
Farğona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Şaanxi Foreign Economic & Trade Construction Group Co., Ltd.” (SFETCG) kompaniyasi rahbari Sin Szyanbang boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi.
Qöqon şahrida taşkil etilgan muloqotda ta’lim va turizm sohalarida istiqbolli qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda özaro aloqalarni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Mazkur kompaniya Qöqon davlat universiteti bilan hamkorlikni yölga qöyib, bir qator loyiha takliflarini tayyorlagan. Uçraşuvda ilğor tajriba va ilmiy yondaşuvlar asosida Qöqon şahrida turizm salohiyatini oşiriş, şuningdek, universitet bilan tibbiyot hamda inklyuziv ta’lim böyiça şeriklik örnatiş imkoniyatlari atrofliça muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida ikki tomonlama munosabatlarni aniq loyihalar doirasida davom ettirişga kelişildi.
Ma’lumot örnida: “SFETCG” — Xitoyning Şensi provinsiyasida taşkil etilgan yirik davlat kompaniyasi bölib, xalqaro quriliş, muhandislik va taşqi savdo yönalişlarida faoliyat yuritadi. Kompaniya Markaziy Osiyo va Özbekiston bozoridagi iştirokini izçil kengaytirib bormoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…

