
Xorijiy filologiya fakultetida 21-oktyabr — Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatga ega adabiy-badiiy keça ötkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoşlar qalbida ona tiliga mehr va hurmat tuyğusini yanada mustahkamlaş, özbek tili va adabiyotining bebaho boyliklarini keng tarğib etişdan iborat böldi.
Keça davomida talabalar tilimiz gözalligi, söz qudrati va milliy özligimiz ifodasini tarannum etuvçi şeʼrlar, sahna körinişlari va musiqiy çiqişlar bilan iştirok etdilar. Şuningdek, taniqli adiblar hayoti va ijodi, özbek tilining tarixiy rivojlaniş bosqiçlari haqida maʼlumotlar ham taqdim etildi.
Tadbirda fakultet professor-öqituvçilari ham sözga çiqib, ona tilining jamiyat taraqqiyotidagi örni, yoş avlodni vatanparvarlik va milliy ğurur ruhida tarbiyalaşdagi ahamiyatini taʼkidladilar.
Bayramona ruhda ötgan keça ona tilimizning uluğligini his etiş, uni asrab-avaylaş va yanada boyitişga undovçi, yoşlarning ijodiy salohiyatini namoyon etgan unutilmas madaniy tadbirlardan biri böldi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








