
Qöqon davlat universitetida “Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun” şiori ostida “Mustaqillik darsi” barça fakultetlarda bir vaqtda ötkazildi. Tadbirning boş maqsadi yoşlar ongida mustaqillik ğoyasini mustahkamlaş, tarixiy xotira va yurtparvarlik tuyğularini yanada kuçaytirişdan iborat böldi.
Darslar davomida mustaqillikning tarixiy-madaniy mohiyati, ozod va obod yurtni orzu qilgan ota-bobolarimizning kuraş va fidoyiligi, mustaqillikni qölga kiritiş jarayonidagi murakkab sinovlar keng yoritildi. Şuningdek, mustaqillikdan söng qisqa tarixiy davrda mamlakatimizda erişilgan yutuqlar, turli sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlarning samaralari hamda ularning jamiyat hayotidagi ijobiy taʼsiri misollar orqali tuşuntirildi.
Universitetning barça fakultetlarida, jumladan Pedagogika va psixologiya fakultetida ham “Mustaqillik darsi” mazmunan yagona konsepsiya asosida olib borildi. Maʼruzaçilar va ustozlar talabalarga mustaqillik qadri, milliy özlikni anglaş, fuqarolik masʼuliyati hamda qonunlarga hurmat kabi mavzularni interfaol usullarda yetkazdi. Darslarda tarixiy manbalar, statistik dalillar va zamonaviy islohotlardan olingan real misollar qöllanib, mavzuning hayotiy ahamiyati oçib berildi.
Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi. Talabalar mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va taʼlim tizimidagi yangilanişlar yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Mazkur darslar öquv yili davomida ham maʼnaviy-maʼrifiy işlarning uzviy qismi sifatida muntazam davom ettiriladi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…



