar fiziologiyasi. Biologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent ilmiy unvoniga ega. Rus tilini biladi.
Mehnat faoliyatini 2001-yilda Qöqon yengil sanoat böyiça Respublika kasb-hunar litseyida boşlagan. 2002–2004-yillarda “Qöqon” şirkat xöjaligida iqtisodçi, 2004–2007-yillarda esa Qöqon davlat pedagogika instituti Kimyo-geografiya fakultetida kotib lavozimida işlagan. 2011-yildan boşlab oliy taʼlim tizimida faoliyatini davom ettirib, turli yillarda dispetçer, kabinet mudiri, öqituvçi-stajyor hamda öqituvçi lavozimlarida işlagan. 2017–2018-yillarda Tabiiy fanlar fakultetida maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça dekan örinbosari vazifasida faoliyat yuritgan. 2020–2022-yillarda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston milliy universiteti Biologiya fakulteti Zoologiya kafedrasida tayanç doktorant sifatida ilmiy izlanişlar olib borgan. 2022-yildan boşlab Biologiya kafedrasi mudiri vazifasini vaqtinça bajaruvçi, 2022–2024-yillarda esa kafedra mudiri, 2024–2025-yillarda ham şu lavozimda faoliyat yuritgan. 2025-yildan hozirgi kunga qadar Qöqon davlat universiteti Biologiya kafedrasi mudiri lavozimida işlab kelmoqda.
Maqsadjon Jumanoviç özining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida biologiya fanini rivojlantiriş, taʼlim sifatini oşiriş, yoş mutaxassislarni tayyorlaş hamda ilmiy-tadqiqot işlarini rivojlantirişga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş