
Qöqon davlat universitetida talaba-yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularning dunyoqaraşini kengaytiriş hamda milliy tariximiz va boy madaniy merosimizga hurmat tuyğusini yanada mustahkamlaş maqsadida Toşkent şahri böylab maʼnaviy-maʼrifiy sayohat taşkil etildi. Mazkur sayohat talabalarning tarixiy xotirasini boyitiş, ularni ajdodlarimiz qoldirgan bebaho meros bilan yaqindan taniştiriş va yoşlar ongida vatanparvarlik ruhini kuçaytirişga xizmat qilmoqda.
Sayohat davomida talabalar poytaxtimizning diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy obidalari va zamonaviy madaniyat markazlari bilan yaqindan tanişdilar. Jumladan, ular Amir Temur muzeyida bölib, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti, faoliyati hamda temuriylar davri tarixiga oid noyob eksponatlar bilan tanişiş imkoniyatiga ega böldilar. Muzeydagi tarixiy manbalar, qadimiy qölyozmalar, sanʼat asarlari va milliy qadriyatlarni aks ettiruvçi eksponatlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Şuningdek, talaba-yoşlar Şon-şaraf davlat muzeyiga taşrif buyurib, Ikkinçi jahon uruşi yillarida xalqimizning jasorati, fidokorligi va matonatini aks ettiruvçi tarixiy materiallar bilan tanişdilar. Muzeydagi ekspozitsiyalar orqali yoş avlod qalbida tinçlikning qadriga yetiş, Vatanga sadoqat va milliy ğurur tuyğularini mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratildi. Talabalar tarixiy voqealar va qahramonlar jasorati haqidagi maʼlumotlarni katta qiziqiş bilan kuzatdilar.
Taşkil etilgan sayohat davomida talabalar Toşkent şahrining tarixiy-meʼmoriy obidalari, zamonaviy bunyodkorlik inşootlari va maʼnaviy maskanlari bilan ham yaqindan tanişdilar. Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoşlarning tarixiy tafakkurini rivojlantiriş, ularning madaniy saviyasini oşiriş hamda böş vaqtlarini samarali taşkil etişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Universitet rahbariyati tomonidan talaba-yoşlar uçun bu kabi sayohat va maʼrifiy tadbirlarni muntazam taşkil etiş orqali ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğularini yanada mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hozirda sayohat davom etmoqda va talabalar poytaxtdagi yana bir qator tarixiy hamda madaniy maskanlarga taşrif buyurişlari rejalaştirilgan.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








