
“Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zöravonlikka barham beriş uçun birlaşaylik” 16 kunlik faollik kampaniyasiga start berildi
1999-yilda BMT Boş Assambleyasi tomonidan 25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beriş xalqaro kuni sifatida belgilangan. Şu munosabat bilan mamlakatimizda anʼanaviy tarzda “16 kunlik faollik” kampaniyasi ötkazib kelinadi.
Qöqon davlat universiteti xotin-qizlar maslahat kengaşi taşabbusi bilan bu yil ham barça fakultetlarda “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zöravonlikka barham beriş uçun birlaşaylik” mavzusida uçraşuv va muloqotlar taşkil etilmoqda.
“Sanʼat va sport” fakultetida kampaniya doirasidagi tadbirlarning oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda söz olganlar xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qilişning huquqiy-meʼyoriy asoslari, mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan tizimli islohotlar, şuningdek, zöravonlik tuşunçasi va uning turlari yuzasidan batafsil maʼlumot berdilar.
Şuningdek, “Gumanitar fanlar va tillar” fakultetida xotin-qizlar maslahat kengaşi tomonidan “Ezgu niyat” nodavlat notijorat taşkiloti hamkorligida “Kuç birlikda – zöravonlikka örin yöq” mavzusida davra suhbati taşkil etildi. Unda zöravonlikning har qanday körinişiga murosasiz munosabat bildiriş, sukut adolatga zid ekani, talabalar örtasida raqamli madaniyatni tarğib qiliş masalalari yuzasidan qizğin fikr almaşildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








