
Qöqon davlat universiteti Boşlanğiç va texnologik taʼlim fakultetida talaba-yoşlarni komil inson ruhida tarbiyalaş, ularning qalbida milliy va madaniy qadriyatlarga hurmat tuyğusini mustahkamlaş, tarixiy merosimiz hamda umumbaşariy qadriyatlarga sadoqatni kuçaytiriş maqsadida “Yoşlik fasli” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Mazkur tadbir yoşlarning maʼnaviy olamini boyitiş, ularda milliy özlikni anglaş, ajdodlar merosiga ehtirom ruhini şakllantirişga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi. Unda fakultet professor-öqituvçilari, talaba-yoşlar hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.
Tadbir davomida sözga çiqqanlar yoşlik davri inson hayotining eng masʼuliyatli, ayni paytda eng sermahsul pallasi ekanini taʼkidlab, aynan şu davrda şakllangan maʼnaviy qaraşlar kelajak taqdirini belgilaşini alohida qayd etdilar. Milliy urf-odatlarimiz, boy madaniy merosimiz, ota-bobolarimizdan meros qadriyatlar yoşlar tarbiyasida mustahkam poydevor bölib xizmat qilişi aytib ötildi.
“Yoşlik fasli” tadbiri doirasida talabalar tomonidan sahna körinişlari, şeʼriy kompozitsiyalar, kuy-qöşiqlar hamda milliy anʼanalarni aks ettiruvçi çiqişlar namoyiş etildi. Har bir çiqiş yoşlarning isteʼdodi, taşabbuskorligi va ijodiy salohiyatini namoyon etdi. Ayniqsa, tarixiy qadriyatlarimizni tarğib etuvçi körinişlar tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunida yoşlarni har tomonlama yetuk, maʼnaviy barkamol şaxs sifatida tarbiyalaşda bunday maʼrifiy uçraşuvlar muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi. “Yoşlik fasli” nafaqat bayramona ruhdagi uçraşuv, balki yoşlar qalbida milliy ğurur, vatanparvarlik va umumbaşariy qadriyatlarga hurmat tuyğularini yanada mustahkamlagan mazmunli maʼnaviy maydonga aylandi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





