
Qöqon davlat universitetida professor-öqituvçilar va ilmiy tadqiqotçilarning innovatsion faoliyatini rivojlantiriş, ilmiy işlanmalarni amaliyotga joriy etiş hamda ularni iqtisodiyot tarmoqlari bilan integratsiyalaşga qaratilgan xalqaro öquv-trening kurslari öz işini boşladi. Joriy yilning 1–6-iyun kunlari davom etadigan “Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy işlanmalarni tijoratlaştirişni taşkil etiş va boşqariş” mavzusidagi mazkur treninglar zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etiş, innovatsion ğoyalarni qöllab-quvvatlaş va universitetlarning ilmiy salohiyatini oşirişga xizmat qilmoqda.
Trening maşğulotlarini yuqori saviyada taşkil etiş maqsadida Qöqon davlat universitetining Qozoğistondagi hamkor oliy taʼlim muassasalaridan biri — K. I. Satbayev universiteti mutaxassislari jalb etildi. Xususan, texnika fanlari nomzodi Akmaral Daurenbekova, universitet boş menejeri Zafar Maxamatiyev hamda patentşunos Asel Nurmaxanova treninglarda ekspert va maʼruzaçi sifatida iştirok etmoqda. Ular tomonidan ilmiy işlanmalarni tijoratlaştirişning zamonaviy mexanizmlari, xalqaro tajribalar hamda innovatsion boşqaruv usullari yuzasidan batafsil maʼlumotlar berilmoqda.
Öquv-trening dasturi doirasida ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlaştirişning huquqiy va taşkiliy asoslari, innovatsion loyihalarni samarali boşqariş, startap taşabbuslarini rivojlantiriş, intellektual mulkni himoya qiliş, patent oliş tartiblari hamda texnologiyalar transferi kabi dolzarb yönalişlar böyiça nazariy va amaliy maşğulotlar taşkil etilmoqda. Şuningdek, universitet va biznes subyektlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, ilmiy işlanmalarning bozorga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Maşğulotlar davomida iştirokçilar innovatsion mahsulotlarni tijoratlaştiriş jarayonida uçraydigan muammolar, ularni bartaraf etiş yöllari, xalqaro grantlar va investitsiyalarni jalb qiliş mexanizmlari böyiça ham amaliy tavsiyalar olişmoqda. Treninglar interaktiv şaklda taşkil etilib, unda oçiq muloqotlar, taqdimotlar, amaliy кейсlar tahlili hamda tajriba almaşiş jarayonlari olib borilmoqda.
Mazkur xalqaro öquv-trening kurslari professor-öqituvçilarning ilmiy va innovatsion salohiyatini yanada oşiriş, ilmiy ğoya va işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş, universitetda innovatsion ekotizimni şakllantiriş hamda ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bilan birga, uşbu taşabbus oliy taʼlim muassasalarida ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş tizimini rivojlantiriş, ilmiy faoliyatning iqtisodiy samaradorligini oşiriş hamda raqobatbardoş innovatsion mahsulotlar yaratişga xizmat qilişi bilan eʼtiborlidir.
Trening yakunida faol iştirok etgan professor-öqituvçilar va tinglovçilarga maxsus sertifikatlar topşirilişi rejalaştirilgan.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








