
Özbekistonda oliy ta’lim taşkilotlaridagi tyutorlik faoliyati 2025-yil 17-oktabrdagi Vazirlar Mahkamasining 656-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida taşkil etiladi. Mazkur hujjatda tyutorning vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda lavozimga qöyiladigan malaka talablari belgilangan.
Tyutor kim?
Tyutor — oliy ta’lim taşkilotida talabalarga ta’lim oliş, şaxsiy va kasbiy rivojlaniş, ijtimoiy moslaşuv hamda tarbiyaviy masalalarda kömaklaşadigan xodim.
Tyutor öziga biriktirilgan talabalar bilan individual işlaydi, ularning muammolarini örganadi, öqiş jarayonidagi qiyinçiliklarni bartaraf etişga yordam beradi va universitet hayotida faol iştirok etişlarini qöllab-quvvatlaydi.
Tyutor lavozimiga qanday talablar qöyilgan?
Vazirlar Mahkamasining 656-son qaroriga muvofiq, tyutorlik lavozimiga nomzod quyidagi asosiy talablarga javob berişi kerak.
1.Oliy ma’lumotga ega böliş
2. Ta’lim beriş huquqidan mahrum etilmagan böliş
3. Pedagogik va psixologik bilimlarga ega böliş
4.Madaniyatli, mas’uliyatli, kirişuvçan, vatanparvar va taşabbuskor böliş
5.Mustaqil qaror qabul qiliş
Tyutorning asosiy vazifalari
* Talabalarning darsga qatnaşişi va özlaştirişini kuzatib boriş.
* Talabalarning universitetdagi ta’lim jarayoniga moslaşişiga kömaklaşiş.
* Ularning muammolarini aniqlaş va tegişli mas’ullar bilan birgalikda hal etiş.
* Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tögaraklar va boşqa taşabbuslarga talabalarni jalb qiliş.
* Talabalar turar joyidagi va ijaradagi yaşaş şaroitlari bilan boğliq masalalarni örganiş.
* Talabalar va ularning ota-onalari bilan hamkorlik qiliş.
* Talabalarning şa’ni, qadr-qimmati va şaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini hurmat qiliş.
Neça nafar talabaga biriktiriladi?
Nizomning 12-bandiga köra, tyutorlarga kunduzgi ta’lim şaklida bakalavriatning 1–3-kurslarida tahsil olayotgan talabalar biriktiriladi. Odatda, bir tyutorga 120–150 nafar talaba töğri keladi.
Iş tajribasi majburiymi?
Nizomning 17-bandida tyutorlikka tayinlaş uçun alohida minimal iş staji talabi körsatilmagan. Ya’ni, asosiy talablar — bakalavr diplomi, pedagogik-psixologik bilim va tajriba, tarbiyaviy işlarni biliş hamda zarur şaxsiy kompetensiyalardir. Ilmiy daraja va ilmiy unvon esa afzallik beradi.
Batafsil: https://lex.uz/pdffile/7774756
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…