
Bilim — çöqqilarga eltuvçi eng nurli yöl, saodatga eltuvçi eng töğri manzildir. Bugun Qöqon davlat universiteti ana şu nurli yölda sobitqadam bölgan, öz iqtidori va intilişi bilan tengdoşlariga çinakam örnak bölayotgan yoşlarni bir davraga jamladi.
Yoşlar kuni — nafaqat bayram, balki yil davomida qilingan mehnatlarning sarhisobi, intilişlarning eʼtirofidir. Universitetimizning har bir göşasida bugun ğoliblik şukuhi, ertangi kunga bölgan yuksak işonç sezilib turibdi.
Tantanali marosimni universitet rektori Dilnoza Xodjayeva oçib berar ekan, yoşlarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida töxtalib ötdi. Zero, davlatimiz rahbarining yoşlarga bölgan işonçi bugun har bir talabaning qölga kiritayotgan yutuğida öz aksini topmoqda.
Marosimning eng hayajonli lahzalari — taqdirlaş jarayoni boşlandi. Sahna markaziga öz ilmi bilan nomli davlat stipendiyalari sohiblari, Respublika va xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar ğoliblari taklif etildi. Ularning har birining ismi-şarifi yangraganda, zal olqişlarga töldi.
Şuningdek, yil davomida eng faol, taşabbuskor va fidoyi bölgan 'Yil talabasi – 2025' tanlovining mutlaq ğoliblari ham munosib eʼtirof etildi. Talabalarning erişgan natijalari universitet rahbariyati tomonidan nafaqat maʼnaviy, balki moddiy jihatdan ham rağbatlantirildi. Bu rağbat — yangi marralar, yangi zafarlar sari taşlangan ulkan qadamdir. Bugungi eʼtirof har bir talaba qalbida faxr tuyğusini uyğotib, ularni yanada yuksak çöqqilarni zabt etişga çorlaydi.
Zero, universitet nufuzi — uning iqtidorli yoşlari kamolida, ularning ğalabasida aks etadi. Zafaringiz muborak bölsin, yangi Özbekistonning aziz yoşlar!
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








