
Qöqon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida “Uç avlod” uçraşuvi kötarinki ruhda taşkil etildi.
Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir turli avlod vakillarini — köp yillik tajribaga ega bölgan faxriy ustozlar, ilmiy salohiyati bilan ajralib turuvçi professor-öqituvçilar hamda izlanuvçan, iqtidorli talabalarni bir davrada jamladi. Uçraşuvdan közlangan asosiy maqsad yoş avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, ustoz-şogird anʼanalarini yanada mustahkamlaş, şuningdek, avlodlar örtasidagi uzviylik va vorisiylikni taʼminlaşdan iborat böldi.
Tadbir davomida sözga çiqqan faxriy ustozlar özlarining boy hayotiy tajribalari, ilmiy izlanişlari va kasbiy faoliyatidagi muhim bosqiçlar haqida samimiy fikr yuritib, yoşlarga hayotiy saboq böladigan qimmatli tavsiyalar berdilar. Ularning ibratli yöli, fidoyiligi va ilmga bölgan sadoqati talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Şu bilan birga, talabalar ham faol iştirok etib, öz fikr-mulohazalari, taşabbuslari va kelajak rejalari bilan örtoqlaşdilar. Bu esa uçraşuvni yanada jonli, mazmunli va interaktiv ruhda ötişini taʼminladi.
Uçraşuv oçiq muloqot, samimiy suhbatlar va qizğin savol-javoblar asosida taşkil etilib, barça iştirokçilarda iliq taassurotlar qoldirdi. Bunday uçraşuvlar talabalarning maʼnaviy-axloqiy dunyoqaraşini boyitiş, ularni barkamol va yetuk şaxs sifatida kamol toptirişda muhim omil bölib xizmat qiladi.
Tadbir yakunida iştirokçilar tomonidan “Uç avlod” uçraşuvlarini muntazam ravişda taşkil etiş, bu orqali tajriba almaşiş va yoşlar bilan işlaş samaradorligini yanada oşiriş zarurligi alohida taʼkidlandi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





