
Qöqon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetida “Xon atlas” oyligi doirasida “Milliy libos – milliy ğurur” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi. Tadbirda professor-öqituvçilar, fakultet talabalari hamda mehmonlar iştirok etdi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoşlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, ularning estetik dunyoqaraşini şakllantiriş va milliy liboslarimizning tarixiy hamda maʼnaviy ahamiyatini tarğib qilişdan iborat böldi.
Tadbir davomida özbek xalqining qadimiy anʼanalari, milliy liboslarning betakror gözalligi, ular orqali xalqimizning maʼnaviy boyligi va madaniy merosi yoritib berildi. Fakultet talabalari turfa xil milliy liboslarda çiqiş qilib, milliy kiyimlarning öziga xosliklari hamda ularning xalq hayotidagi örni haqida taʼsirçan namoyiş ötkazdilar.
Tadbir yakunida milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş, ularni kelajak avlodga yetkaziş hamda yoşlarda milliy ğurur va iftixor tuyğularini kuçaytiriş zarurligi alohida taʼkidlandi. Şuningdek, bunday maʼnaviy-maʼrifiy taşabbuslar universitet talabalari uçun nafaqat estetik tarbiya manbai, balki milliy özlikni anglaş va uni qadrlaşga xizmat qilişi qayd etildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…




