
Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 107-sonli yiğiliş bayonida belgilangan vazifalar, şuningdek, oliy ta’lim muassasalarida raqamlaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş böyiça topşiriqlar ijrosini ta’minlaş maqsadida Qöqon davlat universiteti professor-öqituvçilari uçun “Zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalar” yönalişi böyiça maxsus malaka oşiriş kurslarining öquv rejasi işlab çiqildi. Mazkur öquv reja universitet Öquv-uslubiy kengaşida körib çiqilib, kengaş raisi, öquv işlari böyiça prorektor O. Bazarov tomonidan tasdiqlandi.
Şuningdek, joriy yilning 15-sentabr kuni Qöqon davlat universiteti Axborot-resurs markazi zalida Öquv-uslubiy boşqarma mas’ullari tomonidan universitet professor-öqituvçilari uçun “Ta’limda zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni tatbiq etiş muammolari va yeçimlari” mavzusida seminar-trening ötkazildi.
Seminar-trening davomida zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etiş masalalari, innovatsion usullar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş orqali ta’lim sifati va samaradorligini oşirişning ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Şuningdek, zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalar böyiça qisqa muddatli maxsus malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş, ulardan közlangan maqsad va vazifalar hamda kursning öquv rejasi iştirokçilarga batafsil tuşuntirildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…
