
Qöqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakultetida “Jismoniy tarbiya taʼlimini modernizatsiya qilişda xalqaro standartlar: muammo va yeçimlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman yuqori saviyada taşkil etildi.
Tadbir jismoniy tarbiya sohasida taʼlim sifatini oşiriş, xalqaro tajribalarni örganiş va zamonaviy pedagogik yondaşuvlarni joriy etişga bağişlandi.
Anjumanda Özbekiston va qöşni davlatlarning yetakçi oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilari hamda ilmiy xodimlari iştirok etdilar. Xususan, Farğona davlat universiteti, Oş davlat universiteti, Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti kabi köplab oliygohlardan olimlar öz ilmiy maʼruzalari bilan anjumanda iştirok etib, taʼlim jarayonlarini takomillaştiriş böyiça öz takliflarini bildirdi.
Anjuman davomida jismoniy tarbiya öquv dasturlarini xalqaro tajriba asosida isloh qiliş, pedagogik innovatsiyalarni joriy etiş, öqituvçilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantiriş, inklyuziv sport taʼlimini takomillaştiriş hamda sport taʼlimi sifatini baholaşning xalqaro indikatorlarini joriy etiş kabi dolzarb masalalar atrofliça muhokama qilindi.
Tadbir yakunida iştirokçilar tomonidan ilgari surilgan ilmiy taklif va tavsiyalar umumlaştirilib, jismoniy tarbiya taʼlimini modernizatsiya qiliş böyiça xalqaro hamkorlikni yanada kengaytiriş va ilmiy-amaliy loyihalarni rivojlantirişga kelişib olindi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





