
Qöqon davlat universitetida “Language and Career” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy talabalar konferensiyasi doirasida onlayn va video maʼruzalar seksiyasi yuqori taşkiliy darajada taşkil etildi. Mazkur ilmiy anjuman turli oliy taʼlim muassasalari talabalari uçun ilmiy tajriba almaşiş, xorijiy tillarning kasbiy faoliyatdagi örni va ahamiyatini çuqur tahlil qiliş hamda zamonaviy ilmiy qaraşlarni muhokama qiliş uçun muhim platforma bölib xizmat qildi.
Konferensiyada Rossiya Federatsiyasi va Özbekiston Respublikasining yetakçi oliy taʼlim muassasalaridan olimlar, professor-öqituvçilar hamda iqtidorli talabalar iştirok etdi. Tadbirda ilmiy işlar sifatini baholaş va ilmiy munozaralarni yuqori saviyada taşkil etiş maqsadida malakali mutaxassislardan iborat hakamlar hayʼati faoliyat yuritdi.
Xususan, hakamlar hayʼati tarkibida quyidagi yetuk olimlar faol iştirok etdilar:
— Fominyx Nataliya Yuryevna, pedagogika fanlari doktori, professor (G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti);
— Yöldoşev Ötkir Jumakuzievich, Qöqon davlat universiteti pedagogika kafedrasi dotsenti;
— Xolmatova Ziroat Anvarovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Qöqon davlat universiteti pedagogika kafedrasi mudiri.
Hakamlar hayʼati va taşkiliy qömita aʼzolari tarkibida iqtisodiyot hamda filologiya yönalişlari böyiça yetuk mutaxassislar iştirok etib, taqdim etilgan ilmiy işlarni xolisona va adolatli baholadilar. Bu esa konferensiyaning ilmiy saviyasini yanada oşirişga xizmat qildi.
Mazkur konferensiyada Qöqon davlat universitetining bir qator iqtidorli magistrantlari ham öz ilmiy işlari bilan faol iştirok etdilar. Jumladan, Otaboyeva Dilafruz Nusratullayevna, Karimova Şahnoza Uluğbek qizi, Tillaxöjayev Azizxon Orifxon öğli hamda Qosimov Abdulaziz Obidjon öğli özlarining dolzarb ilmiy izlanişlari bilan konferensiya iştirokçilari eʼtiborini qozondilar.
Şuningdek, Nijniy Novgorod davlat texnika universiteti hamda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti talabalari ham öz ilmiy maʼruzalari bilan iştirok etib, xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlaşga öz hissalarini qöşdilar. Ularning iştiroki ilmiy aloqalarni kengaytiriş va tajriba almaşiş imkoniyatini yanada boyitdi.
Umuman olganda, mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yoş tadqiqotçilarning ilmiy salohiyatini rivojlantiriş, xorijiy tillarni örganişning kasbiy ahamiyatini yoritiş hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…


