
Navröz — yangilaniş, mehr-oqibat va hamjihatlik ayyomi. Bu kunlarda hatto havoning nafasi ham özgaça, qalbimizga yaşariş şukuhini olib kiradi.
Qöqon davlat universitetida ham bu yilgi bahor tantanalari özgaça şukuh, özgaça tarovat bilan boşlandi.
Bayramning eng gözal anʼanalaridan biri — bu birdamlik dasturxonidir. Bugun universitet rahbariyati taşabbusi bilan barça talabalar turar joylarida öçoqlarga olov yoqildi. Gurkirab yongan olov taftida ezgu niyatlar bilan bayram oşi damlandi. Tadbir talaba-yoşlar uçun oltin davrining unutilmas xotirasiga aylandi.
Yurtimizning turli göşalaridan kelgan yoşlar bir tanu bir jon bölib işga kirişdilar. Kimdir sabzi töğragan, kimdir ötin taşigan, yana kimdir milliy qöşiqlar bilan davraga fayz kiritgan.
Keçaning badiiy qismi esa bayramga yanada körk bağişladi. Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna körinişlari, milliy raqslar va kuy-qöşiqlar yiğilganlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi. Ijodkor yoşlar tomonidan ijro etilgan dilbar taronalar, xalq oğzaki ijodi namunalaridan sahnalaştirilgan çiqişlar barçaning qalbidan çuqur joy oldi. Ayniqsa, Navröz qadriyatlarini aks ettiruvçi qöşqlar va şeʼriy çiqişlar davraga alohida zavq va kötarinki kayfiyat bağişladi.
Şu daqiqalarda talabalar turar joyi şunçaki yaşaş joyi emas, balki katta va ahil bir oilaga aylandi.
Oşning xuşböy hidi butun hududni qoplab, dillarga quvonç ulaşdi. Pişib yetilgan bayram taomi barça talabalarga ulaşildi. Dasturxon atrofida jam bölgan yoşlarning çehrasidagi tabassum, közlaridagi minnatdorçilik — bayramning eng unutilmas lahzalariga aylandi. Uzoqdagi yaqinlarini soğingan talabalar uçun bu eʼtibor xalqimizga xos bağrikenglik va ğamxörlikning yana bir yorqin ifodasi böldi.
21-mart — Navrözi olam Qöqon davlat universiteti talabalari uçun mana şunday saxovat va quvonç onlari bilan muhrlandi.
Yaşariş va yangilaniş ayyomingiz muborak bölsin, aziz talabalar!
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








