
Qöqon davlat universitetida “Zamonaviy fizika va astronomiya taʼlim taraqqiyoti – Uçinçi Renessans poydevori” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi taşkil etildi. Mazkur nufuzli anjumanda respublikamizning qator oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilari, ilmiy tadqiqotçilar, yoş olimlar iştirok etdi. Konferensiya mamlakatimizda ilm-fan va taʼlim integratsiyasini mustahkamlaş, zamonaviy fizika va astronomiya fanlarining rivojlaniş istiqbollarini muhokama qiliş, innovatsion yondaşuvlarni amaliyotga joriy etiş hamda Uçinçi Renessans poydevorini yaratişda ilm-fanning örnini keng tarğib etişga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi.
Anjuman avvalida universitet rahbariyati tomonidan bugungi kunda fizika va astronomiya fanlarini rivojlantiriş, yoşlarning ilmiy izlanişlarga bölgan qiziqişini oşiriş hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbirda söz olganlar ilm-fan taraqqiyoti Yangi Özbekiston strategik maqsadlarining muhim tarkibiy qismi ekanini, ayniqsa, zamonaviy texnologiyalar davrida fundamental fanlarning ahamiyati tobora ortib borayotganini taʼkidlaşdi.
Konferensiyaning asosiy maʼruzalar qismida dolzarb ilmiy çiqişlari tinglandi. Jumladan, Xöjand davlat universiteti dotsenti Zarifjon Yusupov tomonidan lazer texnologiyalarining fizik asoslariga bağişlangan maʼruza taqdim etildi. Farğona davlat universiteti professori Rustam Rasulov optik ötişlarning nazariy tahliliga oid ilmiy qaraşlarini bayon qildi. Şuningdek, Namangan davlat universiteti professori Baxrom Abdulazizov tomonidan nanozarralarning energetik va optik xususiyatlari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari taqdim etildi.
Konferensiyada fizika taʼlimiga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etiş, astronomiya fanini zamonaviy raqamli vositalar asosida öqitiş, sunʼiy intellekt va kompyuter texnologiyalarining taʼlim jarayonidagi örni kabi masalalar ham atrofliça muhokama qilindi. Nizomiy nomidagi Özbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda Çirçiq davlat pedagogika universiteti professor-öqituvçilari tomonidan interfaol öqitiş metodlari, virtual observatoriyalar va nanotexnologiyalar böyiça ilğor tajribalar yuzasidan maʼruzalar qilindi.
Anjumanning şöba yiğilişlarida “Zamonaviy fizika va astronomiya taʼlimida innovatsion pedagogik texnologiyalar”, “Taʼlim tizimida sunʼiy intellekt va kompyuter texnologiyalarini joriy etişning pedagogik ahamiyati”, “Fundamental va amaliy fizikaning muammolari” hamda “Globallaşuv va raqamli transformatsiya davrida ijtimoiy-gumanitar fanlarning örni” kabi yönalişlarda ilmiy bahs-munozaralar olib borildi. Iştirokçilar tomonidan ilgari surilgan taklif va taşabbuslar ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oşiriş, taʼlim sifati va innovatsion faoliyatni rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi.
Konferensiya yakunida faol iştirok etgan professor-öqituvçilar va tadqiqotçilar taşkilotçilar tomonidan taqdirlandi. Tadbir davomida oliy taʼlim muassasalari örtasida ilmiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda yoş olimlarni qöllab-quvvatlaş borasida kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








