
Qöqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakultetida Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligiga bağişlangan “Uluğimsan, Vatanim” nomli teatrlashtirilgan konsert dasturi bölib ötdi. Mazkur madaniy tadbir yoşlar qalbida vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş, milliy adabiyot va sanʼatga bölgan qiziqişni oşiriş hamda buyuk şoir merosini keng tarğib etiş maqsadida taşkil etildi.
Tadbir davomida talaba-yoşlar tomonidan Muhammad Yusuf ijodidan namunalar, şeʼrlar, sahna körinişlari va musiqiy çiqişlar namoyiş etildi. Ayniqsa, şoir qalamiga mansub vatan, muhabbat va insoniylikni tarannum etuvçi asarlar asosida tayyorlangan teatrlashtirilgan sahnalar tomoşabinlarda çuqur taassurot qoldirdi. Konsert dasturida milliy kuy-qöşiqlar, badiiy kompozitsiyalar hamda zamonaviy sahna yeçimlari uyğunlaşib, tadbirning badiiy saviyasini yanada oşirdi.
Tadbirda professor-öqituvçilar, talabalar va mehmonlar iştirok etib, yoş ijroçilarning isteʼdodi va sahna madaniyatini yuqori baholadilar. Har bir çiqiş tomoşabinlar tomonidan iliq kutib olinib, samimiy olqişlar bilan qarşi olindi.
Mazkur teatrlashtirilgan konsert nafaqat madaniy hordiq bağişladi, balki talaba-yoşlarning ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş hamda buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat tuyğusini yanada mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








