
Qöqon davlat universitetida "Yoşlar kuni" şunçaki kun emas, balki katta imkoniyatlar bayramiga aylanib bormoqda.
"Yoşlar kuni" doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri örinbosari Öktam Salomov va talabalar muloqotning ilk nuqtasi — yoş olimlar va talabalarning kreativ ğoyalari jamlangan innovatsion körgazma böldi. Bu yerda oddiy talabalik işlaridan tortib, murakkab muhandislik yeçimlarigaça bölgan startaplar namoyiş etildi.
Vazir örinbosari har bir ixtironi sinçkovlik bilan közdan keçirar ekan, ilmiy izlanişlarning qoğozda qolib ketmay, real amaliyotga tatbiq etilayotgani, işlab çiqariş jarayonlariga joriy etilayotgani masalasiga alohida eʼtibor qaratdi.
Şuningdek, yaratilayotgan işlanmalarni yanada rivojlantiriş, ularni startap loyihalariga aylantiriş hamda işlab çiqariş korxonalari bilan hamkorlikni kuçaytiriş zarurligini qayd etdi.
Körgazmadan söng muloqot zali qizğin muhokamalar maydoniga aylandi. Rasmiyatçilikdan butkul xoli, samimiy va oçiq ruhda ötgan muloqotda oçiqlik va samimiylik öz aksini topdi.
Talabalar bandligi, ilm-fandagi yangi islohotlar va innovatsion loyihalarni moliyalaştiriş, talabalar bandligini taʼminlaş — uçraşuvning eng qaynoq mavzulari böldi. Vazir örinbosari özining hayotiy tajribasi bilan örtoqlaşar ekan, talabalarni faqat bilim oliş bilan çeklanmay, kreativ fikrlaşga çorladi.
Eng muhimi, talabalar özlarini qiynayotgan muammolar va yangi loyihalarini töğridan-töğri rahbarlarga yetkaziş imkoniga ega böldilar. Har bir savolga berilgan batafsil javoblar yoşlar qalbida ertangi kunga bölgan işonçni yanada mustahkamladi.
Zero, bugun imkoniyat eşiklari keng oçilgan bir paytda, mana şunday jonli muloqotlar yangi-yangi marralar sari qöyilgan muhim qadamdir.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…







