
Qöqon davlat universitetida “Global Art & Ceramics Summer Camp – Kokand 2026” xalqaro yozgi lageri öz işini boşladi. 17–23-avgust kunlari ötkazilayotgan mazkur xalqaro loyiha tasviriy san’at, kulolçilik va amaliy san’at yönalişlarida ijodiy tajriba almaşiş, yoş iste’dodlarni qöllab-quvvatlaş hamda xalqaro madaniy aloqalarni yanada mustahkamlaşga qaratilgan.
Yozgi lagerda dunyoning turli mamlakatlaridan taşrif buyurgan iştirokçilar — professor-öqituvçilar, talabalar, rassomlar, kulollar, dizaynerlar, yoş mutaxassislar va hamkor oliy ta’lim muassasalari vakillari jam bölgan. Xususan, Qirğiziston, Turkiya, Hindiston, Qozoğiston, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Saudiya Arabistoni, Afğoniston va Xitoydan kelgan iştirokçilar Qöqonda özaro tajriba almaşib, ijodiy hamkorlik uçun yangi imkoniyatlarni yaratmoqdalar.
Lagerning asosiy jihatlaridan biri — turli mamlakatlar vakillarining san’at va hunarmandçilik sohasidagi bilim va könikmalarini özaro baham körişidir. Iştirokçilar tasviriy san’at, kulolçilik va amaliy san’atning turli yönalişlari böyiça amaliy maşğulotlarda qatnaşib, yangi texnika va usullarni örganmoqdalar. Tajribali ustalar va mutaxassislar iştirokidagi mahorat darslari esa yoş ijodkorlar uçun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyğunlaştiriş imkonini bermoqda.
Ayniqsa, kulolçilik maşğulotlari lager dasturining muhim qismidan örin olgan. Iştirokçilar an’anaviy kulolçilik usullari bilan bir qatorda zamonaviy yondaşuvlar, şakl va bezak yaratiş texnikalari böyiça tajriba almaşmoqdalar. Turli mamlakatlardan kelgan ijodkorlarning bir maydonda işlaşi esa milliy maktablar va san’at an’analarining öziga xos jihatlarini namoyon etiş imkonini bermoqda.
“Global Art & Ceramics Summer Camp – Kokand 2026” nafaqat ijodiy mahoratni oşiriş, balki xalqlar örtasidagi madaniy muloqotni rivojlantirişga xizmat qilayotgan xalqaro maydon sifatida ham ahamiyatlidir. Lager davomida iştirokçilar bir-birining milliy san’ati, hunarmandçiligi va madaniy merosi bilan yaqindan tanişib, yangi ijodiy ğoyalarni şakllantirmoqda. Eng muhimi, uşbu jarayon xalqaro döstlik va hamkorlik riştalarining mustahkamlanişiga zamin yaratmoqda.
Qöqon davlat universitetida taşkil etilgan xalqaro yozgi lager universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, ijodiy va akademik muhitni kengaytiriş, şuningdek, san’at va hunarmandçilik yönalişlarida yangi loyihalarni amalga oşiriş borasidagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasidir.
“Global Art & Ceramics Summer Camp – Kokand 2026” doirasidagi maşğulotlar, ijodiy uçraşuvlar, mahorat darslari va madaniy dasturlar 23-avgustga qadar davom etadi. Mazkur xalqaro loyiha yakunida iştirokçilar tomonidan yaratilgan ijodiy işlar, orttirilgan tajribalar va yangi hamkorlik taşabbuslari kelgusidagi xalqaro loyihalar uçun muhim poydevor bölib xizmat qilişi kutilmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…







