
Qöqon davlat universiteti Fakultetlararo tillar kafedrasida “Respublika oliy taʼlim muassasalarida ikkinçi çet tillarni öqitişning zamonaviy nazariy va amaliy yondaşuvlari: ingliz, nemis, rus va özbek tillari böyiça ilmiy-tadqiqotlar va pedagogik tajribalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani taşkil etildi. Ilmiy anjuman mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida xorijiy tillarni öqitiş metodikasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va lingvistik tadqiqotlarni rivojlantiriş masalalariga bağişlandi.
Anjumanda respublikamizning turli oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlari va xorijiy tillar yönalişidagi mutaxassis olimlari, professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar hamda magistrantlar iştirok etdilar. Yalpi majlisida Qöqon davlat universiteti prorektori Şarifjon Pulatov sözga çiqib, bugungi globallaşuv davrida xorijiy tillarni puxta örganiş, zamonaviy pedagogik metodlarni amaliyotga joriy etiş hamda xalqaro ilmiy integratsiyani kuçaytiriş dolzarb vazifalardan biri ekanligini taʼkidladi.
Anjuman davomida tilşunoslik, lingvokulturologiya, lingvodidaktika, tarjimaşunoslik va raqamli texnologiyalarni taʼlim jarayoniga integratsiya qilişga oid qator dolzarb mavzularda ilmiy maʼruzalar tinglandi. Jumladan, Qöqon davlat universiteti dotsenti Sofiyaxon Usmonova tomonidan “Özbek tili darsliklarida toponimlar masalasi”, dotsent Mazmuna Otaboyeva tomonidan “Diniy diskursda “imon” konseptining lingvokulturologik talqini”, dotsent Elyorjon Yusufaliyev tomonidan esa “Ikkinçi çet tilini öqitişning lingvodidaktik va metodik integratsiyasi” mavzularida maʼruzalar taqdim etildi.
Şuningdek, anjumanda rus va ingliz tillaridagi ilmiy izlanişlarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, universitet tadqiqotçisi Dilnozaxon Burxanova tomonidan özbek va rus tillaridagi “aka-uka” terminining qiyosiy-lingvistik tahlili, UzDJTU dotsenti Sobirjon Xamzayev tomonidan esa inson tafakkurining ingliz va özbek tillari leksik boyligidagi örni haqida maʼruza qilindi.
Anjumanning ikkinçi qismida yoş olimlar va magistrantlarning ilmiy çiqişlari tinglandi. Xususan, internet tilidagi grafik muloqot vositalari, siyosiy nutqlarning madaniyatlararo tahlili, gender nutq xususiyatlari hamda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni gamifikatsiyada qöllaş kabi zamonaviy mavzular muhokama markazida böldi. Bu esa bugungi kunda xorijiy tillarni öqitişda innovatsion texnologiyalarning örni tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Konferensiya davomida iştirokçilar özaro ilmiy fikr almaşib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan taklif va taşabbuslarni ilgari surdilar. Mutaxassislar tomonidan xorijiy tillarni öqitişda interaktiv metodlardan foydalaniş, sunʼiy intellekt imkoniyatlarini taʼlim tizimiga joriy etiş, til va madaniyat uyğunligini taʼminlaş böyiça qator tavsiyalar işlab çiqildi.
Mazkur ilmiy-amaliy anjuman xorijiy tillarni öqitiş metodikasini yanada takomillaştiriş, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş va oliy taʼlim muassasalari örtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlaşda muhim maydon bölib xizmat qildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








