
Qöqon davlat universitetining barça fakultetlarida mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bağişlab “Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun” degan ezgu ğoyani özida mujassam etgan “Mustaqillik darsi” taşkil etildi.
Mazkur darslarda talabalar, professor-öqituvçilar, yoş olimlar va mehmonlar iştirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi yoşlarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va xalq oldidagi masʼuliyat tuyğusini yanada mustahkamlaşdan iborat böldi.
Tarix kafedrasining tajribali professor-öqituvçilari tomonidan olib borilgan darslarda Özbekiston mustaqillikka erişiş jarayonidagi tarixiy bosqiçlar, istiqlolning dastlabki yillaridagi islohotlar hamda bugungi taraqqiyot yutuqlari haqida keng maʼlumotlar berildi. Şuningdek, istiqlol tufayli erişilgan yutuqlar, xalqimizning ozod va obod hayot sari intilişlari, Prezidentimiz rahbarligida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning mazmun-mohiyati ham yoritib ötildi.
Talabalar öz çiqişlarida mustaqillikning ular hayotidagi örni, kelajakka bölgan işonç va intilişlari haqida fikr bildirdilar. Ularning nutqlarida milliy iftixor, Vatan ravnaqi yölidagi masʼuliyat va yuksak orzular aks etdi.
“Mustaqillik darsi” nafaqat tarixiy bilimlarni boyitiş, balki yoşlar qalbida ğurur va masʼuliyat tuyğusini uyğotişda, ularni yurtga sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…






