
Sanʼat va sport fakulteti Musiqa nazariyasi kafedrasi professor-öqituvçilari hamda 3-bosqiç sirtqi taʼlim şakli talabalari taşabbusi bilan “Zulfiya – özbek qizining iftixori” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy bayram kompozitsiyasi taşkil etildi. Tadbir Özbekiston xalq şoiri, atoqli jamoat arbobi Zulfiya tavalludining 111 yilligiga bağişlandi.
Mazkur adabiy-badiiy keçaning asosiy maqsadi – şoira ijodini keng tarğib qiliş, uning boy va sermazmun adabiy merosi orqali yoş avlod qalbida vatanparvarlik, sadoqat, nafosat, milliy ğurur va maʼnaviy poklik tuyğularini yanada mustahkamlaşdan iborat böldi. Tadbir davomida Zulfiya hayoti va ijod yöli, özbek adabiyoti rivojiga qöşgan beqiyos hissasi, ayniqsa, özbek ayoli siymosini uluğlagan şeʼrlari xususida atrofliça maʼlumotlar berildi.
Şoiraning sermazmun hayot yöli, uning ijodiy kamolot bosqiçlari, xususan, turmuş örtoği – isteʼdodli şoir Hamid Olimjon bilan birgalikdagi samarali ijodiy faoliyati alohida eʼtirof etildi. Ularning adabiyot va maʼnaviyat rivojiga qöşgan hissasi misollar asosida yoritib berildi.
Tadbir jarayonida talabalar tomonidan Zulfiya qalamiga mansub şeʼrlar yuksak mahorat va ifoda bilan öqildi. Sahna körinişlari orqali şoira asarlarida aks etgan sadoqat, muhabbat va matonat ğoyalari badiiy talqinda namoyon etildi. Şuningdek, şoira şeʼrlari asosida yaratilgan kuy-qöşiqlar ijro etilib, musiqiy çiqişlar keçaning badiiy-estetik saviyasini yanada oşirdi va tomoşabinlarda çuqur taassurot qoldirdi.
Professor-öqituvçilar tomonidan şoira ijodining maʼnaviy-tarbiyaviy ahamiyati keng tahlil qilinib, uning asarlarida aks etgan ona Vatanga muhabbat, ayolning matonati va fidoyiligi, hayot sinovlariga bardoşlilik kabi fazilatlar bugungi yoşlar tarbiyasida muhim örin tutişi taʼkidlandi.
Tadbir yakunida Zulfiya siymosi nafaqat özbek adabiyotining yorqin namoyandasi, balki özbek ayolining iftixori, yuksak maʼnaviyat va sadoqat timsoli ekani yana bir bor eʼtirof etildi. Uşbu bayram kompozitsiyasi talabalarning badiiy-estetik didini yuksaltiriş, ularni milliy qadriyatlarga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalaşda muhim maʼnaviy tadbir sifatida yuksak baholandi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…






