
Qöqon davlat universitetida xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytiriş, talabalarning zamonaviy bilim va könikmalarini rivojlantiriş hamda taʼlim jarayoniga ilğor xorijiy tajribalarni tatbiq etiş borasidagi işlar izçil davom etmoqda.
Ana şunday hamkorlik loyihalari doirasida Latviyaning Ventspils Amaliy fanlar universiteti professor-öqituvçilari iştirokida Iqtisod taʼlimi yönalişining ingliz tili guruhida tahsil olayotgan 1-bosqiç talabalari uçun onlayn dars maşğuloti taşkil etildi.
Mazkur maşğulotda Ventspils Amaliy fanlar universitetining öquv işlari böyiça prorektori, dotsent Liene Resele-Dūsele hamda Iqtisodiyot va boşqaruv fakulteti dekani, iqtisodiyot va biznes yönalişi böyiça PhD, dotsent Dace Šterenberga maʼruzalar bilan iştirok etdi.
Dars jarayonida talabalar Yevropa taʼlim tizimi, iqtisodiyot va biznes sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, innovatsion boşqaruv yondaşuvlari hamda xalqaro mehnat bozorida talab etilayotgan kompetensiyalar haqida batafsil maʼlumotlarga ega böldilar. Şuningdek, xorijiy oliy taʼlim muassasalarida taʼlimni taşkil etiş tajribasi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, talabalar almaşinuvi dasturlari va akademik mobillik imkoniyatlari yuzasidan ham fikr almaşildi.
Maşğulot davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, iqtisodiyot va biznes sohasidagi dolzarb masalalar böyiça xalqaro ekspertlarning tavsiya va mulohazalarini tinglaş imkoniyatiga ega böldilar. Bu esa yoşlarning nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlaş, balki xorijiy tajribalarni çuqurroq örganiş va kasbiy dunyoqaraşini kengaytirişga xizmat qildi.
Taʼkidlanganidek, bugungi globallaşuv şaroitida xalqaro hamkorlik asosida taşkil etilayotgan bunday darslar talabalarning raqobatbardoşligini oşiriş, çet tillarini amaliy qöllaş könikmalarini mustahkamlaş hamda zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni çuqur anglaşida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur onlayn maşğulot Qöqon davlat universiteti va Ventspils Amaliy fanlar universiteti örtasidagi samarali hamkorlikning yana bir amaliy natijasi bölib, ikki oliy taʼlim muassasasi örtasidagi akademik aloqalarni yanada rivojlantiriş, qöşma taʼlim va ilmiy loyihalarni kengaytiriş yölidagi muhim qadam sifatida eʼtirof etildi. Kelgusida ham talabalarning xalqaro taʼlim muhitidagi iştirokini kuçaytiriş, ilğor tajribalarni örganiş va akademik almaşinuv imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan hamkorlik tadbirlari davom ettirilişi rejalaştirilgan.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…



