
Şavkat Mirziyoyev raisligida Köksaroy qarorgohida ötkazilgan yoşlar bilan oçiq muloqot nafaqat navbatdagi tadbir, balki mamlakat taraqqiyotining strategik yönalişlarini belgilab bergan muhim siyosiy va ijtimoiy voqelik sifatida baholanadi.
Oçiq muloqotda yana bir bor taʼkidlangan muhim ğoya şu böldiki, yoşlar – mamlakatning eng katta iqtisodiy, ijtimoiy va intellektual kapitali hisoblanadi. Bu fikr oddiy şior emas, balki davlat siyosatining ustuvor yönalişi sifatida şakllangan konseptual yondaşuvdir.
Bugungi global raqobat şaroitida mamlakatlarning salohiyati tabiiy resurslar bilan emas, balki inson kapitali bilan ölçanmoqda. Demak, oliy taʼlim muassasalari faqat bilim beruvçi emas, balki raqobatbardoş, taşabbuskor va innovatsion fikrlaydigan kadrlar tayyorlovçi markazlarga aylanişi şart.
Uçraşuvdan kelib çiqqan birinçi ustuvor xulosa — rahbarlar faoliyati oçiqlik va bevosita muloqotga asoslanişi lozimligidadir. Zamonaviy boşqaruv modeli yopiq kabinetlar emas, balki oçiq platforma va jonli muloqotga tayanadi.
Talabalarning muammolarini eşitiş, takliflarini qöllab-quvvatlaş va ularni tezkor hal etiş – bu faqat ijtimoiy vazifa emas, balki taʼlim sifatini oşirişning amaliy mexanizmi hisoblanadi. Çunki taʼlim tizimidagi har bir muammo, agar u öz vaqtida bartaraf etilmasa, umumiy natijaga salbiy taʼsir körsatadi.
Ikkinçi muhim yönaliş – xorijiy tillarni biliş, zamonaviy kasb va raqamli könikmalarni egallaş, startap va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişdir.
Bugun mehnat bozori diplomni emas, amaliy kompetensiyani talab qilmoqda. Şu nuqtai nazardan, universitet taʼlimi nazariya va amaliyot uyğunligiga asoslanişi zarur. Startap loyihalar, innovatsion ğoyalar, IT sohasi, sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyot kabi yönalişlar yoşlar uçun ulkan imkoniyat eşigini oçmoqda.
Oçiq muloqotda taʼkidlangan yana bir muhim jihat – yoşlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar tizimli xarakter kasb etganidir. Yoş tadbirkorlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş, startaplarni investitsiyalaş, xorijda tajriba orttiriş, innovatsiya va IT sohasida faoliyat yuritiş uçun qulay şart-şaroitlar yaratilgan.
Biroq imkoniyatning mavjudligi özi-özidan natija bermaydi. Undan foydalaniş uçun intiliş, taşabbus va mehnat talab etiladi. Bu esa talabalar oldiga şaxsiy masʼuliyat masalasini qöyadi.
Murojaatnomada ilgari surilgan muhim konsepsiya – zamonaviy universitet modeli hisoblanadi. Universitet faqat diplom beruvçi muassasa emas. U kasb örgatuvçi, ğoyani amaliy loyihaga aylantiruvçi, yoşlarni mustaqil hayotga tayyorlovçi, iş beruvçilar bilan uzviy hamkorlik qiluvçi tizim bölişi kerak.
Dual taʼlim mexanizmlarini joriy etiş, xorijiy til sertifikatlariga tayyorlaş, IT va kasb-hunar kurslarini kengaytiriş, ilmiy va startap loyihalarni amaliy qöllab-quvvatlaş – bu strategik vazifalar sifatida belgilanmoqda.
Yoşlar siyosatida ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qöllab-quvvatlaş alohida ahamiyat kasb etadi. Çunki taʼlimda teng imkoniyatlar tamoyili taʼminlanmas ekan, inson kapitali rivoji töliq bölmaydi. Şu maʼnoda, birorta yoşni eʼtibordan çetda qoldirmaslik – universitetlarning ustuvor tamoyili sifatida belgilab qöyilmoqda.
Murojaatnoma mazmunidan kelib çiqadigan asosiy ğoya şuki, imkoniyatlar yaratilmoqda, tizim şakllanmoqda, şaroit mavjud. Endi natija yoşlarning intilişi, taşabbusi va tinimsiz mehnatiga boğliq.
Dilnoza Xodjayeva
Qöqon davlat universiteti rektori
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…