
Qöqon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari iştirokida “Turon” madaniyat uyida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi. Tadbir “Yangi Özbekiston taraqqiyotining poydevori – ustoz va murabbiylar” şiori ostida taşkil etildi.
Tadbirni universitet yoşlar masalalari böyiça birinçi prorektori Ahmadjon Husanov oçib berdi. U öz nutqida ustoz va murabbiylarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi örni, yoş avlodning intellektual va maʼnaviy kamolotidagi öziga xos hissasini alohida taʼkidladi.
Şuningdek, Qöqon davlat universiteti rektorining xotin-qizlar masalalari böyiça maslahatçisi Barnoxon Xasanova ham sözga çiqib, ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. U öz nutqida taʼlim tizimidagi xotin-qizlarning faoliyati, ustozlar fidoyiligi hamda yoşlar tarbiyasidagi masʼuliyat haqida iliq fikrlar bildirdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan kuy-qöşiqlar, şeʼriy çiqişlar, sahna körinişlari va raqslar ijro etildi. Bu çiqişlar ustozlarga bölgan hurmat va mehr-muhabbatni ifodalaş barobarida, bayramona kayfiyat ulaşdi.
Tadbir yakunida fakultet yoşlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosari Farrux Quşboyev barça taşkilotçilar va iştirokçilarga minnatdorlik bildirib, ustoz-şogird munosabatlarining mustahkamlanişi yoşlarning maʼnaviy barkamolligida muhim omil ekanini qayd etdi.
Mazkur tadbir ustozlarga ehtirom, milliy qadriyatlarga sadoqat va talabalarda maʼnaviy-maʼrifiy ongni yuksaltirişga xizmat qildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…







