
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali muloqot maydonini yaratiş bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Şu ezgu maqsad yölida 23-oktabr kuni Qöqon davlat universitetida “Zamonaviy fizika va astronomiya: oliy ta’limda fan, ta’lim va innovatsiyalarning dolzarb muammolari va yeçimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ötkazildi.
Tadbirning oçiliş jarayoni iştirokçilarni röyxatdan ötkaziş va körgazmalar bilan tanişişdan boşlandi. Şundan söng, universitet rahbariyati hamda mas’ullar konferensiyani kiriş sözi bilan oçib, zamonaviy fizika va astronomiya fanlarini rivojlantiriş, yoşlarni ilm-fanga keng jalb etiş hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş bugungi kunda ustuvor vazifa ekanligini alohida ta’kidladilar.
Konferensiya oflayn va onlayn formatlarda, özbek, rus hamda ingliz tillarida taşkil etilib, keng qamrovli muloqot maydoniga aylandi.
Unda respublikamiz hamda xorijiy davlatlardan nufuzli olimlar va tadqiqotçilar özlarining sönggi yillardagi ilmiy izlanişlari va tadqiqot natijalari yuzasidan ma’ruza qildilar.
Kun tartibidagi asosiy ma’ruzalar qizğin bahs-munozaralarga boy bölgan şöba yiğilişlarida davom ettirildi. Unda nazariy fizika, kosmologiya va koinotning fundamental sirlari, muqobil energiya manbalari va zamonaviy materialşunoslik, fizika va astronomiya ta’limida raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt kabi keng qamrovli masalalar yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
Mazkur xalqaro anjuman ilm-fan va ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlaş, fizika va astronomiya yönalişidagi dolzarb muammolarga ilmiy yeçimlar topiş hamda yoş tadqiqotçilar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçişi bilan ahamiyatli böldi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Boşlanğiç ta’lim istiqbollari xalqaro miqyosda muhokama qilindi
Qöqon davlat universitetida “Boşlanğiç ta’limni rivojlantirişning global masalalari: muammo va yeçimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi. An’anaviy…















