
Qöqon şahrida joylaşgan eşitiş nuqsoniga ega bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktabda Yangi yil bayrami munosabati bilan unutilmas tadbir bölib ötdi. Qöqon davlat universiteti Surdopedagogika yönalişi talabalari hamda Maxsus pedagogika kafedrasi dotsenti Xurşidaxon Rahimova tomonidan taşkil etilgan “Yangi yil – quvonç va mehr bayrami” nomli bayram tadbiri bolajonlarga çinakam bayram kayfiyatini ulaşdi.
Tadbirning asosiy maqsadi eşitişida nuqsoni bölgan bolalarni qöllab-quvvatlaş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş, şuningdek, bölajak surdopedagog talabalarning kasbiy-amaliy könikmalarini mustahkamlaşdan iborat böldi. Bayram orqali bolalarning qalbiga quvonç, işonç va ezgulik uruğlari soçildi.
Bayram dasturi rang-barang sahna körinişlari bilan boşlandi. Talabalar tomonidan tayyorlangan qiziqarli çiqişlar, quvnoq raqslar, ifodali şeʼrlar hamda interfaol öyinlar bolalarning katta qiziqişi va faol iştiroki bilan ötdi. Har bir çiqiş bolajonlarning yuzida tabassum uyğotib, zalda samimiy va iliq muhitni yaratdi. Tadbir söngida esa bolajonlarga Yangi yil sovğalari ulaşildi
Mazkur bayram tadbiri inklyuziv taʼlim tamoyillarini amalda namoyon etib, mehr-oqibat, insonparvarlik va ijtimoiy masʼuliyat kabi yuksak qadriyatlarni tarğib etdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








