
Bugun universitetning Sanʼat va sport fakulteti hududida “Umidli yurt yoşlari” loyihasi doirasida muhim ekologik taşabbus amalga oşirildi. Tadbirda faol talaba-yoşlar iştirok etib, fakultet hududida ramziy maʼnoga ega bölgan “Volontyorlar daraxti”ni ekdilar. Mazkur taşabbus yoşlar orasida ekologik ong va masʼuliyatni oşiriş, atrof-muhitni muhofaza qilişga bölgan eʼtiborni kuçaytirişga xizmat qilmoqda.
Uşbu tadbirning asosiy maqsadi — universitet hududini obodonlaştiriş, yaşil maydonlarni kengaytiriş, talaba-yoşlar örtasida hamjihatlik va döstlik muhitini mustahkamlaşdan iborat. Şuningdek, loyiha orqali yoşlar orasida ekologik madaniyatni şakllantiriş, ularni tabiatga mehr bilan munosabatda bölişga undaş közda tutilgan. Tadbir davomida iştirokçilar daraxt ekiş jarayonida faol qatnaşib, ekologik taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanliklarini amalda namoyiş etdilar.
Eʼtiborlisi, volontyor talabalar safidan Hikmatillo Ibrohimov universitet hududidagi foydalanilmayotgan yer maydonlarini samarali işlatiş böyiça amaliy taşabbus körsatdi. U mazkur hududni yumşatib, yerga poliz ekinlarini qadadi va bu orqali boşqalarga örnak böldi. Uşbu amaliy iş talabalarning taşabbuskorligi, mehnatsevarligi va mavjud resurslardan oqilona foydalaniş borasidagi masʼuliyatini yaqqol namoyon etdi.
Bunday ezgu taşabbuslar yoşlarning jamiyat hayotidagi faol iştirokini taʼminlaş, ularning ijtimoiy masʼuliyatini oşiriş hamda atrof-muhitni asraş borasidagi bilim va könikmalarini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. “Umidli yurt yoşlari” loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan bunday tadbirlar kelajak avlodni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalaş, ekologik muammolarga befarq bölmaslikka undaş yölida muhim qadam bölib xizmat qilmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








