
Qöqon davlat universitetida xotin-qizlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, sportga bölgan qiziqişni oşiriş hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlaş maqsadida “Quvnoq startlar” sport bellaşuvi taşkil etildi.
Musobaqaning oçiliş marosimida universitetning birinçi prorektori Ahmadjon Husanov sözga çiqib, iştirokçilarni samimiy qutladi. U öz nutqida xotin-qizlarning jamiyatdagi örni va nufuzini alohida taʼkidlab, ularning nafaqat ilm-fan va taʼlimda, balki sport sohasida ham faol bölişi muhim ahamiyat kasb etişini qayd etdi. Şuningdek, bunday sport tadbirlari soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, jamoaviy birdamlikni mustahkamlaş va ijobiy muhit yaratişda muhim omil ekanini alohida urğuladi.
Mazkur musobaqada fakultetlardan şakllantirilgan, har biri 8 nafardan iborat jamoalar iştirok etdi. Iştirokçilar turli qiziqarli va şiddatli sport şartlari orqali özlarining çaqqonligi, epçilligi, tezkorligi hamda jamoaviy hamkorlik könikmalarini namoyon etdilar. Bellaşuvlar jarayoni soğlom raqobat, quvnoq kayfiyat va sportiy ruh bilan yöğrilgan holda ötdi. Tomoşabinlar tomonidan faol qöllab-quvvatlangan jamoalar har bir şartda ğalaba uçun bor kuç va mahoratini safarbar etdi.
Tadbir davomida sport nafaqat jismoniy çiniqiş vositasi, balki jamoani birlaştiruvçi, irodani mustahkamlovçi va ijobiy kayfiyat baxş etuvçi muhim omil ekani yana bir bor öz tasdiğini topdi. Ayniqsa, xotin-qizlarning faol iştiroki va taşabbuskorligi musobaqaga özgaça şukuh bağişladi.
Musobaqa yakunlariga köra 1-örin Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasiga, 2-örin Xorijiy filologiya fakulteti jamoasiga, 3-örin Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti jamoasiga nasib etdi.
Ğolib va sovrindor jamoalar Sport klubi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi. Şuningdek, barça iştirokçilarga minnatdorlik bildirilib, ularning sportga bölgan qiziqişi va faolligi alohida eʼtirof etildi.
Mazkur sport tadbiri universitet xotin-qizlari örtasida soğlom turmuş tarzi madaniyatini keng tarğib etiş, jismoniy faollikni oşiriş va döstona muhitni mustahkamlaşga xizmat qildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








