
Bahor — yangilaniş va yaşariş fasli. Bu fasl özining ezgu anʼanalari bilan qalblarga iliqlik olib kiradi. Xususan, joriy yilning 13–14-mart kunlari mamlakatimiz böylab eʼlon qilingan “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boşlanadi!” şiori ostidagi umumxalq xayriya haşari Qöqon davlat universitetida ham uyuşqoqlik bilan boşlandi.
Haşar — xalqimizning köp asrlik qadriyatlaridan biri. Bugun universitet hovlisi har qaçongidan ham gavjum. Universitet rektori Dilnoza Xodjayeva boşçiligida professor-öqituvçilar, talaba-yoşlar va işçi-xodimlar erta tongdanoq bel boğlab işga kirişdilar. Haşarda talabalarning “Umidli yurt yoşlari” volontyorlik harakati aʼzolari ham faol iştirok etib, obodonlaştiriş işlariga munosib hissa qöşdilar. Maqsad bitta — özlari tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan maskanni yanada gözal va yaşil hududga aylantiriş.
Tadbir davomida universitet hududidagi har bir qariç yer eʼtibordan çetda qolmadi. Ariq va yölaklar tozalandi, daraxtlarga şakl berilib, oqlandi. Gullar ekildi. Amalga oşirilgan obodonlaştiriş işlari natijasida 1000 dan ziyod manzarali va mevali köçatlar ekildi, 5000 dan ortiq daraxt oqlandi, hududdan 12 tonna çiqindi olib çiqildi, suğoriş tarmoqlari esa soz holatga keltirildi.
Ayniqsa, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida universitet hududiga ekilayotgan mevali va manzarali daraxt köçatlari kelajakda bu maskanning havosini yanada musaffo, manzarasini esa yanada betakror etişi şubhasiz.
Haşar nafaqat obodonlaştiriş işlari, balki öziga xos tarbiya maktabi hamdir. Yoşlar bu orqali ona tabiatni asraş, mehnatning qadriga yetiş kabi fazilatlarni amalda örganmoqdalar.
Ikki kun davom etgan uşbu xayriya haşari nafaqat hududning körkiga körk qöşdi, balki bayramoldi tayyorgarligining öziga xos deboçasiga ham aylandi. Zero, obodlik bor joyda baraka, ahillik bor joyda esa yuksaliş böladi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








