
Bugungi mehnat bozori oliy taʼlim muassasalari oldiga mutlaqo yangi talablarni qöymoqda. Endilikda quruq nazariy bilim bilan uzoqqa borib bölmaydi. Zamonaviy kadr, avvalo, amaliyotda toblangan bölişi şart.
Qöqon davlat universitetida joriy öquv yili bitiruvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasi aynan mana şu mezon asosida, mutlaqo yangiça şaklda taşkil etilmoqda.
Bugun universitetning “Iqtisodiyot” taʼlim yönalişi bitiruvçilari hayotidagi eng muhim sinovlardan birini topşirişdi. Ammo bu galgi jarayon öquv xonalarida emas, balki bevosita iş beruvçi maskanda — “Aloqabank” aksionerlik tijorat banki Qöqon filiali binosida bölib ötdi.
Ikki muassasa örtasidagi mustahkam hamkorlik aloqalari natijasida taşkil etilgan bu himoya jarayoni oddiy rasmiyatçilikdan yiroq. Boisi, talabalarning bitiruv malaka işlari mavzulari töğridan-töğri bugungi bank-moliya tizimining real muammolariga qaratilgan.
Kreditlaş jarayonlari, raqamli bank xizmatlarini transformatsiya qiliş, investitsion faoliyat samaradorligi va risklarni boşqariş... Bular şunçaki mavzu nomlari emas. Yoş iqtisodçilar uşbu yönalişlarda çuqur tahlillar olib borib, bank faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça aniq, amaliy samara beruvçi ilmiy tavsiyalarini örtaga taşlaşdi.
Attestatsiya komissiyasi tarkibida ham bevosita soha mutaxassislari va bölajak iş beruvçilar joy olgani jarayonning şaffofligi hamda nufuzini yanada oşirdi. Bu yerda har bir bitiruvçi öz salohiyatini namoyon etiş orqali diplom oliş bilan birga, nufuzli bankda öz iş örniga ega böliş imkoniyatini ham qölga kiritmoqda.
Bu kabi amaliyotlar taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasini yangi bosqiçga olib çiqib, yoşlarning bandligini taʼminlaşda muhim köprik vazifasini ötamoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








